kiyimkechak, poyabzal va b. keltiriladi. Oʻzbekiston X.ga ranpgi metallar va ulardan
tayyorlangan buyumlar, mineral yonilgʻi, neft va neft mahsulotlari, paxta va ipak
tolasi, plastmassa va b. yuboradi. Ayni vaktda Oʻzbekistonda X. investorlari
ishtirokida tuzilgan 122 korxana roʻyxatdan oʻtgan. Shulardan 102 tasi qoʻshma
korxona, 20 tasi 100% X. sarmoyasi hisobidagi korxonadir. Respublikada X. ning
savdo hamda X. kompaniyalarining 23 vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. X.ning
Oʻzbekistonga kiritilgan sarmoyasi hajmi 435 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
Ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida ham hamkorlik
rivojlanmoqda. X. vakillari Samarqandda oʻtkaziladigan "Sharq taronalari" xalqaro
musiqa festivalida, Oʻzbekiston folklor jamoalari Pekinda har yili oʻtadigan xalqaro
madaniyat va turizm festivalida muntazam ishtirok etadilar.
1996-yil Pekinda OʻzR Fanlar akademiyasi bilan XXR Fanlar akademiyasi oʻrtasida
oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida, 2000-yil Toshkentda OʻzR Fanlar akademiyasi bilan
XXR Ijtimoiy FA oʻrtasida bitam imzolandi. 1997-yil OʻzR Prezidenti I. Karimovning
"Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari" asari X.da xitoy tiliga tarjima kilinib chop etildi. Shu yil
Oʻzbekistonga bagʻishlangan maxsus jur. va 2004-yil kitob nashrdan chikdi. Toshkent
bilan Shanxay sh.lari, Buxoro viloyati bilan Xubey provinsiyasi, Toshkent viloyati
bilan Shansi provinsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik munosabatlari oʻrnatilgan. 2000-
yilda ilmiytexnika hamkorligi boʻyicha maxsus qoʻmita tashkil etilgan. 2001-yil
Toshkentda X. madaniy markazi tashkil topdi. 2002-yilda Toshkentda "XXR fani va
texnikasi kunlari" deb nomlangan koʻrgazma boʻlib oʻtdi. 2003-yil Chanchun (Szilin
oʻlkasi) sh.da Kamoliddin Behzodning haykali oʻrnatildi. 2004-yilda Pekinda
Oʻzbekiston — XXR munosabatlariga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Toshkentda xitoy
madaniyati kunlari oʻtkazildi. Ikki davlat oʻrtasida talabalar almashuvi ham amalga
oshirilmoqda. 2004-yil iyunda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan
Xitoy taʼlim vazirligi oʻrtasida Toshkentda xitoy tilini oʻrganish boʻyicha Konfutsiy
nomidagi institutni tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolandi.