Международный научный журнал №6 (100), часть1
«Новостиобразования: исследованиев XXI веке» январь, 2023г
1306
MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA NOAN’ANAVIY TA’LIM YONDASHUVLARI
Yusupova Zulfiya Abdumalikovna
Farg’ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi
matematika fani o’qituvchisi
Annotatsiya: matematika fanini o‘qitishda noan’anaviy ta’lim yondashuvlari xaqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:noan’anaviy ta’lim, axborot texnologiyalar, noan’anaviy ta’lim
yondashuvlar
Hozirgi bosqichda kasb-hunar maktab ta’lim muassasalari yetuk shaxslarni tarbiyalash
va barkamol avlodni yetishtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘g‘in sanaladi. Kasb-hunar
maktab ta’lim muassasalari ma'naviy-axloqiy, ilmiy ishlab chiqarish sohasi bo‘lib, uning
mahsuli nafaqat yangi bilimlarni, yangi maqsadlarni, yangi qadriyatlarni va shaxsiy
ma’nolarni egallash, balki o‘qituvchining muhim kuchlarini ochib berish va rivojlantirishdir,
uning intellektual, axloqiy va ijodiy salohiyatini ko‘rsatib berishdan iborat.
2019-yilning 8-oktabr kuni Prezidentimizning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlandi. Ta'lim
muassasalarida konsepsiyani o'rganish, uning asosida kerakli vazifalarni belgilab olishga
qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki ta’limning asosiy vazifasi mustaqil ta’lim olishga, kasbiy rivojlanishga qodir
bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Bu esa ta’lim jarayoniga doir
yangi texnologiyalarni yaratish, an’anaviy ta’lim shakllarini
takomillashtirish va yangi yondashuvlarni, ta’lim sifati va darajasini oshirishi mumkin
bo‘lgan g‘oyalar va ta’lim usullarini qidirib topishni talab etadi. *1+
Mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim
standartlarini joriy etilishi o‘rta maktab o‘qituvchilari zimmasiga qator dolzarb vazifalarni
ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning oliy majlisga
murojaatnomasida 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi ham
o‘z navbatida o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan yangi ehtiyojlarni keltirib
chiqardi. Ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar va o‘qituvchilarning yuqoridagi
keltirilgan ehtiyojlari malaka oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish
mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu jaraѐnga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni
taqozo etmoqda.
Xususan, shu kunlarda yuqoridagi ehtiyojlardan va ular oldida ko‘ndalang turgan
muammolardan kelib chiqqan holda, matematika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish
mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. *2+
Международный научный журнал №6 (100), часть1
«Новостиобразования: исследованиев XXI веке» январь, 2023г
1307
Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish jahon
ta’lim standartlari darajasida bilim berish hamda ta’lim innovatsiyalarni joriy etish orqali
har tomonlama yetuk ijodkor ma’naviy boy, kasb-hunarli, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalangan, o‘z mustaqil fikriga ega barkamol
shaxsni kamolga yetkazish kabi vazifalarni hal etishda ta’lim muassasalarining pedagogik
jamoasi xususan har bir fan o‘qituvchisi o‘z pedagogik faoliyatini tubdan o‘zgartirishi lozim.
Zamon talabiga muvofiq holda har bir fan o‘qituvchisi o‘zining mutaxassisligini, chuqur
o‘zlashtirgan, pedagogik-psixologik hamda metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta
egallagan, ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshiradigan zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalaridan xabardor va ularni ta’lim jarayonida qo‘llay olish malakasiga
ega bo‘lishi bilan birga innovatsion faoliyat egasi bo‘lishi lozim. Har bir dars o‘qituvchidan
o‘ziga xos innovatsiyalarni, ya’ni ijodiy yondashuvni talab qiladi. Ayni paytda o‘qituvchi har
bir darsning muallifi hisoblanadi. Chunki o‘qituvchi ushbu darsni tayyorlashda ilg‘or
o‘qituvchilar tajribasiga tayanadi, uslubiy qo‘llanmalarni o‘rganadi va hokazo. Matematika
darsida o‘quv tarbiya jarayonining barcha elementlari o‘zaro uyg‘unlikda bo‘ladi. Bular
maqsad va mazmun, vositalar, metodlar, ta’limni tashkil kilish shakllari bilan uzviy bog‘liq.
Noan’anaviy ta’limda 4 ta komponent uyg‘unlikda amalga oshiriladi. Bular maqsad,
mazmun, faoliyat, natija. Demak, hozirgi zamon matematikasi darsining asosiy belgilari
quyidagilardan iborat:
- darsning dastur talablariga mosligi;
- har bir dars maqsadlarining aniq rejalashtirilishi;
- o‘quv materiallarining sinfda taqsim qilib o‘zlashtirilishini ta’minlashi va
rejalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish;
- o‘quvchilarni sinfda toliqtirmasdan faol ishlashlarini ta’minlash;
- o‘quvchilarning fanga va bilimlarni egallash jarayoniga bo‘lgan qiziqishiga e’tibor
qaratish va hokazo.
Mustaqil ishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak hech kimga sir emas, hozirgi kunda
matematikadan talabalarga taklif etilayotgan mustaqil ishlar mavzulari birinchidan
talabaning kasbiy faoliyati bilan yetarli darajada bog‘lanmagan, ikkinchidan talabalar
mustaqil ishlarni tayyorlashga ijodiy yondashishmaydi, ular mavzuga doir darslik, o‘quv
qo‘llanma va internetdagi materiallarni ko‘chirib kelishadi, tanlagan mavzuni uning kasbiy
faoliyati bilan bog‘liqligini tasavvur qilishmaydi. Shunday ekan matematikadan mustaqil
ishlarni bajarish talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilim va
ko‘nikmani berayapti deb ayta olmaymiz. *3+
Matematikadan mustaqil ishlar samarali bo‘lishi uchun quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
-mutaxassislik fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi;
- talabani ijodiy fikrlashga yo‘naltiruvchi;
- talabalarni adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantiruvchi;
Международный научный журнал №6 (100), часть1
«Новостиобразования: исследованиев XXI веке» январь, 2023г
1308
- mavzuga doir materiallarni analiz va sintez qilish, xulosa chiqarish kabi ko‘nikma-
larni shakllanishiga yordam beruvchi va boshqalar.
Buning uchun matematikadan mustaqil ishlarni mavzularini yaratishda ta’lim
yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislik fanlari mazmuni va talabalarning kasbiy tayyorgarligiga
qo‘yilgan talablar hisobga olinishi talab etiladi.
|