• 1. Iqtisodiyotni rivojlantirishda marketingning tutgan o„rni va ahamiyati.
  • Mavzu №1. Marketing tadqiqotlarining nazariy asoslari




    Download 424,75 Kb.
    bet4/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org
    Annotatsiya, Belbog’li kurash va Milliy kurash reja, Ko\'ndalang differensial himoyalar-fayllar.org
    Mavzu №1. Marketing tadqiqotlarining nazariy asoslari. 

    1. 
    Iqtisodiyotni rivojlantirishda marketingning tutgan o„rni va ahamiyati. 
    2. 
    Marketing tadqiqotlari fani predmeti va uslublari. 
    3. 
    Marketing tadqiqotlarining maqsad va vazifalari
    1. Iqtisodiyotni rivojlantirishda marketingning tutgan o„rni va ahamiyati. 

    Marketing – ayirboshlash yo‟li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo„naltirilgan inson


    faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o„zaro manfaatlariga asoslangan
    harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing bu tovar
    harakatlarining barcha bosqichlarini o„z ichiga oluvchi, talab taklifni o„rganish, mahsulot ishlab
    chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste`mol qilish bilan bog‟liq bo„lgan turli xildagi xizmatlar
    ko„rsatish va iste`moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor
    muammolarini yechishda yaxlit tizimli (kompleks – sistemali) yondashishdir.
    Marketing faoliyatining oqibat natijasi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, yuridik
    va jismoniy shaxslarni va umuman, xar qanday, xar bir xaridorni barcha turdagi tovarlar bilan
    to‟lik va ratsional ravishda bozor orkali ta`minlab turishlariga erishishdir. Bu ishlarning
    muvaffaqiyatli amalga oshirilishi marketingning tshkil etilishi darajasi bilan umuiqtisodiy
    rivojlanish darajasi o„rtasidagi bog‟lanishdan, ularning o„zaro asoslanganligidan kelib chiqadi.
    Iste`molchi – xaridorlar jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar va rusurslarning barcha turlarini
    xarid qilishlari mumkin. Binobarin, ijtimoiy mahsulotning umumiy xajmi, shu jumladan, ishlab
    chiqarish vositialarini ishlab chiqarish marketingning asosiy, aniqlovchi omili hisoblanadi.
    Marketing darajasiga ishlab chiqarish miqyosi va tarmoqlar strukturasini ta`siri juda
    kattadir. Tarmoqlar strukturasi konkret ishlab chiqarilgan mahsulotlar xajmini aniqlash bilan birga
    ishlab chiqarish, moddiy resurslarning konkret turlariga bo„lgan ehtiyojni xam aniqlab beradi.
    Masalan, respublikada gazning ko‟plab qazib chiqarilishi va iste`mol qilinishi yoqilgi balansini
    o„zgartirib yubordi. Bu esa bir qancha ijobiy natijalar berdi. Ma`lumki, ishlab chikaish vositalari
    va xalq iste`moli tovarlari, xizmatlar, ularning xajmi, uzluksiz o„sadigan va kengayib boradigan
    nomenklaturasi, ularning taqsimlanishi, sotish va iste`molchilarga yetkazib berish jarayoni
    marketing elementlari faoliyati ob`ekti bo‟lib hisoblanadi. Xalq xo‟jaligi iste`moliga kelib
    tushadigan yangi tovar turlarining kulami shu mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar soniga
    qaraganda tezroq o‟sadi. Shunga ko„ra marketing elementlarining ish hajmi ham oshib boradi.
    Chunki, bunda tovarlarni sotish jarayoni, kiyinlashadi, moddiy resurslarni yetkazib berish, qabul
    qilish, qayta ishlash, saqlash va tarkatish bilan bog‟liq bo„lgan marketing ishlarini xajmi ortadi.
    Kuplab korxonalar o„zaro xo‟jalik aloqalari tortilib, xo„jalik aloqalari murakkablashadi.
    Korxonalar sonining ikki marta oshishi xo‟jalik aloqalarining 8 marta kengayishiga olib keladi, bu
    esa savdo shaxobchalari va ombor xo‟jaligini kengaytirishni talab qiladi. Marketingning
    mukammalik darajasi shu tarmoqning uz tizimi doirasida Fan- texnika taraqqiyoti natijalaridan
    foydalanish ko‟lami bilan belgilanadi.
    Milliy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo„lgan marketing to‟la ma`noda umumiy
    boshqarishning tashkil etish darajasiga xam bog‟liqdir. Milliy iqtisodiyotni boshqarishda sodir
    bo„ladigan o„zgarishlar va qayta tashkil kilinishlar, odatda, marketingni boshqarish sohasiga xam
    ta`sir kuchini ko„rsatadi. Chunonchi, milliy iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishning territorial
    printsipi uziga xos marketing strukturasini tashkil etishni talab etsa, tarmoqlar doirasidagi
    boshqarish esa butunlay boshqasini takazo etadi. Milliy iqtisodiyotda marketing umumdavlat ishi



    6
    hisoblanadi. Davlat jamiyatning rivojlanish ehtiyojlariga asoslanib, marketing elementlari orkali


    tovarlarni xar xil bosqichda aniqlab taqsimlaydi, sotadi, yetkazib beradi va ishlab chiqarish
    tarmoqlarining rivojlanishiga katta ta`sir ko„rsatadi.
    Bozor iqtisodiyotiga o„tishning barcha bosqichlarida takror ishlab chiqarishni kengaytirish
    va uning samaradorligini oshirish masalasi muhim urin egallab keldi. Korxonalar tegishli miqdor,
    assortiment va sifatli moddiy resurslar bilan qanchalik o„z vaqtida ta`minlab turilsa, ishlab
    chiqarish jarayonining bir maromda davom etish uchun shart – sharoit yaratildi. Bu mahsulot
    ishlab chiqarishni ko‟paytiruvchi muhim omillardan biridir.
    Marketing mahsulot sifatini oshirishdga ham juda katta ta`sir ko„rsatadi. Marketing
    iste`molchilarni sifati yuqori tovarlar yaratish orkali rejada ko„rsatilgan sifatlardagi mahsulotni
    ishlab chiqarishga yordam beradi. Mahsulotning sifati uning ishlab chiqaruvchi korxonaning
    uzigagina emas, shu bilan birga unga xom-ashyo va material sotuvchi yondosh korxonalarga xam
    bog‟liq. Iste`molchiga yetkazib berilgan sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchiga qaytarib yuboriladi
    yoki past sortga utkaziladi. Bu narsa mahsulotni qaytadan o‟rash yoki qoplash, tuzatish, tashish
    xarajatlarini ko‟paytirib yuboradi. Bundan tashqari, mahsulot yuboruvchilar iste`molchiga
    yetkazilgan zarar uchun xam moddiy javobgardirlar. Me`yoriga yetkazilmagan xom – ashyo ishni
    kiyinlashtiradi, bir material o‟rniga majburan boshqa material ishlatishiga, ishlab chiqarish
    ritmining buzilishiga, mahsulot xilini o„zgarishiga, korxonalarda normativdan ortiqcha materiallar
    to„planib qolishiga sabab bo„ladi.
    Moddiy resurslardan foydalanish darajasiga marketing ta`sirining ahamiyatini xam
    ta`kidlab utmok zarur. Uzbekiston sanoat mahsuloti tannarxida barcha xarajatlarning 85 foizidan
    ortikrogi marketing elementlari orkali utadigan moddiy resurslarning xarajatlari tashkil qiladi.
    Moddiy resurslarni tejab teragb foydalanishda ishlatilmayotgan imkoniyatlar juda ko„p.
    Chunonchi, tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan iste`molchilarga yetkazib berilguncha
    bo„ladigan davrdagi sinish, to„qilish, qurib kolish kabi nobudgarchiliklar shular jumlasidandir.
    Iqtisodiyotni rivojlantirishda marketingning roli va ahamiyati va uning asosiy vazifasi
    bo‟lib – xalq xo‟jaligidagi aholiining turmushini moddiy va madaniy darajasini yuksaltirishga
    karatilgan ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, xamda uning samaradorligini oshirish, fan-
    texnika tarakkiyotini jadallashirish, mexnat unumdorligini oshirish, xalq xo„jaligini barcha
    tarmoqlarida ish sifatini butun choralar bilan yaxshilash asosida izchillik bilan amalga oshirishdan
    iborat. Buning uchun marketing tadqiqot izlanishlarini kuchaytirish kerak.
    Bozor munosabatlarining ravnaqi, erkin raqobat muhitining yaratilishi sharoitida marketing
    tadqiqotlariga bo„lgan talabning ortib borishi tabiy jarayondir. Xaridor ishtiyoki, dididagi
    tovarlarni va xizmatlarni shakllantirishda, raqobat kurashida muhim va xal kiluvchi ahamiyatga
    molik bo„lgan marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etish, amalga oshirish, xozirgi kunda eng
    dolzarb ahamiyat kasb etadi. Marketing tadqiqotlari uchun kerakli va zururiy bo„lgan axborot va
    ma`lumotlar kulamini muayyan tartibga solish vazzifasini xal qilish bilan mamlakatimizda
    madaniy tarzda bozor tizimi, uning infrastrukturasi barpo etiladi. Ayni vaktda amalga
    oshirilayotgan isloxotlar bu urinda uz samarasini bermokda va bu xozirgi kunda qaror topayotgan
    marketing axborot tizimida namoyon bo„lmoqda.

    Download 424,75 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu №1. Marketing tadqiqotlarining nazariy asoslari

    Download 424,75 Kb.