munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat
manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda mintaqadagi
tinchlik va xavfsizlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim
vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
2017-yil 4-5-
aprelda Rossiyaga davlat tashrifi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
V.V.Putinning 2018 yil 18-19 oktyabrda O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida
erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydigan,
yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori.
Xitoy bilan
munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni
o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya,
2013-yil 9-sentyabrdagi ikki tomonlama
strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi
deklaratsiyasi hamda
2017 yil 12 maydagi Har tomonlama
strategik sheriklik
munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to'g'risida qo'shma bayonotga asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
2019-yil 24-27 aprelda «Bir
makon, bir yo‘l» Ikkinchi xalqaro forum doirasida ilgari surgan tashabbus va takliflarni
to'liq va o'z vaqtida amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, Amerika Qo‘shma
Shtatlari bilan
2002-yil 12-mart oyida imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida
Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asnosida
o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan
fuqarolik jamiyati
asoslarini mustahkamlash va xalq turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan
modernizatsiya jarayoni va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida siyosiy, savdo-
iqtisodiy, investitiaviy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada
kengaytirishdan manfaatdor. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari
Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdid va xatarlarga
qarshi kurashga ko‘maklashishdan iboratdir.