Manzara janridagi asarlarini badiiy tahlil qilishga tayyorlash masalalari




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana15.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#236232
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bo-lajak-tasviriy-san-at-o-qituvchilarini-tasviriy-san-atda-manzara-janridagi-asarlarini-badiiy-tahlil-qilishga-tayyorlash-masalalari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 484
NATIJA
E’tibor bilan qaralganda narsalarning aks etayotgan tasviri ancha rangsiz, engil, 
xiraroq ko‘rinishini sezish mumkin. Chunki bu erda ham fazo perspektivasiga hos 
bo‘lgan holat kuzatiladi, ya’ni: predmetlarning suvdagi aksidagi ranglarning tiniqligi va 
ta’sirchanligi aslidagisiga nisbatan bir qadar kamroq bo‘ladi. Predmetlarning o‘z 
yoritilganligiga qaraganda suvda aks etayotgan tasvirning yoritilganlik quvvati ancha 
kam bo‘lishi ham tabiiy holdir. Chunki qora predmetlar suvdagi aksida aslidagidek – 
qora bo‘lib emas, balki nisbatan ochroq bo‘lib ko‘rinadi. 
Rasmdagi tasvirlar mukammal bo‘lishi kerak, aks holda turli ranglar ham oddiy 
ko‘rinadi va elementning ko‘rinishini va hajmini malakali ifoda eta olmaydi. Ob-havo 
sharoitiga qarab rangning nozik o‘zgarishini ifodalovchi ko‘p rangli bo‘yoqlar ham 
fazoviy kenglikni o‘z- o‘zidan ifodalay olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to‘g‘ri 
amal qilgan holda tasvirlangan ranglavhalar yanada jozibali qiladi [26-30]. 
Predmetlarning suvdagi tarhlari ham aniq-tiniq ko‘rinishga ega emas. Narsaning 
suvdagi aksidagi yorug‘lik va soya o‘rtasidagi farqlar ham uning aslidagidek aniq-
ravshan bo‘lmaydi. Ko‘rinayotgan bo‘laklarning soni va ko‘rinarliligi darajasi 
aslidagiga qaraganda bir muncha kamroq bo‘lib ko‘rinadi va ular ko‘zga unchalik ham 
ilg‘anavermaydi. Predmetlarning suvga tushayotgan aksidagi hajmini ham aslidagidek 
qabul qilish qiyin. Bo‘lajak rassom-o‘qituvchilar suv tasvirlanayotgan qalamsuratni 
ishlar ekan har qanday suvning sathi avvalambor gorizontal tekislikdan iborat ekanligini 
unutmasligi kerak. Bunday manzaraning haqqoniy nusxasiga esa quyidagi amallar 
orqali erishiladi, ya’ni: tasvirlashda havo va chiziqli perspektiva qonunlari albatta 
hisobga olinadi. Suv sathi mavjlar va shu’lalar, shuningdek suvdan chiqib turgan, uning 
yuzasida suzib yurgan narsalar- barglar, cho‘plar, o‘tlar va hakozolar orqali ham
bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Ular oldingi qismda tabiatan kattaroq ko‘rinib, rassomdan 
uzoqlashgan sari kichkinalashadi. Suv sathining tarhi qirg‘oq chizig‘i orqali ko‘rsatiladi, 
shuningdek suv va qirg‘oqning tutashgan erining yaqindigisi kuchli, ko‘zdan 
yiroqdagisi esa engil, kuchsiz chiziqlar vositasida tasvirlanadi. Agar suv havzasi 
daraxtlar bilan o‘ralgan bo‘lsa, ularning ustiga albatta soya tushadi va u ayniqsa 
quyoshli kunlari aniq ko‘zga tashlanadi. Soyalarni batafsil tasvirlash esa ancha qiyin, 
ammo suv sathining barcha o‘ziga xos hususiyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatishda ularning 
hizmati kattadir [2:67]. Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan shu narsa ayonki
demak manzarada suv havzasi bo‘lsa-yu uni bo‘lajak rassom-o‘qituvchilar tasvirlasa, 
buning uchun ularda etarli darajada bilim, ko‘nikma va malaka bo‘lishi zarur. Bu 
boradagi tajriba ham atrof-muhitni haqqoniy tasvirlash yo‘lida qilingan ko‘plab 
mashqlar orqali orttiriladi. Shu sababli oliy ta’lim tizimida joriy etilgan mustaqil ishlar 
vazifalariga manzaradagi suv tasviri hamda unda akslanayotgan atrof-muhit va barcha 
predmetlar haqqoniy ifodalanishiga oid mavzular berilishi, shuningdek bir xaftalik 



Download 0,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Manzara janridagi asarlarini badiiy tahlil qilishga tayyorlash masalalari

Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish