Ma’ruza 14 Ma’lumotlarni uzatish uchun analog va diskret aloqa kanallari Reja




Download 286,79 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2024
Hajmi286,79 Kb.
#264560
1   2   3   4
Bog'liq
14-Ma\'ruza MUA uzb

.2. Aloqa kanallaridagi xalaqitlar

Amalda signallar kanallar orqali uzatilganda ularning shakli buziladi va xatolik bilan qayta aks ettiriladi. Signalning xatolik bilan qabul qilinishiga sabab aloqa kanali kiritadagi buzilishlar va signalga ta’sir etuvchi xalaqitlardir.


Kanalning amplituda-chastota va vaqt ko’rsatgichlari signalga chiziqli buzilishlar kiritadi. Bundan tashqari signalga kanaldagi nochiziqli rejimda ishlayotgan funkstional tugunlar nochiziqli buzilishlarni qo’shadi. Chiziqli va nochiziqli buzilishlar kanalning ma’lum ko’rsatgichlariga bog’liq bo’lganligi bois, hamda paydo bo’lish sababi ma’lumligi uchun ularni ma’lum tuzatishlar orqali yo’qotish yoki kamaytirish mumkin.
Signalni chiziqli va nochiziqli buzilishidan, uning tasodifiy xalaqit ta’sirida buzilishini ajrata bilish kerak. Chunki tasodifiy xalaqitning ko’rsatgichlari avvaldan ma’lum bo’lmaganligi sababli uning signalga ta’sirini to’liq yo’qotish mumkin emas.
Foydali signalga qo’shilib uni xatolik bilan aks ettirilishiga olib keluvchi har qanday ta’sir xalaqit deb ataladi. Xalaqitlar paydo bo’lish sabablari va fizik hossalari bo’yicha turlicha bo’ladilar. Xalaqitlar paydo bo’lish joyiga qarab ichki va tashqi xalaqit turiga bo’linadi. Ichki xalaqitlar radioelektron qurilmalar aktiv va passiv elementlaridan qat’iy bir qiymatga ega tok o’tmasligi, ya’ni vaqt birligida o’tkazgichdan o’tayotgan elektronlar soni o’zgaruvchanligi sababli paydo bo’ladi.
Tashqi xalaqitlarga atmosferada yuz beradigan elektr jarayonlar, shu jumladan, momaqaldiroqlar natijasida hosil bo’ladi. Bu xalaqitlar quvvati asosan uzun va o’rta to’lqin diapazonida tuplangan. Kuchli xalaqitlar paydo bo’lishiga sanoat qurilmalari ishlashi ham sabab bo’ladi. Ular sanoat elektr qurilmalarida tok qiymatining keskin o’zgarishi, elektr transporti (tramvay, trolleybus, metro) elektr olgich qismlarining manba simiga jips yopishmasligi, elektr motorlar, tibbiyot diagnostika (tashxis qilish) va davolash qurilmalari tarqatayotgan elektromagnit nurlanishlari sabab bo’ladi.
Tashqi xalaqitlar begona radiostanstiyalar nurlanishlari, ular tomonidan ajratilgan ishchi chastotalardan foydalanish qoidalarining buzilishi, ish chastotasining barqarorsizligi, nurlantirayotgan foydali signal garmonikalari va subgarmonikalari qiymati texnik talabdagidan yuqoriligi sabab bo’ladi. Shuningdek, radiokanallarda xalaqit - modulyastiya natijasida ham paydo bo’ladi.
Umuman olganda, har qanday elektr aloqa kanalida ichki va tashqi xalaqitlar mavjud bo’lib, ularning kattaligi foydalanilayotgan radiochastotalar diapazoniga ham bog’liq.
Xalaqit foydali signal ga ikki turda ta’sir etishi mumkin. Agar xalaqit signal bilan arifmetik qo’shilsa, ya’ni


(7.3)

bo’lsa, bunday xalaqit additiv xalaqit deb ataladi. Agarda xalaqit ta’siridagi signal




(7.4)

matematik ifoda bilan aks ettirilsa, bunday xalaqit multiplikativ xalaqit deb yuritiladi. Bunda - xalaqit ta’sirida foydali signal sathi o’zgarishini ko’rsatuvchi koeffistient. Xalaqit bo’lmaganda bu koeffistient birga teng bo’ladi . Umuman - oralig’ida o’zgarishi, signal sathini kamayishiga yoki kattalashishiga olib kelishi mumkin. Agar xalaqit - foydali signal ga nisbatan asta-sekinlik bilan kamaysa, bu hodisa so’nish deb ataladi.


Real kanallarda har ikki turdagi xalaqitlar bir vaqtda signalga ta’sir etishi mumkin, natijada


, (7.5)

ya’ni qabul qilish qurilmasi kirishiga vaqt bo’yicha sathi asta- sekin o’zgaruvchi va xalaqit qo’shilgan signal ta’sir etadi.


Additiv xalaqitlarga fluktuastion, impulsli va kvazigarmonik xalaqitlar kiradi.
Fluktuastion xalaqit boshqa xalaqit turlariga nisbatan chuqur o’rganilgan, u radiotexnik qurilmaga bir vaqtda bir necha tasodifiy kattalikdagi, ular ta’siridagi elektr zanjirlaridagi o’tish jarayoni bilan bir-biriga qo’shilib ketishi natijasida paydo bo’ladi. U barcha chastotalar diapazonida uchraydi, uning spektri cheksiz keng.
Impulsli xalaqit ba’zan vaqt bo’yicha to’plangan xalaqit deb ham ataladi. Chunki u bir-biridan ancha katta tasodifiy vaqt oralig’ida qisqa vaqt davomiyligida qabul qilish qurilmasiga ta’sir etadi. Uning ta’sirida qabul qilish qismlarida yuz beradigan o’tish jarayoni bir-biriga qo’shilmaydi, navbatdagi impulsli xalaqit ta’sir etguncha avvalgisining ta’siri tugaydi. Bu turdagi xalaqitlarga sanoat qurilmalarining xalaqitlari: payvandlash uskunalari; elektr transporti; avtomobil o’t oldirish qismlari va boshqalar kiradi.
Xalaqitlarni fluktuastion va impulsli xalaqitlarga ajratilishi shartli bo’lib, impulsli xalaqit takrorlanish chastotasiga qarab tor polosali qabul qilish qurilmasiga fluktuastion, keng polosali qabul qilish qurilmasi uchun impuls xalaqit sifatida ta’sir etishi mumkin.
Impulsli xalaqit diskret tasodifiy jarayon bo’lib, paydo bo’lish vaqti va amplitudasi tasodifiy taqsimlangan. Impulsli xalaqit ham nazariy nuqtai nazardan cheksiz keng spektrga ega.
Kvazigarmonik xalaqit ba’zan spektri bo’yicha jamlangan xalaqit deb ataladi, chunki bu tur xalaqit turli radio uzatish qurilmalari tarqatayotgan elektromagnit to’lqinlar, tor polosada xalaqit hosil qiluvchi turli sanoat asbob-uskunalarida mavjud. Bunday xalaqit radioqabul qilish qurilmasi o’tkazish polosasini to’liq yoki qisman egallashi mumkin. Qisqa to’lqin diapazonida kvazigarmonik xalaqit asosiy xalaqit hisoblanadi.



Download 286,79 Kb.
1   2   3   4




Download 286,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza 14 Ma’lumotlarni uzatish uchun analog va diskret aloqa kanallari Reja

Download 286,79 Kb.