• Belgilanishicha
  • Maktabgacha ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining quyidagi takliflariga rozilik beriladi




    Download 33.19 Kb.
    bet2/4
    Sana14.11.2022
    Hajmi33.19 Kb.
    #30322
    1   2   3   4
    Bog'liq
    14-mavzu
    umumiy-o-rta-ta-limda-matematika-fanining-o-qitilishining-maqsadi, Matematika o\'qitish texnologiyalari va loyihalash. Barakayev M. Tojiyev M. 2, PIYOZDOSHLARI, NIKOH HOLATI IFODALOVCHI KO’RSATKICHLARI. JUMABOYEV ABDUMUROD, shahnoza, rizayevaa chinora, 1-laboratoriya
    Maktabgacha ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
    -maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilk matematik tasavvurlarni xorijiy tajribaga muvofiq shakllantirishni tashkil etish;
    -maktabgacha ta'lim tizimidagi malaka oshirish kurslarida mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchilarni ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyalarini o‘rganish va mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha bilimlarini oshirish;
    -maktabgacha ta'lim tizimidagi malaka oshirish kurslarida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilar uchun xorijiy ekspertlarni taklif etgan holda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlarini tashkil etish.
    Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha ta'lim vazirligining taklifiga ko‘ra ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatilishini ta'minlaydi.
    Innovatsion rivojlanish vazirligi har yilgi o‘tkaziladigan xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida maktabgacha ta'lim tizimida ilg‘or texnologiyalar, o‘quv qurollari va ta'lim jarayonida foydalanadigan o‘yin va o‘yinchoqlar uchun alohida maydoncha tashkil etilishini ta'minlaydi.
    Xalq ta'lim vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining har bir tuman (shahar) markazida matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
    Belgilanishicha:
    -matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim olish uchun o‘quvchilar tanlov asosida saralab olinadi;
    -matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fani o‘qituvchilari tanlov asosida ishga qabul qilinadi;
    -matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fani o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 30 foiz miqdorda oylik ustama haq to‘lanadi.
    -Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 2020 yil yakuniga qadar Matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qiladi.
    -Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Moliya vazirligining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalarida Matematika fani bo‘yicha bilimlarining muvofiqligi sertifikatining tegishli darajasiga ega o‘qituvchilarga ular faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasasining joylashuviga qarab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinadi.

    Download 33.19 Kb.
    1   2   3   4




    Download 33.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining quyidagi takliflariga rozilik beriladi

    Download 33.19 Kb.