Texnologiya ta’limini rejalashtirish




Download 65.68 Kb.
bet4/23
Sana04.12.2022
Hajmi65.68 Kb.
#33085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
14.09.2022 ttm ma\'ruza V
BOZOROV G\'IYOSIDDIN, 1. Elektr tokining magmit maydoni ta`siri qaysi muhitdan o`tgand
Texnologiya ta’limini rejalashtirish:
- har bir o`quvchining ta’lim rejasi va dasturini bajarishni;
- mehnat bo`yicha o`quv materialining mazmuniga to`liq moslashishni;
- ishlab chiqarish obyektlarini to`g’ri tanlashni;
-mehnat bilan boshqa umumiy ta’lim o`rtasidagi, fizika, kimyo, matematika, chizmachilik, biologiya va boshqa fanlar o`rtasidagi aloqani;
- o`quv-moddiy (ustaxonalar, o`quv xonalar, o`quv-tajriba maydonchalari, o`quv uchastkalari, qurilish maydonchalari) asbob-uskunalardan unumli foydalanishni;
-mehnat va kasb ta’limining bazasini rejali material texnika (asbob-uskunalar, ko`rsatma va o`quv qo`llanmalari bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar)ni;
-o`quvchilarning rejalashtirilgan mehnat obyektlarini belgilangan muddatlarda va o`z vaqtida buyurtmachilarga topshirishlarini;
- o`rinlar yetishmaganda zarur asbob-uskunalar kam bo`lib qolganda, ish joylariga oraliq grafik asosida qo`yib chiqishni;
- ilmiy- texnikaviy bilimlarning ko`nikmalari va malakalarning yuqori darajada bo`lishini;
- mehnat ta’limiga oid mashg’ulotlarning mehnatni ilmiy asosda tashkil etish talablariga muvofiq ravishda unumli yo`lga qo`yishni ta’minlashi kerak.
DTS - standartlashtirish obyektiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilaydi hamda O`zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to`g’risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlanadi va quyidagilarni belgilab beradi:

  • kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo`yiladigan talablarni;

  • ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo`yiladigan malaka talablarini;

  • o`quv yuklamasining zarur hajmini;

  • ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.

DTS ta’lim jarayonini va ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishini nazarda tutadi:

  • ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob bepuvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;

  • mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;

  • ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samapadorligini oshirish;

  • sifatli ta’lim xizmatlari ko`rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;

  • kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;

  • ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o`quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish;

  • mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash.


Download 65.68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 65.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya ta’limini rejalashtirish

Download 65.68 Kb.