910,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining a’zosi,
ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan Germaniya bilan o‘zaro
manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov ning
Germaniyaga 1993-yil 28-aprel kuni boshlangan va
besh kun davom etgan rasmiy
tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. I. Karimov GFR Federal Prezidenti Rixard fon
Vayzenker va Fideral kansler Gelmut Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik asosida
suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalar
qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida, ilmiy
tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
«Deutsche Bank», «Mersedes-Benz» va «Simens» kompaniyalarining rahbarlari bilan
uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar
natijalariga ko‘ra, O‘zbek–Germaniya hamkorligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo
komissiya tuzildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi,
GFRning elchixonasi ochildi. 1994-yil 1-sentabrda GFRning o‘sha paytdagi poytaxti
Bonnda O‘zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi
paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda.
«Toshkent–Frankfurt» havo yo‘li ochildi, O‘zbekistonda «Deutsche Bank»ning
bo‘limi faoliyat ko‘r satmoqda. Germaniyaning «Heidelberg» firmasi O‘zbekistonda
nashriyot matbaasohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Heidelberg»
firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo‘l kitob fab rika si, Toshkent va
Nukus
poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong» nash riyoti qayta jihozlandi.
O‘zbekistondagi «Rastr» va «Gro teks» matbaa korxonalari «Heidelberg» firmasi
texnologiyasi asosida ishlamoq da. Natijada maktablar
uchun darslik, o‘quv
qo‘llanmalari va bosh qa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha
yaxshilandi. 2001-yilda O‘zbekiston–Germaniya–Rossiya hamkorligidagi «Namangan
qog‘oz» qo‘shma korxonasi qurilib ishga tushi rildi. O‘zbekiston Prezidenti I.A.
Karimovning 2001-yil 2–5-aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga,
Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning 2002-yil 9–10-may kunlari
O‘zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro
manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy
doiralari o‘rtasida aloqa lar kengayib bormoqda. 1997-yilda O‘zbekistonda 55 ta
Germaniya kompaniya si ning vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001-yil da bu
ko‘rsatkich 80 taga yetdi. Ularning eng yiriklari «Xobas TAPO», «Xiva Karpet» va
boshqalardir. 2003-yilda germa ni yalik sar mo yadorlar ishtirokida yengil sanoat,
oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘ ja ligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika
sanoati, tran sport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko‘r sat
di, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega. O‘zbe kistonga kiritlayotgan
Germaniya sarmoyalari hajmi 2001-yil da yoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Ikki
mamlakat o‘rtasidagi sav do aylanmasi 2001-yilda 283,3 mln AQSH dollarini tashkil
etdi. Samarqanda 2009-yilda «MAN Avto-Uzbekiston» O‘zbekiston– Germaniya
qo‘shma korxonasi barpo etildi. Zavodda 15–50 ton nalik yuk ko‘tarish quvvatiga ega
bo‘lgan zamonaviy MAN avtomobillari ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. 2010-yilda
korxonada 480 dona yuk mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2011-yilda bu
ko‘rsatkish 658, 2012-yilda mingan ortiqni tashkil qildi. Germaniya
Federativ
Respublikasi O‘zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy hamkoridir.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. 1993-yil 28–30-oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining
Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I.
Karimov Fransiya Prezidenti F. Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda
jamoatchilik vakillari bilan do‘stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F.
Mitteran qabul marosimida nutq so‘zlab: «Hozirgi siyosiy vaziyatda
Markaziy
Osiyoda yetakchi o‘rinni egal lab turgan mustaqil O‘zbekiston Sharq bilan G‘apb
o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lishi mumkin. Ko‘p asrlik tarix, teran an’ana larga ega
bo‘lgan, insoniyatning faxriga aylangan allomalarni yetkazib bergan O‘zbekiston
doimo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shui ishonch bilan
aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo‘lib qoldi», – deb ta’kidla
gandi. Bu Vatanimiz to‘g‘risida, uning shon-shuhratini ulug‘lovchi xolisona,
olijanoblik bilan berilgan bahodir.
Safar natijasida Parijda «O‘zbekiston