Marketing tadqiqotlarining maqsad va vazifalari




Download 424,75 Kb.
bet7/117
Sana06.12.2023
Hajmi424,75 Kb.
#112507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari-fayllar.org
Annotatsiya, Belbog’li kurash va Milliy kurash reja, Ko\'ndalang differensial himoyalar-fayllar.org
3. 
Marketing tadqiqotlarining maqsad va vazifalari. 

Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va


rivojlanishning ob`ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda uning maqsadi nixoyatda keng
va murakkab masalalarni xal qilishga karatilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga
moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan xolda, uni tashkil etgan korxona,
tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim
vazifalarni xal etmogi lozim:

xaridorlar (iste`molchilar) ehtiyojini o„rganish;

tovarlarga bo„lgan ichki va tashki talablarni o„rganish;

korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

talab va taklif to„g‟risidagi olingan ma`lumotlar asosida bozorni o„rganish;

tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini
oshirish;

tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun
ma`lumotlar tuplash va tahlil qilish;

tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to„g‟risida ma`lumotlar olish;

tuldiruvchi tovarlar va o‟rnini bosuvchi tovarlar to„g‟risida axborotlar yig‟ish;

tovarlarga bo„lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan
iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab
chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning makbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday
darajada odatda, minimum, maksimum oralig‟ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga
erishishda reklama xam muhimdir. Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini
mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida
reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta`sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog‟lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.
Sotishni rag‟batlantirish – marketingning vazifalaridan biri bo„lib, bozorga chiqarilgan
tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta`minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish
xarajatlarini koplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag‟batlashtirishning kuyidagi faol shakllari
mavjud – ko„rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon
baholar. Baho sistemasi yordamida talab va taklif o„rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi. Bu masala
xozirgi kunda bizning korxonalar uchun kiyin muammolardan biridir.



9
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U


tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste`molchigacha bo„lgan harakatining xar bir
bosqichida kabul kilinadigan qarorlarga ta`sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu xolda sotish
deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgrji va chakana
savdoni, tashish va saqlashni uz ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar
siyosati kabi vazifasi xam muhim ahamiyatga ega, xar tomonlama uylab yuritilgan tovar siyosati
resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati xar bir ishlab chiqarilgan
mahsulotning aniq iste`molchilar guruhiga mo‟ljallangan bo‟lishini ta`minlaydi. Ya‟ni, xar qanday
tovar aniq iste`mol manziliga ega bo‟lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar
assortimentining,
amalda
mavjud
bulmagan
«o‟rtacha» deb ataluvchi iste`molchiga
mo‟ljallanganidan juda xam yutkazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga karab taqsimlangan
tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan
mustasno.
Yuqorida sanab o‟tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish
lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste`molchidan sanoat korxonalariga va savdoga,
ulardan esa qarama – qarshi yo„nalishdagi uzluksiz axborot okimini ta`minlaydi. Bu esa uz vaktida
ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko„rsatish sohasiga
o„zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab utilgan maqsadlari va vazifalari bozor
faoliyatini tashkil to„g‟risida tulik tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini tulik xal
qilish uchun tayyor retseptning uzi bo‟lishi mumkin emas. Marketingning kullashdan oldin
avvalombor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy – iqtisodiy tarakkiyot darajasini hisobga olish lozim.
Chunki marketing – murakkab, harakat va sabr toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara
beruvchi ishdir. U bir tomondan aholiining etarli darajada yuqori bo„lgan ehtiyoji va talabiga,
uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berish
kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta`minlash uchun tovar assortimentini tez o„zgartirish, uni
ommaviy ravishda uzlashtirishga javob beradigan berishi lozim. Bularning barchasi talab va
taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashkari, marketingli faoliyat yuritish uchun,
korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashki savdodagi
aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orqali sotishdan iborat tashkiliy masalalarni
xal qilish zarur.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste`molchilar va shu bilan birga boshqa
soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari
lozim.


Download 424,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117




Download 424,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Marketing tadqiqotlarining maqsad va vazifalari

Download 424,75 Kb.