• O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. Bajardi: Xalilova M Samarqand 2023 y
  • 1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari Javob
  • 2004-yil 16-iyunda
  • Texnologialari va komunikatsialarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/13
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,31 Mb.
    #139790
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    14-Amaliy tarix



     
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
    TEXNOLOGIALARI VA KOMUNIKATSIALARNI 
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
     
     
    Amaliy ish -14 
     
    Mavzu: 
    O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
     
     
     
    Bajardi: Xalilova M
     

     
    Samarqand 2023 y 
     
     


    14-Mavzu: 
    O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
     
     
    1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari? 
    Javob 
    O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro 
    manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq 
    siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda 
    mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat 
    mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-
    atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish
    respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.
    Respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik kursiga sodiq bo'lib, o'z hududida 
    xorijiy harbiy bazalar va ob'ektlarni joylashtirishga, shuningdek, mamlakat harbiy 
    xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida yoki harbiy mojarolarda 
    ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi. O'zbekiston barcha qarama-qarshiliklar va nizolarni 
    faqat tinch siyosiy yo'llar bilan hal qilish tarafdori. 
    O'zbekiston davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid 
    qilmaslik, 
    chegaralarning 
    daxlsizligi, 
    boshqa 
    davlatlarning 
    ichki 
    ishlariga 
    aralashmaslik; xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini hurmat 
    qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan tamoyilllari 
    va normalari; xavfsizlikning bo'linmasligi, ochiqlik va pragmatizm, qo'shni mamlakatlar 
    bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaviy va 
    xalqaro hamkorlikni mustahkamlash kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda tinchlik, 
    taraqqiyot va farovonlik yo'lida barcha sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishdan 
    manfaatdor/. 
    Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-
    yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
    bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir. 
    Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar 
    qo‘yilgan: 
    - mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va 
    iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish 
    uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish; 


    - Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani 
    xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish; 
    - jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik 
    qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish; 
    - O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro 
    tashabbuslarini ilgari surish; 
    - mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish 
    borasida ko‘maklashish; 
    - milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va 
    ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish; 
    - mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish 
    borasida amaliy yordam ko‘rsatish; 
    - transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda 
    xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga 
    ko‘maklashish; 
    - xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va 
    manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash; 
    - xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash. 
    Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. 
    O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni 
    ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu 
    jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga ko‘maklashishga qaratilgan. 
    O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning 
    transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy 
    daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda 
    mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va 
    demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni 
    amalga oshiradi. 
    O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini 
    mustahkamlashdan, 
    ilmiy-texnikaviy 
    va 
    madaniy-gumanitar 
    hamkorlikni 
    rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy 
    fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor. 
    O‘zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-

    Download 1,31 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologialari va komunikatsialarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish