mexaniq jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari, boʻyoqlar, turli xil jihoz
va
apparatlar, toʻqimachilik mahsulotlari yuboradi.
Oʻzbekistonda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 80 ga yaqin korxona boʻlib, ular
transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, toʻqimachilik kabi sohalarga
mansub. „OʻzDEU avto“, „OʻzDEUelektroniks“, „Kabul-Oʻzbek kompani LTD“,
„OʻzSamsoʻngelektroniks“ kabi qoʻshma korxonalar shu jumlaga kiradi. Ular
avtomobil, xalq isteʼmol mollari, radio elektron maqsulotlar
ishlab chiqarish bilan
shugʻullanadi. Nurafshondada va Toshkentning „Koʻkcha“ dahasida qurilgan
toʻqimachilik korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinmoqda. Fargʻona va
Namangan shaharlarida ham shunday korxonalar barpo etiladi. Shuningdek, Koreya
Respublikasining 19 ta kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi da oʻz vakolatxonasini
ochgan. 1994-yildan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq masalalari boʻyicha
Oʻzbekiston-Koreya va Koreya-Oʻzbekiston qoʻshma qoʻmitasi ishlab kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Koreya
Respublikasining 10 ta banki bilan vakillik munosabatlari oʻrnatgan. Koreya Xalqaro
hamkorlik agentligi (KOICA) bir necha yillar davomida
respublika vazirliklari va
idoralari bilan faol aloqa qilmoqda. Shu tashkilot yoʻli bilan oʻzbek yigit-qizlari
muntazam ravishda Koreya Respublikasida malaka oshirishmoqda. Toshkent
iqtisodiyot universitetida va Moliya instituti huzuridagi litseyda kompyuter sinflari
tashkil etilgan. Oʻzbekistondagi boshqa litsey va kollejlarni oʻquv asbob-uskunalari
bilan jihozlash loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Koreya
Respublikasi Maorif
vazirligining 1992-yil maydan beri ishlayotgan Toshkentdagi koreys taʼlim markazida
oliy oʻquv yurtlari muallimlari va talabalari uchun tanlov asosida malaka oshirish
yoʻlga qoʻyilgan. 1993-yil martda Toshkent sharqshunoslik institutida koreyashunoslik
fakulteti ochilgan. Oʻzbekiston jahon tillari universitetida „Koreys tili markazi“,
Samarqand chet tillar institutida „Koreys tili va madaniyati markazi“ ishlaydi. Koreya
Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot va
video hamda audio kassetalar bilan jihozlagan.