|
Ma’ruza 12 jixozlar tozaligi va uni aniqlashda qo‘llaniladigan analitik usullar mavzuning o’quv maqsadi
|
bet | 2/11 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 61,77 Kb. | | #127444 |
Bog'liq MA’ruza 12 jixozlar tozaligi va uni aniqlashda qo‘llaniladigan aJixozlarni tozalash usullari
Tozalash jarayonini 3 xil usulda olib borish mumkin: qo‘lda, yarimavtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilgan (joyida). Tozalash jarayonida mumkin bo‘lmagan va eng qiyin bo‘lgan joylarga ahamiyat berish kerak. Tozalash jarayoni quyidagi xolatlarda olib boriladi: bitta jixozda bir nechta dori vositalarini ishlab chiqarish, bitta dori vositasini lekin turli dozalarda va ma’lum vaqt oralig‘ida bitta seriyadagi mahsulotni chiqarish.
Tozalash jarayonini tekshirish uchun namunalar olishning 4 xil usuli mavjud: tampon bilan artish, yuzani yuvish (chayish), erituvchi bilan chayish va platsebo usulida olish.
Tozalash jarayonida qo‘llaniladigan analitik usullarga xususiyligi va sezgirligi (aniqlash – LOD va miqdorini aniqlash – LOQ chegaralari), shuningdek ularni ishlatishdan avval validatsiyalanganligi (attestatsiyadan) kabi talablar qo‘yilgan.
Analitik usulning sezgirligi qoldiq uchun maqbullik (priemlemost) mezonidan past bo‘lishi kerak.
1 - jadval
Namunalarni tampon bilan artish usulda olish
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Namunani eritadi va to‘liq yo‘qotadi
|
Namunani olish vaqtida tampon tolalari qo‘shilib qolishi mumkin
|
Katta yuzalar uchun ham qo‘llanilishi mumkin
|
Tampon materialining turi eritish koeffitsienti va xususiyligini kamaytirishi mumkin
|
Aniq yuza uchun, iqtisodiy jihatdan qulay va oddiy
|
Namuna olish texnik sabablarga bog‘liq
|
Moddalarning qoldig‘i, detergenlar va mikrobiologik qoldiqlarni aniqlash mumkin
|
Katta jixozlardan va ularning olish qiyin bo‘lgan joylaridan namunani olish qiyinligi
|
|
| |