|
Matematika-informatika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi amaliy matematika yo
|
bet | 4/6 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 100,15 Kb. | | #260592 |
Bog'liq Abduganiyeva wordXotira nazariyalari.
Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini organish boyicha uchta nazariya mavjuddir:
psixologik
neyrofiziologik
bioximik nazariyalardir.
Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jihatdan eng eski nazariya bolib, u fanda ko`p va turli – tuman nazariyalarning olg`a surilganligi bilan mashqurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol oynashligi va bunda faollikning moqiyatiga qanday yondoshuv zarurligi bilan baqolash mumkin. Nazariyaning birinchi guruhi assotsiativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga kora, muayyan psixik hosilalar ongda bir vaqtning ozida yoki bevosita birin-ketin paydo bolsa, u holdahosilalar ortasida assotsiativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir qismi takroran paydo bolishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi.
Assosiativ nazariyaning asosiy tushunchasi assosiatsiya tushunchasidir. Assosiatsiya - aloqa bog`lanish degan ma`noni bildiradi va hamma psixik hodisalarni tushuntiruvchi universal mexanizm sifatida qaraladi. Ularning fikricha, agar ma`lum psixik hodisalar inson ongida ayni bir vaqtning o`zida bir-biridan ketma-ket hosil bo`lgan bo`lsa, ular o`rtasida assosiativ aloqa hosil bo`ladi. Agar shu assosiativ aloqaning biron-bir elementi qayta ta`sir qilsa yoki qayta nomoyon bo`lsa, ongimizda assosiativ aloqaning barcha elementlarini qayta tiklashga olib keladi.
Assotsiatsiyalar uch turli boladi:
O’xshashlik
Yondoshlik
Qarama – qarshilik assotsiatsiyalari.
Shunday qilib, assotsianizm ikkita ta`sirot o`rtasidagi aloqa bog`lanishning zaruriy va etarli asosi - bu ta`sirlarning inson ongida ayni bir vaqtning o`zida nomoyon bo`lishi deb hisoblaydi.
Assotsianistlar quyidagi assosiatsiya hosil bo`lishning asosiy sharoitlarni ko`rsatadilar.
A) tegishli ob`ektlarning zamon va makon izchilligi;
B) ob`ektlarning bir-biriga o`xshashligi, ob`ektlarning bir-biridan farqi, qarama-qarshiligi.
Ammo bir xil sharoitda doimo bir xil assosiatsiyalar zanjiri hosil bo`lmaydi. U holda turli kishilar bir xil sharoitda bir xil narsalarni eslab qolgan bo`lar edilar. Haqiqatda esa aloqalar tanlangan suratda hosil bo`ladi.
Geshtal’tizm (nemischa "gestalt" - obraz degan ma`noni anglatadi) - psixologik nazariya. Bu nazariyaning asosiy tushunchasi - geshtal’t tushunchasidir. Geshtal’t tushunchasi yaxlit, bir butun tashkilotni (bir butun organizmni) tarkibiy qismlarga bo`lib bo`lmaydigan tuzilishini anglatadi.
Bu nazariyaga ko`ra aloqalar (bog`lanishlar) hosil qilishning asosi sifatida materiallarning tashkil qilinganligi e`tirof qilinadi. Materialning ma`lum tashkiliy tartibi esda olib qolishda katta rol’ o`ynaydi. Ammo materialning tuzilishini ochish va baholash, oqibatda uni esda olib qolishda faqatgina sub`ekt faoliyati natijasi asosiy rolni o`ynaydi.
|
| |