Huquqni himoya qilish va cheklangan




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Huquqni himoya qilish va cheklangan
miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarish
Oqilona va tejamkor hukumat odamlar bir-biriga jarohat
yetkazishini oldini oladi, faoliyati turini va malakasini oshirish
uslubini erkin tanlashni o'zlarining ixtiyorida qoldiradi va ishchi
ishlab topgan nonini undan olib qo'ymaydi. Bu xayrli davlat
boshqaruvi baxt-saodatga erishishimizning so'nggi shartidir.
— Tomas Jefferson, Lavozimga kirishish paytidagi nutq, 1801-yil 4 mart.
Davlat juda muhim iqtisodiy rol o'ynaydi. Davlat quyidagi ikkita asosiy funksiyasi orqali
ijtimoiy hamkorlikka ko'maklashishi va fuqarolar farovonligini yaxshilashi mumkin:
(1) himoya funksiyasi orqali insonlar hayotini, erkinligini va mulkini himoya qilish; va
(2) ishlab chiqarish funksiyasi orqali bozorlar ta'minlamaydigan ba'zi noyob
xususiyatlarga ega tovarlarni yetkazib berish.
Video:
Cheklangan davlat boshqaruvi
Davlatning himoya funksiyasi
(?)
xavfsizlik va tartibni saqlashni, jumladan
ELEMENT 3.1
Davlat shaxslar huquqlarini himoya qilish va bozorlar ta'minlashi murakkab bo'lgan
ba'zi tovar va xizmatlarni yetkazib berish orqali iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi.


153
o'g'rilik, firibgarlik va zo'ravonlikka qarshi qonunlarning ijrosini ta'minlashni o'z ichiga
oladi. Fuqarolarni bir-biridan va tashqi tahdidlardan himoya qilish uchun davlatga
qonun doirasida kuch ishlatishga monopoliya huquqi berilgan. Demak, «himoyalovchi
davlat» odamlar bir-birlariga zarar yetkazishini oldini olishga harakat qiladi va
ularning hamkorlik va hamjihatlik asosida o'zaro munosabatda bo'lishlariga qaratilgan
qonunlar ijrosini ta'minlaydi. Shaxslar va ular mulkini tajovuzkorlardan himoya
qilishga, shartnomalarning xolis ijrosini kafolatlashga va qonun oldida barchaning
tengligini ta'minlashga qaratilgan huquq tizimi (2-bob, 1-elementga qarang) davlat
himoya funksiyasining yadrosini tashkil etadi.
Himoya funksiyasi bozorlarning muttasil faoliyatini ta'minlash uchun juda
muhim ahamiyatga ega. Davlat mulkchilik huquqini aniq belgilab, uning ijrosini
ta'minlasa, bozor narxlari resurslarning muqobil qiymatini aks ettiradi, ishlab
chiqaruvchilar esa iste'molchilar uchun tannarxiga nisbatan qiymati yuqori tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarishga o'tadilar. Bundan tashqari, agar shartnomalar samarali
va favoritizmsiz ijro etilsa, tranzaksion xarajatlar miqdori kamayib, savdo hajmi
ko'payadi. O'z navbatida, rag'batlantirish tuzilmasi
(?)
odamlarni resurslarni
yaratishga, o'zaro manfaatli savdo qilishga va boylik yaratuvchi loyihalarni amalga
oshirishga rag'batlantiradi.
Davlatning himoya funksiyasining ahamiyatini mubolag'a qilish qiyin. Agar bu
funksiya qoniqarli ijro etilsa, fuqarolar firibgarlikdan himoya qilinganliklariga va ishlab
topgan boyliklarini boshqalar yoki davlat tortib olmasligiga amin bo'ladilar. Bunday
himoya fuqarolarga har kim ekkanini o'zi o'rishiga ishonch beradi. Shunda odamlar
ko'proq ekib, ko'proq hosil oladilar. Bu esa iqtisodiy taraqqiyotga olib keladi.
Aksincha, agar himoya funksiyasi qoniqarsiz bajarilsa, bu ko'plab muammolarni
keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish va savdo orqali emas, balki aldamchilik, firibgarlik
va siyosiy favoritizm kabi illatlar orqali muvaffaqiyatga erishishga imkoniyat paydo
bo'ladi. Daromad va boylikning himoyasiga bo'lgan ishonch yo'qoladi, bozor narxlari esa
tovar va xizmatlarning haqiqiy tannarhini aks ettirmaydi. Resurslarni rivojlantirishga
bo'lgan rag'bat zaiflashib, iqtisodiy taraqqiyot turg'un turib qoladi. Afsuski, ayni shu
holat ko'plab qashshoq va kam rivojlangan mamlakatlarga xos.


154
Video:
Davlat mulkini qayta hisoblash
Davlatning ikkinchi asosiy vazifasi – ishlab chiqarish funksiyasi
(?)
 – bozorlar
orqali ta'minlash qiyin bo'lgan faoliyatni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu ishlab
chiqarish funksiyasi ham bilvosita, ham bevosita tarkibiy qismlardan iborat. Bilvosita
tarkibiy qismi bozorlar samarali faoliyati uchun muhit yaratishni o'z ichiga oladi.
Ta'kidlab o'tilganidek, mulkchilik huquqini himoya qiliuvchi va shartnomalar ijrosini
ta'minlovchi huquq tizimi savdo manfaatlarini hamda bozor samaradorligini oshiradi.
Shu tarzda, aholining yildan-yilga barqaror xarid qilish qobiliyatiga ega pulni
ta'minlaydigan monetar tizim ishonchsizlikni kamaytiradi va ayirboshlashdan foyda
olishni yengillashtiradi. Barqaror monetar va narx muhitini ta'minlash davlatning eng
muhim ishlab chiqarish funksiyalaridan biridir. 2-bob, 5-elementda muhokama
qilinganidek, bu vazifani davlat to'g'ri bajarganda, odamlar ko'proq investitsiya
qiladilar, savdo orqali to'laqonli hamkorlik qiladilar va yuqori daromad darajasiga
erishadilar.
Gohida davlatning ishlab chiqarish funksiyasi bevosita ham bo'lishi mumkin.
Ba'zi tovarlar uchun to'langan narx va yetkazib berilgan miqdor o'rtasida birga-bir
munosabat o'rnatish qiyin. Masalan, milliy mudofaa barcha fuqarolar uchun bir xil
miqdorda ta'minlanadi. Xorijiy tajovuzdan hammani bir vaqtning o'zida himoya
qilmasdan, faqatgina ayrim fuqarolarni himoya qilishning ilojisi deyarli yo'q. Bozorlar
shunday xususiyatlarga ega tovarlarni odatda juda kam miqdorda ta'minlaydi. Shu
sababli bularni davlat tomonidan ta'minlash iqtisodiy holatni yaxshilashi mumkin. Bu
masala quyida 3-elementda batafsil ko'rib chiqilgan.
Boshqa holatlarda, foydalanishni nazorat qilish va iste'molchilardan to'lovni
bevosita o'ndirish juda qimmatga tushishi mumkin. Ushbu holatlarda bu tovarlarni
bozor orqali ta'minlash samarasiz bo'lishi mumkin. Yo'llar, ayniqsa shahar yo'llari,
bunga misol bo'ladi. Yo'ldan foydalanish uchun bevosita to'lovni joriy etish va uni yig'ib
olish juda qimmat bo'lar edi. Shu sababli, odatda, yo'llardan foydalanishni hammaga


155
ruxsat berib, yo'l qurilishini soliqlar orqali moliyalashtirish samaraliroq hisoblanadi.
Har safar ta'kidlaganimizdek, resurslarimizdan maksimal qiymat olish uchun
faoliyatning foydasi u bilan bog'liq xarajatlardan katta bo'lishini talab qiladi. Bu
printsip ham davlatga, ham bozor faoliyatiga taaluqlidir. Afsuski, soliqlar yoki qarz
hisobiga moliyalishtiriladigan loyiha bilan bog'liq davlat faoliyatiga kelganda, foyda va
xarajatlarning ikkalasini ham hisoblash qiyin kechadi. Bozor sharoitida xaridorlar va
sotuvchilarning tanlovlari foyda va xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotni oshkor qiladi.
Agar iste'molchi tovarni uni narxidan yuqoriroq qadrlamasa, unda uni sotib olmaydi.
Shuningdek, agar ishlab chiqaruvchi tovarning tannarhini qoplay olmasa, unda u
tovarni ishlab chiqarmaydi. Biroq, agar davlat faoliyatni soliq tushumlari hisobidan
moliyalashtirsa, xaridorlar va ishlab chiqaruvchilarning tanlovida oshkor bo'ladigan
ma'lumot yo'qoladi. O'z mablag'ini sarflaydigan xaridor mavjud bo'lmaganligi u
oladigan manfaat to'g'risidagi ma'lumotni oshkor qilmaydi. Bundan tashqari, yetkazib
beruvchilarning daromadlari majburiy soliq tushumlaridan tashkil topganligi sababli,
loyihaning qiymati uning xarajatidan kattaligiga kafolat bermaydi.
Video:
Siyosiy yoki bozor tanlovi
Davlat xodimlari foyda va xarajatlarni hisoblashga harakat qilishi mumkin, lekin
ularning hisoblari ko'pincha taxminlardan iborat, chunki ularda xaridorlar va
sotuvchilarning tanlovlari to'g'risida ishonchli ma'lumotlar bo'lmaydi. Bundan tashqari,
amalda bunday foyda-xarajatlar tahliliga ko'pincha ko'zlangan siyosiy maqsadlar ta'sir
ko'rsatadi.
Ushbu elementning boshida keltirilgan Tomas Jeffersonning iqtibosida
ta'kidlanganidek, davlat odamlarni bir-biriga zarar yetkazishini oldini olishi nihoyatda
muhimdir (davlatning himoya funksiyasi). Iqtisodiyot shuni ham tan oladiki, bozorlar
yetkazishi qiyin bo'lgan tovarlarni davlat ta'minlashi kerak (davlatning ishlab chiqarish
funksiyasi). Biroq, agar davlat ushbu faoliyat chegarasidan chiqib ketsa, davlatning


156
rolini yanada oshirishga asos kamayadi. Davlatning iqtisodiy rolini batafsilroq tahlil
qilish uchun bozorlar bilan bog'liq kamchiliklarni chuqurroq o'rganish va amaldagi
siyosiy jarayonlarga iqtisodiy instrumentlarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
O'qish uchun:
Edvard Ellis. «Siznikimas xo'jayinlik qilishga»


157

Download 9,85 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish