• Oliy talim muassasalarida matematika fanlari bo‘yicha davlat talim standartlari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish quyidagilar asosida amalga oshirilishi belgilanadi
  • Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish quyidagilarga muvofiq tashkil etilishi taminlanadi
  • Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilanadi




    Download 33.19 Kb.
    bet3/4
    Sana14.11.2022
    Hajmi33.19 Kb.
    #30322
    1   2   3   4
    Bog'liq
    14-mavzu
    umumiy-o-rta-ta-limda-matematika-fanining-o-qitilishining-maqsadi, Matematika o\'qitish texnologiyalari va loyihalash. Barakayev M. Tojiyev M. 2, PIYOZDOSHLARI, NIKOH HOLATI IFODALOVCHI KO’RSATKICHLARI. JUMABOYEV ABDUMUROD, shahnoza, rizayevaa chinora, 1-laboratoriya
    Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilanadi:
    -sertifikat o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladi;
    -sertifikat olish uchun matematika bo‘yicha bilimlarni baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
    -tegishli darajadagi sertifikatga ega abituriyent oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirishida matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi, unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;
    -Milliy sertifikatlash tizimiga tayyorlov, jumladan onlayn kurslari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida pullik asosida tashkil etilishi mumkin;
    -2021 yilning 2 sentyabridan boshlab matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fani o‘qituvchilari sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi;
    -Milliy sertifikatlash tizimi uchun test topshiriqlari bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borishda ekspert sifatida Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ishtirok etadi.
    -Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalarining ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejalaridagi Matematika (sohalar uchun matematika) fanlarining auditoriya soatlari hajmini nomutaxassislik fanlar soatini maqbullashtirish hisobiga amaldagi matematika fanlari blokini umumiy auditoriya soati miqdoriga nisbatan kamida 5 foizga oshirish taklifiga rozilik beriladi.
    Oliy ta'lim muassasalarida matematika fanlari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish quyidagilar asosida amalga oshirilishi belgilanadi:
    -o‘quv rejalari matematika yo‘nalishidagi gibrid fanlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va ularni o‘qitish xorijiy tajribaga muvofiq tashkil etiladi;
    -sohaga oid matematika fanlarini o‘qitish tegishli sohadagi amaliy masalalarini yechishga yo‘naltirilgan fan dasturlari asosida tashkil etiladi;
    -sohaga oid matematika fanlarini o‘qitish doirasida kadr iste'molchilari bo‘lgan tashkilot rahbarlarini jalb etgan holda guruh loyiha ishlari tashkil etiladi.
    -Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Innovatsion rivojlanish vazirliklarining Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligini ochish bo‘yicha takliflariga rozilik beriladi.
    Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish quyidagilarga muvofiq tashkil etilishi ta'minlanadi:
    -har bir guruhda talabalar soni 15 nafardan oshmaydi va ta'lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
    -kadrlar buyurtmachilari, talabalar uchun o‘qishni tamomlagandan keyin 3 yil davomida kadrlar buyurtmachisi tomonidan belgilangan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyatlarini o‘rnatgan holda, ular va talabalar o‘rtasida shartnoma tuzish orqali talabalar kontraktining bazaviy qiymati to‘lovini amalga oshirish huquqiga ega hisoblanadi;
    -talabalar qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilinishi mumkin;
    -malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlaridagi fanlar Markaziy bank va Moliya vazirligi tavsiyalariga asosan shakllantiriladi.
    Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Moliya vazirliklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand va Namangan viloyatlarida Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hududiy bo‘linmalarini tashkil etish bo‘yicha takliflari ma'qullanadi.
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Fanlar akademiyasining Institut huzurida qonunchilik hujjatlariga muvofiq holda matematika fanlarining barcha ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etish va unga to‘liq mustaqillik berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
    Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining matematikasi sohasidagi ilmiy izlanishlari natijalariga ko‘ra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlarni mukofotlash maqsadida prezidentning Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotini ta'sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

    Download 33.19 Kb.
    1   2   3   4




    Download 33.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilanadi

    Download 33.19 Kb.