Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil sentabrda Turkiya
Prezidenti Ahmet Necdet Sezer bilan BMTning "Ming yillik" sammiti doirasidagi
uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003-yilda T. Bosh
vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif
davomida yana bir qancha
hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va
diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim
tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va
vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro
ragʻbatlantirish va
himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik
toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona
toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002-yil
Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH
dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman
Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida T.ning ulushi 4% ni tashkil etadi. T.
Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj
mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik
uskunalar, yer
osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar,
plastmassa
buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda
umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning
yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi.
Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga
ixtisoslashgan "KosonsoyTekmen" qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati
76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati
7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari)
kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni
qayta qurish va taʼmirlashda T.ning "AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding",
"Emesam" firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida T. sarmoyasi
ishtirokidagi 351 qoʻshma
korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan
tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida "SamKochavto" (avtobus va
oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip
yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa),
"SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab
chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash),
"Dilek Interprayzis", "Aylin gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik
mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda
tashkil etilgan
korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini
olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga
moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25%
dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish
mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi.
Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. T.da oʻzbek
sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik
hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil
etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham
oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish
uchun T. 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi.
Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va T. oʻrtasida
madaniyat, taʼlim,
sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991-yil
19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993-yil 22-iyul), ilmiy-
texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995-yil 9-iyul) asosida rivojlanib bormoqda.
1993-yil T.da Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60
nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 i. oktabrda 48 kishidan iborat
turkiyalik sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida
Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarqand shaharlarida konsertlar berdi.
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent universiteti oʻrtasida
malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma
konsertlar tashkil etish
borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari"
xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib
kelmoqdalar. Oʻzbekistonda "Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi
ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.