O’zbekiston Respublikasining Amerika qit’asi davlatlari bilan aloqalari?




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana17.01.2024
Hajmi1,31 Mb.
#139790
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-Amaliy tarix

 
5. O’zbekiston Respublikasining Amerika qit’asi davlatlari bilan aloqalari? 
Javob 
AQSh—Oʻzbekiston munosabatlari, bir nechta 
hukumatlararo shartnoma va bitim asosida tartibga solib turiladi. AQSh—
Oʻzbekiston munosabatlari asta-sekin rivojlanib, AQShning 11-sentabr 2001-
yilda Afgʻonistonga hujumlaridan soʻng, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar 
yaxshilanishi eng yuqori choʻqqiga koʻtarildi. 2003-2005-yillarda sobiq Sovet 
respublikalari hisoblangan Gruziya, Ukraina va Qirgʻizistonda „rangli inqilob“ dan 
beri munosabatlar sezilarli darajada yomonlashdi va Oʻzbekiston hukumati AQSh va 
fuqarolik jamiyati, siyosiy islohotlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa nodavlat 
tashkilotlar taʼsirini cheklashga harakat qildi. 
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1996-yil iyunida 
AQShga qilgan tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada 


rivojlantirishga koʻmaklashgan muhim voqea boʻldi. Tashrif chogʻida ikki tomonlama 
hujjatlar majmui imzolandi. Buxori viloyatidagi gaz konlarini oʻzlashtirish loyihasini 
mablagʻ bilan taʼminlash, surkov materiallari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona 
barpo etish, qishloq xoʻjaligi korxonalariga lizing xizmati koʻrsatuvchi qoʻshma 
korxona tashkil qilish toʻgʻrisidagi bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi 
iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki bilan AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi 
oʻrtasida Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida birgalikda aviatexnika 
ishlab chiqarish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini tayyorlash uchun Amerika 
tomonidan grant ajratish toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston TIF Milliy banki bilan „Bank 
of America“ oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum, Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat geologiya va mineral resurelar qoʻmitasi bilan „Nyumont-Mayning“ 
kompaniyasi oʻrtasida hamjihatlik toʻgʻrisidagi memorandum, Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat geol. va mineral resurelar qoʻmitasi bilan „Nyumont-Mayning“ va 
„Mitsui“ korporatsiyalari oʻrtasida „Qizilolmasoy“ va „Koʻchbuloq“ ruda konlarini 
birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi bitim shular jumlasidandir. 
1999-yilda Oʻzbekiston bilan AQSh oʻrtasidagi tovar aylanmasi 282 mln. AQSh 
dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston AQShdan bugʻdoy, xalq isteʼmol mollari, asbob-
uskunalar sotib oladi. Eksport asosan paxta tolasidan iborat. AQShdagi turli firma va 
kompaniyalarning Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorligi, delegatsiyalar 
almashuvi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga imkon beradi. 
Oʻzbekistonda bir qancha Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma loyihalarini amalga 
oshirishga kirishildi. Ular orasida eng yiriklari „Nyumont-Mayning“ kompaniyasi 
tomonidan Zarafshon shahrida oltin ruda konidan foydalanish, „International Telset, 
Inc.“ kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida kabel televideniyesi tarmogini 
yaratish va boshqarish loyihalaridir. 
Amerikaning firma va kompaniyalaridan „Barents grupp“ kimyo sanoati sohasida, 
„Kellog“ Koʻqdumaloq koni uchun kompressor st-yasi qurish, „AIG“, „Emsi-Ay“ turli 
sohalarda oʻzbekistonlik sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. 
„Zarafshon Newmount“ Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma korxonasi Qizilqum choʻlida 
qisqa muddatda zamonaviy korxona barpo etdi. 
MDH mamlakatlaridagi katta loyihalarni roʻyobga chiqaruvchi Amerika firmalarining 
tadqiqotlarini mablagʻ bilan taʼminlovchi AQShning yirik nohukumat tashkiloti — 
Savdo va taraqqiyot agentligi oltin qazib chiqaruvchi modulli yangi zavod loyihasining 
texnik-iqtisodiy asoslamasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Navoiy kon-
metallurgiya kombinatiga grant ajratishga qaror qildi. 
Oʻzbekiston — Amerika hamkorligiga xususiy biznes namoyandalari ham salmoqli 
hissa qoʻshdi. Jumladan 1997-yilda Amerikaning „Keys interneyshnl“ kompaniyasi 
yordamida Toshkent traktor zavodi qayta qurilib, shu firmaning zamonaviy 
traktorlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. „Boeing“ kompaniyasi esa oʻzaro 
manfaatli shartlar (lizing) asosida yoʻlovchi tashiydigan samolyotlar yetkazib berdi. 


„Boeing“ qulayligi jihatidan ham, uchish xavfsizligi jihatidan ham Rossiyaning shu 
toifadagi samolyotlaridan katta farq qiladi. 
Dunyodagi eng kuchli kompyuter kompaniyasi IBM esa Oʻzbekiston bank tizimini 
kompyuterlash sohasida katta amaliy yordam berdi. Amerikaning IREX, ACCELS, 
Soros jamgʻarmasi kabi muassasalari esa AQSh va Yevropaning ilmiy markazlarida 
Oʻzbekiston uchun mutaxassislar taiyerlashga oid dasturlarni amalga oshirmoqda. 
Oʻtish davrining qiyinchiliklarini bartaraf etishda AQSh hukumati va xayriya 
jamgʻarmalari insonparvarlik yordami berib, Oʻzbekistonga bolalar va davolash 
muassasalari uchun doridarmon, tibbiyot asbob-uskunalari, kiyimkechak, oziq-ovqat 
mahsulotlari yuborib turibdi. 1997-yil noyabrda AQSh prezidenti rafiqasi Hillary 
clintonning Oʻzbekistonga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali aloqalarni 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. 
1997-yil 9-11-iyunda Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma komissiyasining tuzilishi AQSh 
bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanib va rivojlanib 
borayotganligini koʻrsatdi. Qoʻshma komissiya mintaqaviy siyosiy muammolarni oʻz 
ichiga olgan oʻzaro manfaatli masalalar, Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy 
islohotlardagi siljishi, harbiy sohada hamkorlik qilish hamda Oʻzbekistonda xorijiy 
investitsiyalar uchun sharoitlarni muhokama etadi. 1998-yil 26-27-fevral Vashington 
shahrida qoʻshma komissiyaning birinchi, 1999-yil 24-25-may Toshkent 
shahrida ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi. 
Iqtisodiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash 
Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida mustahkam shartnomaviy-huquqiy 
baza, jumladan, turli xarakterdagi 100 dan ortiq hujjatlar mavjud. Siyosiy muloqotni 
mustahkamlash, xususan, mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka 
qarshi kurashish kabi sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan tashqi ishlar 
vazirliklari aro siyosiy maslahatlashuvlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri savdo-iqtisodiy 
sheriklikdir. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni doimiy ravishda kengaytirishga 
intilib, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga harakat qilmoqda. O‘zaro savdo so‘nggi 
uch yil ichida o‘sib bormoqda. Misol uchun, O‘zbekistonning AQSh bilan tovar 
ayirboshlash hajmi 2022 yil yakuni bo‘yicha 436,8 million dollarni (eksport – 68,5 
million dollar, import – 368,3 million dollar) tashkil etib, 2021 yilga (426,3 million 
dollar) va 2020 yilga (277 million dollar) nisbatan oshganligini ko‘rsatmoqda 
Oʻzbekistonning AQShdagi elchilari[tahrir | manbasini tahrirlash 

Muhammadbobur Malikov (1993) 

Fotih Teshaboyev (1993-1996) 

Sodiq Safoyev (1996-2001) 

Shavkat Hamroqulov (2001-2003) 

Abdulaziz Komilov (2003-2010) 



Ilhom Neʼmatov (2010-2013) 

Baxtiyor Gʻulomov (diplomat) (2013-2017) 

Javlon Vahobov (2017-2023) 

Furqat Siddiqov (2023-yildan) 

Download 1,31 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasining Amerika qit’asi davlatlari bilan aloqalari?

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish