Matematika-informatika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi amaliy matematika yo




Download 100,15 Kb.
bet3/6
Sana05.06.2024
Hajmi100,15 Kb.
#260592
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduganiyeva word

Xotiraning navbatdagi jarayoni – yodda saqlab qolish. Bu idrok qiingan ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira jarayoni. Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga ega. Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan. Dinamik esda saqlab qolish operativ xotirada, statik – aksincha, uzoq vaqtli xotirada namoyon bo‘ladi. Dinamik esda saqlashda material kam o‘zgaradi, statikda, aksincha, u albatta, o‘zgarish va ma’lum qayta tiklanishga uchraydi. Qayta tiklanish turli sharoitlarda, masalan, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarning yo‘qolishi va ularning boshqa qismlar bilan almashtirilishi, material izchilligining o‘zgarishida, uning umumlashtirilish darajasida ifodalanadi.
Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga oshiriladi.
Eslash – bu xotiradagi materialdan keyingi faoliyatda foydalanish. Eslashning fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo‘lgan nerv aloqalarini tiklash tashkil etadi. Eslash maqsadsiz (ixtiyorsiz) va maqsadli (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘qigan maktabimiz yonidan o‘tib keta turib, beixtiyor bizga ta’lim bergan o‘qituvchi yoki maktabdosh do‘stlarning obrazlarini namoyon qilishimiz mumkin.
Ixtiyoriy eslashda ongli ravishda maqsadga ega bo‘lgan holda eslaymiz. Bunday maqsad bo‘lib o‘tmish tajribamizdan biror voqeani yodga tushirishga intilish, masalan, yaxshi yod olgan she’rni esga tushirish maqsadini ko‘zlaganimizdagi vaziyat hisoblanadi.
Shuningdek, eslashning turli xillari: haqiqiy eslash, yodga tushirish, tanish mavjud. Alohida o‘rinni xotiralar – shaxsning tarixiy esdaliklari egallaydilar. Esga tushirishda ko‘zlangan maqsad – biror narsani eslash – asosiy masalani hal qilish imkonini beruvchi oraliq maqsadlarga erishish yordamida amalga oshiriladi. Masalan, qandaydir voqeani eslash uchun bu bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan dalillarni eslashga harakat qilamiz. Bunda oraliq zanjirlardan foydalanish ongli xususiyatga ega bo‘ladi. Esga tushirish, shuningdek, irodaviy jarayon bo‘lib hisoblanadi.
Biror ob’ektni tanish uni idrok qilishda sodir bo‘ladi va insonda ob’ekt haqida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, uning shaxsiy taassurotlari (xotira tasavvurlari) yoki so‘z bilan ta’riflash (xayol tasavvurlari) asosida shakllangan ob’ektni idrok qilish sodir bo‘layotganin bildiradi. Masalan, tanishimiz yashaydigan, lekin o‘zimiz hech qachon u erda bo‘lmagan uyni taniymiz, tanish esa, tasavvurimizda aks etgan, bizga avval ta’rifi keltirilgan izlab topish mumkin belgilar asosida sodir bo‘ladi. Tanish jarayonlari bir-biridan ta’riflanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Biz ob’ektga nisbatan tanish hissini tuyganimizda, lekin o‘tmish tajribadagilarga o‘xshata olmaganimizda tanish darajasi kamroq bo‘ladi. Masalan, yuz tuzilishi tanishdek tuyulgan odamning kimligini va u bilan qanday vaziyatlarda uchrashishimiz mumkinligini eslay olmaymiz. Bunga o‘xshash vaziyatlar tanishning belgilanmaganligi xususiyatiga ega bo‘ladi. Boshqa vaziyatlarda tanish to‘liq belgilanmaganligi bilan farqlanadi: biz odamni ma’lum shaxs sifatida darhol taniymiz. Shuning uchun ushbu vaziyatlar to‘liq tanish xususiyatiga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri tanishning turli xillari bilan bir qatorda tanishdagi xatoliklar ham mavjud bo‘ladi. Masalan, birinchi marta idrok qilinayotganlar, ba’zida tanishdek, avval xuddi shu ko‘rinishda sodir bo‘lgandek tuyuladi.
Tanish va eslashning har doim ham bir xilda samarali tarzda amalga oshirilmaydigan jarayonlarining juda qiziqarli o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlab o‘tish lozim.Ba’zida biz qaysidir ob’ektni taniy olishimiz, lekin usiz eslay olmasligimiz mumkin. Bunga teskari vaziyatlar ham bo‘ladi: bizda paydo bo‘lgan tasavvurlarning nima bilan bog‘liqligini tushuntirib bera olmaymiz. masalan, bizni doimo qandaydir kuy ohangi «kuzatib yuradi», lekin uning qaerdan paydo bo‘lganini aytib berolmaymiz.
Unutish – avval idrok qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyatining mavjud emasligida ifodalanadigan xotira jarayoni. Unutishning fiziologik asosini vaqtinchalik nerv aloqalarini dolzarblashishiga halaqit beruvchi po‘stloqdagi tormozlanishning ba’zi turlari tashkil etadi. Ko‘pincha bu mustahkamlanishlarsiz rivojlanadigan so‘nuvchi tormozlanishdan iborat bo‘ladi.
Unutish ikki asosiy shakldan iborat:
a) eslash yoki bilish imkoniyatining mavjud emasligida;
b) noto‘g‘ri eslash yoki tanishda namoyon bo‘ladi.
To‘liq eslash va to‘liq yoddan chiqarish o‘rtasida eslash va tanishning turli darajalari mavjud bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ularni «xotira darajalari» deb ataydilar. bunday darajalarga quyidagilar kiradi:
a) eslash xotirasi;
b) tanuvchi xotira;
v) engillashtiruvchi xotira.
Masalan, o‘quvchi she’rni yod oldi. Agar biroz vaqtdan so‘ng uni bexato aytib bera olsa, – bu xotiraning eng yuqori, birinchi darajasi, agar o‘quvchi yod olganini aytib bera olmasa, lekin she’rni kitob bo‘yicha yoki eshitganida oson taniy olsa, – bu xotiraning ikkinchi darajasi; agar o‘quvchi mustaqil holda she’rni eslay olmasa, uni taniy olmasa, lekin takroriy yod olishda bunga birinchi marta yod olganidan kamroq vaqt ichida erisha olsa,- bu uchinchi daraja. SHunday qilib, ifodalanish darajasi o‘zgarib turishi mumkin. Unutish materialni chizmalashtirishda alohida, ba’zan ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini olib tashlashda, yangi tasavvurlarni odatdagi, avvalgi tasavvurlarga keltirishda ifodalanadi.
Unutish ifodalarning bir qancha turli xil ko‘rinishlarini o‘rganib, insonning ayni damda eslay olmasdan, bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng esga tushirishi yoki tanishi kabi vaziyatlar haqida ham aytib o‘tish lozim. Vaqt o‘tgandan so‘ng xotiradan ko‘tarilgan materialni eslash reminissensiya (xira esga keltirish) deb ataladi. Reminissensiyaning mohiyati, biz to‘liq eslay olmagan material idrok qilinganidan bir-ikki kun o‘tgandan so‘ng materialni birinchi marta eslashda kuzatilmagan dalillar va tushunchalar bilan to‘ldirilishidan iborat. Bu hodisa ko‘pincha katta hajmli materialni so‘zlab berish orqali eslashda kuzatiladi, bunga nerv hujayralarining charchashi sabab bo‘ladi. Reminissensiya ko‘pincha maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda, va ayrim holatlarda kattalarda ham kuzatiladi.
Unutishning boshqa shakllari xatolik bilan eslash va tanishdir. Barchaga ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan idrok qilinganlar xotirada o‘z yorqinligi va aniqligini yo‘qotib, rangsizlanib, noaniq bo‘lib qoladi. Lekin avval idrok qilingan materialning o‘zgarishi boshqa xususiyatga ham ega bo‘lishi mumkin, bunda unutish aniqlikni yo‘qotishdan emas, esga tushirilganlarning haqiqatda idrok qilinganlarga muvofiq kelmasligidan iborat bo‘ladi. Bunda biz voqelikda mavjud bo‘lganlarni emas, boshqa narsalarni eslaymiz, chunki unutish jarayonida u yoki bu darajada idrok qilingan materialning chuqur qayta tuzilganligi, sifatining qayta ishlanganligi sodir bo‘lishi mumkin. Qayta ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt bo‘yicha noto‘g‘ri eslashni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ma’lumdir. Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib etmagan bo‘lsa, unutish tezroq ro‘y beradi. SHuningdek, material odamga qiziqarli bo‘lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi.
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar darajasiga bog‘liq: material hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yoki uni idrok qilish qiyinchilik tug‘dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi. Unutish jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi faoliyatningsalbiy ta’siri – proaktiv tormozlanish, va keyingi faoliyatning salbiy ta’siri – retroaktiv tormozlanishdir. Agar faoliyat tanaffuslarsiz amalga oshirilsa yoki keyingi faoliyat avvalgi faoliyat bilan o‘xshash bo‘lsa, shuningdek, keyingi faoliyat avvalgisidan qiyinroq kechsa, retroaktiv tormozlanish aniqroq kuzatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qonuniyatni maktabdagi o‘quv ishlarini tashkil etishda hisobga olish zarur.
Unutish jarayonini tezlashtiruvchi boshqa muhim omil yosh ko‘rsatkichidir. Yosh o‘tishi bilan xotira ko‘pchilik vazifalarining izdan chiqishi kuzatiladi. Xuddi shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq kechadi, unutish tezligi oshadi.
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida, kuchli psixik va mexanik shikastlanishlarda, aqliy va jismoniy toliqishda, tashqi seskantiruvchilar ta’sirida tezroq sodir bo‘ladi. Xotira buzilishlariga: amneziya (xotiraning yo‘qolishi), retrograd amneziya (kasallikdan avvalgi voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi) va anterograd amneziya (kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi). O‘ta toliqishda paramneziya – xotira aldanishi hodisasi ro‘y beradi. So‘zlarni eslashda xatolikka yo‘l qo‘yish kontaminatsiya («ahamiyatga ega») deyiladi.
Endi xotira tasnifiga nisbatan yondoshuvlar masalasini ko‘rib chiqishga o‘tamiz. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda olib qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy mezonlarga muvofiq ravishda ajratiladi:
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko‘ra, harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqiy xotiralarga bo‘linadi;
- faoliyat maqsadiga ko‘ra – ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo‘linadi;
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko‘ra – qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo‘linadi.
Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko‘ra tasniflanishini birinchi marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu faoliyatlarning har biri harakatlar va ularning mahsuloti bo‘lgan faoliyat, sezgi, obraz, fikrlarda ifodalanadi.
Blonskiy xotiraning ayrim turlari o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar mavjud boladi. Shu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o`sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida indiviualtajriba orttirishga bog`liqdir.
Esda olib qolingan narsani keyinchalik faoliyat daqollanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokig abog`liq boladi.chunki har bir muayyan paytda kishining xulq – atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. Xotira psixologiyaning eng ko`porganilgan bolimlaridan biribolib hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada organilishi uni fanning tag`in ham muhimroq muammosiga aylantirib qoydi.

Download 100,15 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 100,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematika-informatika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi amaliy matematika yo

Download 100,15 Kb.