|
Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidaBog'liq 14-Amaliy tarixRespublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida
shart noma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘
risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘ risida bitim
imzolandi. Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respublika mizda
demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa va boshqa
taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik «Credit Commercial de
France» ban ki o‘rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neft ni
qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash ko‘zda tutildi. Taniqli «Elf-
akiten» neft-kimyo konserni, «Texnip» firmasi va boshqa kompaniyalar bilan
Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O‘zbekiston
o‘rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta’minlab turgan «Credit Commercial de
France» banki zavod qurilishini ham mablag` bilan ta’minladi. O‘zbekiston bu bankka
mablag‘ qo‘ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo‘lib turibdi. 1994-yil 25–27-aprel kunlari
Fransiya Prezidenti F. Mitteranning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida
imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida,
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar,
shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar
imzolandi. O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar
kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va
gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. O‘zbekiston xalqaro
ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik
qilmoqda. 1993-yil 22–25-noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq
respublikamiz delegatsiyasining rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy
Irlandiya birlashgan qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tarixida
buyuk voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz rahbarining qirolicha Yelizaveta II, Bosh vazir
J.Meyjor bilan samimiy,ochiq o‘zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Safar samarali bo‘ldi. «O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi
|
| |