Siyosiy bosimlarni tushunish




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Siyosiy bosimlarni tushunish
Iqtisodiyotning birinchi darsi resurslar taqchillikdan iborat: odamlar talabini
to'liq qondirish uchun resurslar hech qachon yetarli bo'lmaydi. Siyosatning
birinchi darsi iqtisodiyotning birinchi darsiga e'tibor bermaslikdan iborat
(55)
.
— Tomas Sauell [ omas Sowell], Stenford Universitetining iqtisodiyot fanlari professori
Video:
Jamiyat tanlovi
Siyosiy jarayon iqtisodiy tizimning muqobil shaklidir. U muammolar yuzaga kelganda
ishonchli choralar ko'rish uchun tayanadigan xatolarni tuzatuvchi qurilma emas. Davlat
faoliyati saylangan siyosatchilar (masalan, yakka hokimiyatchilik tizimiga nisbatan)
tomonidan nazorat qilinganda ham, uning faoliyati samarali amalga oshirilishiga
ishonch yo'q. Bu, ayniqsa, davlat taqchil resurslarni imtiyozga ega sohalar, korxonlar va
manfaatdor guruhlar orasida taqsimlashda faol aralashganida yaqqol kuzatiladi. 3-
bobning kirish qismida ta'kidlab o'tilganidek, keyingi yarim asr davomida ishlab
chiqilgan jamiyat tanlovining tahlili demokratik siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonini
batafsil tushunishda yordam beradi.
Ko'pchilik ma'qul ko'rgan siyosiy qarorlar har doim ham jamiyatga ijobiy ta'sir
ko'rsatmasligi shubhasiz. Keling, fikrlash orqali tajriba o'tkazamiz. Besh saylovchidan
iborat oddiy iqtisodiyotni faraz qiling. Deylik, saylovchilardan uchtasi har biriga 2
yevrodan sof foyda keltirib, ammo qolgan ikki saylovchining har biriga 5 yevrodan sof
ELEMENT 3.4
Siyosiy saylov orqali taqsimlash bozor taqsimotidan tubdan farq qiladi.


167
chiqim yuklaydigan loyihani ma'qullaydi. Jamini olganda, loyihaning tannarxi 10
yevroga teng, sof foydasi esa 6 yevroga teng. Bu loyiha samarasiz va u besh kishilik
jamiyat farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shunga qaramasdan, agar ko'pchilik
ovoziga asosan qaror qabul qilinsa, uch ovoz qarshi bo'lgan ikki ovozni yutadi.
Saylovchilar sonini 5 tadan 5 millionga yoki 200 millionga oshishi umumiy natijani
o'zgartirmaydi. Ushbu misolda yaqqol ko'rinib turibdiki, ko'pchilik ovoziga asoslangan
saylov tizimi samarasiz loyihalarning qabul qilinishiga olib kelishi mumkin.
Bozor taqsimotini iqtisodiy tizimning muhim muqobil shakli bo'lgan demokratik
siyosiy taqsimot bilan solishtirish tavsiya etiladi. Quyidagi to'rtta holatni yodda tutish
ayniqsa muhimdir.
Birinchidan, demokratik tizimda davlat faoliyati ko'pchilik ovozi bilan yuritiladi.
Bozor faoliyati esa, aksincha, o'zaro kelishuv va ixtiyoriy ayirboshlashga asoslangan.
Demokratik jamiyatda biror bir siyosat ko'pchilik ovozi bilan bevosita yoki saylangan
vakil orqali amalga kiritilganda, kamchilik juda qarshi bo'lgan taqdirda ham, shu
loyihani moliyalashtirishga yordam berishga majbur. Masalan, agar ko'pchilik yangi
futbol stadioni, uy-joy subsidiyasi
(?)
dasturi yoki inqiroz yoqasidagi avtomobil
kompaniyasiga moliyaviy yordam ajratish uchun ovoz bersa, ozchilik taslim bo'lib,
ushbu loyihalar uchun soliq to'lashga majbur bo'ladi. Ularga foydasi tegishi yoki
tegmasligidan qat'i nazar, ular kattaroq soliq to'lashlariga, daromadlarining
kamayishiga yoki boshqa salbiy oqibatlarni boshdan kechirishlariga to'g'ri keladi.
Soliq solish va tartibga solish huquqi ko'pchilik ozchilikni o'z shartlariga
majburlashiga imkoniyat yaratadi. Agar resurslar raqobatdosh bozorlar orqali
taqsimlansa, bunday majburlash huquqi mavjud bo'lmaydi. Bozorda ayirboshlash har
ikkala tomon o'zaro kelishuvga kelsagina amalga oshadi. Xususiy korxonalar narxlarini
ko'tarishlari mumkin, lekin ular hech kimni ularning mahsulotini sotib olishga
majburlay olmaydi. Haqiqatan ham, mijozlarni jalb qilish uchun xususiy korxonalar
mahsulotning manfaati o'rnatilgan narxdan yuqoriligini ta'minlashlari lozim bo'ladi.


168
Video:
Majburlash kuchi
Ikkinchidan, saylovchilarda nomzodlar yoki muammolar to'g'risida mukammal
ma'lumotga ega bo'lishga rag'bat kam. Yakka saylovchining ovozi deyarli hech qachon
saylov natijasini o'zgartirmaydi. Uning ovozi shahar, mahalliy yoki milliy saylovlarning
natijasini hal qiluvchi ovoz bo'lishidan ko'ra, u saylov uchastkasiga borguncha yo'lda
uni chaqmoq urish ehtimoli kattaroq!
Shuni tushungan ko'p saylovchilar asosli ovoz berish uchun muammolar va
nomzodlar bilan yaqindan tanishib chiqishga ko'p vaqt sarflamaydilar. Ko'pchilik
shunchaki biror faoliyat (televizor tomosha qilish, do'stlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda
muloqot qilish yoki ish joyidagi suhbatlar) davomida olgan ma'lumotlarga asoslanib
ovoz beradilar. Yuqoridagilarni hisobga olsak, saylovchilarning ko'pi nomzodlarning
qarashlari yoki davlat faoliyatining (qishloq xo'jaligi subsidiyalari yoki savdo
cheklovlari kabi) iqtisodiyotga ta'siri to'g'risida kam biladilar yoki umuman bilmaydilar.
Iqtisodchilar bu holatni «ratsional nodonlik samarasi»
(?)
deb ataydilar. Boshqacha
aytganda, saylovchilar yaxshi xabardor emas, lekin yakka ovoz hal qiluvchi
bo'lmaganligi sababli, ularda ma'lumotning kamligi mantiqqa to'g'ri keladi.
Video:
Savdo cheklovlari va klanli kapitalizm
Saylovchilarda asosli ovoz berishga rag'batning sustligi iste'molchilarning
bozordagi faoliyatidan keskin farq qiladi. Bozorda har bir iste'molchi o'z mablag'ini
qanday sarflashni o'zi hal qiladi va u noto'g'ri qarorning oqibatini o'zi his qiladi. Shu
boisdan u o'z mablag'ini oqilona sarflashga harakat qiladi. Iste'molchilar avtomobil,
kompyuter, sport klubida a'zolik yoki minglab shunga o'xshash boshqa narsalarni xarid
qilish to'g'risida o'ylaganda, ularda ma'lumot olishga va asosli tanlov qilishga kuchli


169
rag'bat bo'ladi.
Uchinchidan, siyosiy jarayon odatda barchaga bitta natijani yuklaydi, bozorlar
esa, aksincha, turli xil natijalarga olib keladi. Boshqacha aytganda, davlat taqsimoti
«hamma uchun bir o'lcham» natija beradi, bozorlar esa turli shaxslar va guruhlar
istagan variantlari uchun «ovoz berishlariga» va tanlashlariga imkon beradi. Buni
maktab ta'limi misolida tasvirlab berish mumkin. Agar maktab ta'limi davlat tomonidan
emas, balki bozor orqali taqsimlansa (masalan, xususiy maktablar va uyda ta'lim
orqali), ayrim ota-onalar diniy qadriyatlarga e'tibor beruvchi maktablarni, boshqalar
esa asosiy ko'nikmalar, madaniy xilma-xillik yoki kasbiy tayyorgarlikka e'tibor
beruvchi maktablarni tanlaydilar. To'lashga tayor bo'lgan har bir xaridor (yoki guruh
a'zolari) o'zi istagan ta'lim turini tanlashi va olishi mumkin. Bozorlar proportsional
vakillik tizimi amal qilishini ta'minlaydi, bu esa aksari odamlar o'z istaklariga mos tovar
va xizmatlarni sotib olishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, bozor tizimi ko'pchilik
vakillari o'z qarorlarini kamchilik vakillariga yuklashidan yuzaga kelishi muqarrar
bo'lgan ziddiyatlarning oldini oladi.
Video:
Davlat haddan tashqari kattami?
To'rtinchidan, bozor va siyosiy qaror qabul qiluvchilarning manfaatlari bir-
biridan farq qiladi. Avval muhokama qilinganidek, bozor iqtisodiyotining foyda va
zarar mexanizmi resurslarni samarasiz loyihalardan samarali loyihalarga yo'naltirishga
moyil bo'ladi. Biroq, siyosiy jarayon resurslarni samarali faoliyatga yo'naltiruvchi
shunga o'xshash ishonchli mexanizmga ega emas. Bu jarayon hatto ovoz berish orqali
amalga oshirilganda ham xuddi shu natijaga olib keladi. Aksincha, agar saylangan
mulozimlar konstitutsiya me'yorlari orqali cheklanmasa, ovoz yig'ish maqsadida ayrim
saylovchilarga boshqalar hisobiga imtiyoz berishga ularda moyillik paydo bo'ladi.
Aytganlaridek, agar Alidan olib Valiga bersangiz, siz odatda Valining qo'llab-
quvvatlashiga tayanishingiz mumkin bo'ladi.


170
Zamonaviy siyosiy jarayonga, ko'p darajada, ittifoqchilar va siyosatchilar
o'rtasidagi qator «ayirboshlashlar» tizimi deb qarash mumkin. To'plangan manfaatdor
guruhlar subsidiyalar, xarajat loyihalari va odatda soliq to'lovchilari
moliyalashtiradigan davlat imtiyozlari olish hisobiga ovozlar, moliyaviy ulushlar,
kelajakda yuqori maoshli ishlar va qo'llab-quvvtlashning boshqa shakllari bilan
ta'minlaydilar. Ratsional nodonlik samarasi, ya'ni saylovchilar asosli ovoz berish uchun
vaqtlarini sarflamaslik holati, ushbu jarayonga ko'maklashadi, chunki parlament yoki
qonun chiqaruvchi organ devorlari ichida saylovchilar behabar qoladigan voqealar ko'p
kechadi. Natijada, resurslar ishlab chiqarish va yangi, sifatli mahsulotlarni yaratish
o'rniga lobbi faoliyati va imtiyozni ko'zlovchi faoliyatlarga yo'naltiriladi.
Video:
Rag'batlantiruvchi omillar va klanli kapitalizm
Avvalgi ikki elementda tushuntirib o'tilganidek, iqtisodiy tahlillarga ko'ra,
bozorlar resurslarni samarali taqsimlashda muvaffaqiyatsizlikka uchrash holatlari
mavjud. Bu holat siyosiy jarayonga ham tegishli. Boshqacha aytganda, bozor
muvaffaqiyatsizli kabi davlat muvaffaqiyatsizli
(?)
 ham mavjud. Siyosatchilarning
istaklari resurslardan samarali emas, balki samarasiz ishlatilishi natijasida davlat
muvaffaqiyatsizligi yuzaga keladi. Bozor muvaffaqiyatsizligi kabi davlat
muvaffaqiyatsizligi qaror qabul qiluvchilarga eng ko'p manfaat keltirish bilan
resurslardan eng unumli foydalanish o'rtasida ziddiyatning paydo bo'ligan holatni aks
etadi.
Gruziyadagi iqtisodiy siyosat ancha erkinlashganidan so'ng atirgul inqilobi
tashkilotchilari hatto demokratik va liberal davlat ham samarasiz faoliyat yuritishi
mumkinligini bilardilar. Shuning uchun ham 2010-yilda konstitutsiyaga
(?)
 davlatning
iqtisodiyotdagi rolini cheklash bo'yicha tegishli o'zgartirishlar kiritildi. 94-moddada
ruxsat etilgan soliqlar ro'yxati (soliqlar soni va ularning stavkasi) ko'rsatilgan va soliq
stavkalarini o'zgartirish yoki yangi soliqlar joriy etishni referendum orqali hal qilish


171
vakolati xalq ixtiyorida qoldirilgan. Shuningdek, «Iqtisodiy erkinlik to'g'risidagi
qonun» deb ataluvchi asosiy qonunda davlat byudjeti taqchilligi YIMning 3 foizidan,
qarz miqdori esa YIMning 60 foizidan oshmasligi belgilab qo'yilgan. Biroq, vaqt o'tishi
va hokimiyatlar o'zgarishi bilan parlamentning ko'pchilikni tashkil qilgan partiya
cheklovlarni olib tashlash va yangi soliqlarni joriy etish hamda amaldagi stavkalarni
o'zgartirish bo'yicha vakolatni tiklash maqsadida o'zgartirishlar kiritish tashabbusi
bilan chiqdi. Kitobning davomida demokratik siyosiy jarayon to'g'risida batafsilroq
tahlil qilamiz va davlat siyosatini iqtisodiy o'sish hamda farovonlik bilan
uyg'unlashtirishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarga to'xtalib o'tamiz.
O'qish uchun:
Duayt Li. «Siyosat va tashqi savdo»


172
«Azizim, menga nima bo'lganini tasavvur ham qila
olmaysan! Ishdan uyga qaytayotganimda meni bir nechta
notanish, lekin qudratli maxsus manfaatdor guruhlar
siylashdi!»

Download 9,85 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish