• «Bilim olishga o‘rgatish uchun o‘qitiladi
  • Maqsadli dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi




    Download 33.19 Kb.
    bet4/4
    Sana14.11.2022
    Hajmi33.19 Kb.
    #30322
    1   2   3   4
    Bog'liq
    14-mavzu
    umumiy-o-rta-ta-limda-matematika-fanining-o-qitilishining-maqsadi, Matematika o\'qitish texnologiyalari va loyihalash. Barakayev M. Tojiyev M. 2, PIYOZDOSHLARI, NIKOH HOLATI IFODALOVCHI KO’RSATKICHLARI. JUMABOYEV ABDUMUROD, shahnoza, rizayevaa chinora, 1-laboratoriya
    Quyidagilar belgilanadi:
    -Mukofot bilan O‘zbekiston va chet el fuqarolari taqdirlanadi;
    -Mukofot bilan taqdirlash bo‘yicha xarajatlar bir martalik to‘lov shaklida 100 ming AQSh dollari miqdorida O‘zbekiston Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
    -Mukofot taqdirlash prezident tomonidan har yili Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika fan va texnologiyalar kengashining taqdimnomasiga ko‘ra beriladi;
    -Kengashda nomzodlarni ko‘rib chiqish Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tegishli davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organining xulosasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadigan takliflariga ko‘ra amalga oshiriladi;
    taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar Matematika jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan doimiy kuzatuvlar asosida shakllantiriladi va ekspert tavsiyanomasi shaklida Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi.
    Ta’lim muassasalarining barcha turlari moddiy texnik bazasi, kompyuter bilan jihozlanganligi juda yuqori darajada. Barcha kompyuterlar Internetga ulangan. O‘quv jarayonida Internetdan keng foydalaniladi. Bundan tashqari Tel-Aviv universiteti bilan bir qator texnologik maktablar sputnik kanali orqali amalga oshiriladigan va online-bevosita muloqat rejimida ishlaydigan masofadan o‘qitish tizimiga ulangan.
    Ta’lim tizimida o‘quvchiga juda ko‘p bilim berilmaydi, lekin o‘quvchilar, xatto bog‘cha bolasi ham, mustaqil ravishda fan mavzuga bog‘langan holda proektlar yozadi yoki tayyorlaydi va himoya qiladi. Isroil davlati pedagogikasi ta’limning barcha bosqichlarida o‘quvchiga mustaqil ishlashni o‘rgatishga qaratilgan va «Bilim olishga o‘rgatish uchun o‘qitiladi» degan shior bilan ta’lim beriladi.
    Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta’lim texnologiyasi ko‘ra sinflarda o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasiga qarab tabaqalarga ajratib o‘qitiladi. Ta’lim barcha fanlar bo‘yicha hayot va tabiat bilan bog‘lagan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog‘lanishi doimo ko‘zga tashlanib turdi.
    Oliy ta’lim tizimi uch bosqichli:
    1.Bakalavriatura - 4 yil,

    2.

    Magistratura

    - 2 yil,

    3.

    Doktorantura

    - 3 yil.

    Bakalavr va magistr uchun o‘qish Isroilda, doktorantura asosan Yevropa va AQSH da amalga oshiriladi. Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh omillar ta’sir qiladi:
    1.Ijtimoiy-madaniy omillar:

    1. jamiyatni ko‘p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar o‘ziga xos madaniyatga ega);

    2. turli din vakillarining yirik qatlamlarining borligi (iudeylar, musulmonlar, xristianlar va ularning turli oqimlari);

    turli yillardagi repatriantlarning katta oqimi (50-, 70-, va 90- yillar).
    2. Pedagogik omillar:
    a) texnologik ta’limga o‘tish;
    b)o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishiga yo‘naltirilgan ta’lim (ayniqsa o‘rta va texnologik ta’limda);
    v)o‘quv yurtlarini kompyuterlashtirish davlat dasturi va uning juda yuqori suratlarda amalga oshirilishi;
    g) mutaxassislarni tayyorlashdagi ko‘p bosqichlilik.
    Ushbu faktorlar malaka oshirishning mazmunini tashkil etadi va uning samaradorligini, malaka oshirish kelajagini aniqlashda hisobga olinadi. Bu dastur Vazirlik va munitsipialitetlar darajasida boshqariladi.
    Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
    Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi – ―ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan‖. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.
    Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fake learning) va internet orqali ta’lim (Onlin learning)dan iborat.
    Download 33.19 Kb.
    1   2   3   4




    Download 33.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqsadli dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi

    Download 33.19 Kb.