• Birinchi usul
  • MA’RUZA-32 KUCHLANISH INVERTORI




    Download 228,99 Kb.
    bet39/47
    Sana01.12.2023
    Hajmi228,99 Kb.
    #109321
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
    Bog'liq
    Ma\'ruza kirish. Reja-fayllar.org

    MA’RUZA-32

    KUCHLANISH INVERTORI
    Asinxron motorlarning tezligini stator chulg‘amiga berilayotgan kuchla- nish (yoki tok) chastotasini o‘zgartirib tezligi rostlanadigan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalardagi TChO‘ avtonom invertorlarining ko'prik kuch sxemali turlari keng qo'llaniladi.
    3.9-rasmda kuch sxemasi shartli ko'prik sxema bo‘lgan avtonom inver- torning kuch sxemasi keltirilgan bo‘lib, undagi V1- V6 yarimo’tkazgichlarni ochish va yopish jarayonlarini boshqarish boshqaruv signallari orqali amalga oshiriladi, ya’ni yarimo‘tkazgichlar toliq boshqariluvchan deb qaraladi. Kalit rejimida ishlaydigan tranzistorlar va sun’iy kommutatsiya zanjirli tirislorlar to‘liq boshqariluvchan yarimo'tkazgichlar deyiladi.


    3.9- rasm. Ko ‘prik kuch sxemali avtonom invertorning sxemasi.
    Invertorga aktiv yuklanish ulangan holni ko‘rib chiqamiz. 3.9- rasmdagi tiristorlarning tartib soni kuchlanishlar diagrammasidagi tiristorlarning navbatma-navbat ochilishiga mos keladi (3.10- rasm).
    Sxemadagi tiristorlarning qayta ulanishi chiqish kuchlanishi chastotasi davrining har 1/6 qismida sodir bo‘ladi. Bunday ishchi sxemaning ikki ish rejimi bolishi mumkin; tiristor chiqish kuchlanishi chastotasining 1/2 davri oralig‘ida ulangan bo‘lishi, ya'ni tiristorlarning o'tkazuvchanlik burchagi λ = 180°; tiristor chiqishi kuchlanishi chastotasining 1/3 davri oraligida ulangan bo‘lishi, ya'ni λ = 120°. Birinchi holda bir vaqtning o‘zida birdaniga uchta tiristor tok o'tkazsa, ikkinchi holda esa ikkita tiristor bir vaqtning o'zida tok o'tkazadi.


    3.10-a, b rasmlardagi kuchlanishlar diagrammasi invertorning chiqish qismiga aktiv yuklanish ulangan hol uchun to‘g‘ri bo'lib, agar yuklanishning xarakteri aktiv-induktiv bo‘lsa, u holda elektromagnit jarayonlarning kechishi ancha murakkab boladi va ularning tahlilini asoslashda barcha turdagi avtonom invertorlarni kuchlanish avtonom invertorlari (KAI) va tok avtonom invertorlari (TAI) guruhlarga bolib qarash maqsadga muvofiq bo'ladi.

    3.10-rasm. Tiristorlarning o‘tkazuvchanlik burchaklari λ = 180° (a) va λ = 120°(b) bo'lgandagi avtonom invertorning kuchlanishlar diagrammasi.
    Kuchlanish avtonom invertorlarning asosiy shartlaridan biri ishchi sxemasidagi tiristorlar to‘liq boshqariluvchan bo'lishi kerak. Ko'pgina hollarda KAIning chiqishidagi kuchlanishni yuklanishga mos ravishda rostlash talab etiladi. KAIning chiqishidagi kuchlanishni kuch sxemasidagi tiristorlarni ma’lum ketma-ketlikda ulash va ochish natijasida rostlash mumkin. KAI chiqish kuchlanishini ma'lum uch usulda roslash mumkin; 1) ta’minot manbayi zanjirida rostlash; 2) chiqish zanjirida rostlash; 3) invertorning ichki vositalari yordamida rostlash.
    Birinchi usul — KAI chiqishidagi kuchlanish uning kirish zanjiriga ulangan boshqariluvchi o'zgarmas tok o‘zgartkichi, ya’ni boshqariluvchi to‘g‘rilagich yordamida amalga oshiriladi.



    Download 228,99 Kb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




    Download 228,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MA’RUZA-32 KUCHLANISH INVERTORI

    Download 228,99 Kb.