• SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #236232
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    bo-lajak-tasviriy-san-at-o-qituvchilarini-tasviriy-san-atda-manzara-janridagi-asarlarini-badiiy-tahlil-qilishga-tayyorlash-masalalari

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
    Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy 
    tayyorgarligini ta’minlovchi tasviriy san’atning barcha fanlari, ayniqsa kompozitsiya 
    fani ham muhim ahamiyatga ega. 


    SCIENTIFIC PROGRESS
     
    VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
    ISSN: 2181-1601
    Uzbekistan
     
    www.scientificprogress.uz
      
    Page 481
    Ta’lim tizimi uchun, xususan oliy pedagogik ta’lim tizimida tasviriy san’at 
    o‘qituvchilarini tayyorlash muammolariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan horijlik 
    A.D.Alexin, V.S.Kuzin, N.M.Nemenskiy, Z.N.Novlyanskaya, N.N.Rostovsev, 
    T.YA.Shpikalova, B.P.YUsov kabi bir qancha olimlar o‘z tadqiqotlar olib borganlar. 
    O‘zbekistonlik olimlardan xususan, oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at o‘qitish 
    muammolari bilan S.Abdullaev, B.Azimov, B.Boymetov, N.Tolipov, N.Oydinov va 
    boshqalar ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazganlar. Biroq, bugungi kungacha tasviriy 
    san’atda manzara kompozitsiyasi muammolari etarli darajada tadqiq etilmagan. Shu 
    ma’noda keyingi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida bu muammoning 
    echimini topish yo‘llari bo‘yicha yangi ilmiy izlanishlarga xarakat qilinmoqda [7-12]. 
    Masalan, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy shakllanishida kompozitsiya 
    masalalari bo‘yicha V.N.Bannikov, tasviriy san’at o‘qituvchisini kasbiy kompetentligini 
    shakllantirish jarayonini uzviyligini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha 
    N.N.Dolgixning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga loyiq. 
    Tasviriy san’atning eng qiziqarli janrlaridan biri bo‘lgan manzara janriga deyarli 
    barcha rassomlar murojaat etadilar. Chunki ijodkor uchun tabiat ko‘p narsa beradi. 
    Chizishni endi o‘rganayotgan bo‘lajak yosh rassom-o‘qituvchilar ham tabiat 
    ko‘rinishlarini tasvirlash orqali ko‘p bilim va ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirib 
    oladilar. Ular o‘z faoliyatlarida ma’lum bir qiyinchiliklarga ham duch keladilar. 
    Manzaradagi suvda atrof-muhitning aks etishi, undagi narsalarning ko‘rinishi qanday 
    ifoda qilinishi haqidagi masala ham shular jumlasidandir. 
    Suv-daryo, ko‘l, hovuz yoki yo‘l o‘rtasidagi ko‘lmak manzaraga qanday go‘zallik 
    bahsh etishi barchamizga ma’lum. Shuning uchun ham manzarachi rassomlar masalan: 
    rus rassomlari A.Perov, V.Serov, I.Shishkin, o‘zbek rassomlari G‘.Abduraxmonov, 
    A.Mirsoatov, O.Qozoqov, A.Jamolovlar aksariyat hollarda suv havzasi mavjud bo‘lgan 
    ko‘rinishlarni tasvirlashni yoqtiradilar. Bu mavzuda ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar, 
    maqolalar yozilgan masalan G‘.Abduraxmonov «Kompozitsiya», B.Tojiev, 
    N.Isaxojaeva “Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya asoslari”, N.Oripova 
    «Rangtasvir», S.Abdirasilov «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» uslubiy 
    qo‘llanmalarida bu mavzu unchalik yoritib berilmagan[1:17]. Biz quyida ana shunday 
    mavjud muammolar va ularni bartaraf etish usullari haqida so‘z yuritamiz.
    MUHOKAMA
    Manzarani aks ettirish qiziqarli, ammo unchalik oson ish emas. Bu ko‘pincha 
    rassom narsalarni suvdagi aksini tasvirlashiga to‘g‘ri kelganida juda bilinadi. Odatda 
    tinch turgan suv, doimo unga qarab turgan odamga nisbatan qarama-qarshi tomonda 
    bo‘lgan narsalarni o‘z sathida aks ettiradi [13-18]. 



    Download 0,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish