|
-Mavzu: matematik mantiq elementlari
|
bet | 3/63 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #135432 |
Bog'liq To\'garak. 10-11
3-Mavzu: matematik mantiq elementlari
Mantiqiy amallar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari.
T a' r i f. Matematik mantiq matematikaning bir bo'limi bo'lib,unda ,,mulohaza"lar va ular ustidagi mantiqiy amallar o'rganiladi.
T a' r i f. Chin yoki yolg'onligi haqida fikr yuritish mumkin bo'lgan har qanday darak gap mulohaza deyiladi. Mulohazalar ustida bajariladigan mantiqiy amallar maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Bu belgilar hozirgi zamon matematikasining barcha bo'limlarida qo'llaniladi.
Bu belgilar qiyidagilardir:
1) => — agar ... bo'lsa, u holda ... bo'ladi, P=>Q- agar P bo'lsa, Q bo'ladi (P dan Q kelib chiqadi);
2) <=> — teng kuchlilik, P <=> Q — P va Q teng kuchli (P dan Q kelib chiqadi
va aksincha); 3) - dizyunksiya (“yoki” amali);
4) — konyunksiya (,,va" amali); 5) — ixtiyoriy, barcha, har qanday;
6) - shunday, mavjud;7) / — mavjud emas.
Bu amallarni (belgilarni) qo'llashga doir misollar keltiramiz.
P = [a soni 15 ga bo'linadi} va Q = {a soni 5 ga bo'linadi} mulohazalari quyida-gicha bog'langan: P mulohazaning chinligidan Q mulohazaning chinligi kelib chiqadi. Mulohazalaming bunday bog'lanishi mantiqiy kelib chiqish deyiladi va => belgi yordamida yoziladi: P =>Q. Bu yerda ,,a soni 15 ga bo'linadi" sharti a sonining 5 ga bo'linishi uchun etarlidir. Shu bilan birga ,,a soni 5 ga bo'linadi" sharti uning 15 ga bo'linishi uchun yetarii emas, u zaruriy shartdir xolos, chunki a soni 5 ga bo'linmasa, uning 15 ga bo'linishi mumkin emas. Umuman, P mulohazaning chinligidan Q mulohazaning chinligi kelib chiqsa (P =>Q), P mulohaza Q mulohaza uchun yetarii shart va Q mulohaza P mulo-haza uchun zaruriy shart deyiladi.
Agar A =B va B =>A bo'lsa, B mulohaza A mulohaza uchun zaruriy va yetarii shartdir. Bu esa quyidagicha yoziladi: AB. ,," — mantiqiy teng kuchlilik belgisidir.
A - ,,a soni juft son" mulohazasi bo'lsin. B - ,,a2- juft son" mulohazasi bo'lsin. Bu mulohazalar teng kuchli mulohazalar bo'ladi, ya'ni AB.Boshqacha aytganda, sonning kvadratijuft son bo'lishi uchun sonning o'zi juft bo'lishi zarur va yetarii.
|
| |