|
Xotira quyidagi asosiy jarayonlardan iborat
|
bet | 2/6 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 100,15 Kb. | | #260592 |
Bog'liq Abduganiyeva wordXotira quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:
- esda olib qolish
- esda saqlash
- unutish.
Esda saqlash – bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy).
Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, o‘rmondagi sayr yoki spektakl tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko‘zlamagan bo‘lsakda, taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘liq bo‘lgan, barchasining esda saqlanib osonroq kechadi. Shuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy esda saqlash maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘yib, yod olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy esda saqlash yod olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos murakkab aqliy faoliyatdir. Matarialni esda olib qolish usulariga yod olish kiradi, uning mohiyati o‘quv materialini to‘liq va xatosiz yod olmagunicha ko‘p marta takrorlashdan iborat. Masalan, she’r, qoida, ta’rif, qonunlar, formulalar, tarixiy sanalar va boshqalarni yod olish.
Ixtiyoriy esda olib qolishning asosiy xususiyati – bu esda olib qolish ko‘rinishidagi yuklatilgan vazifada iroda kuchlarini namoyon qilish. Hayotdagi ko‘pchilik idrok qilinuvchilar esda olib qolish vazifasi yuklatilmagan bo‘lsa, esimizda saqlanib qolmaydi.
Yod olishda umumiy vazifa bilan birgalikda, xususiy, maxsus vazifalarning yuklatilishi ham katta ahamiyatga ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. Ba’zi vaziyatlarda, masalan, idrok qilinayotgan ma’lumotning faqat asosiy mohiyati, faqat asosiy fikr va ahamiyatga molik bo‘lgan dalillarni esda olib qolish, boshqalarida esa – so‘zma-so‘z esda olib qolish, uchinchilarida – dalillar izchilligi va h.k.larni aniq esda olib qolish vazifasi yuklatiladi.
S.L.Rubinshteynning fikriga ko‘ra, esda olib qolish amalga oshirilayotgan faoliyatning borishi xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, uning fikricha, ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning yuqori samaradorligi haqida bir ma’noli xulosa chiqarish mumkin emas. P.I. Zinchenko, A.A. Smirnovlarning olib borgan tadqiqotlari ma’lum sharoitlarda ixtiyorsiz esda olib qolishning ixtiyoriy esda olib qolishdan samaraliroq bo‘lishini isbotladi.
Tizimli bilimlarning katta qismi, maqsadi ma’lum materialni xotirada saqlab qolish uchun esda olib qolish bo‘lgan maxsus faoliyat natijasida orttirilganligini hisobga olish zarur. Materialni esda olib qolish va eslashga qaratilgan bunday faoliyat mnemik faoliyat deb ataladi.
Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko‘ra:
anglangan
mexanik esda olib qolish ajratiladi.
Mexanik esda olib qolish – bu idrok qilinayotgan materialning turli qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqani anglamasdan turib esda olib qolish. Bunga misol tariqasida statistik ma’lumotlar, tarixiy sanalar va h.k.larni esda olib qolishni keltirish mumkin. Mexanik esda olib qolishining asosini bog‘langanlik bo‘yicha assotsiatsiyalar tashkil etadi. Materialning bir qismi ikkinchisi bilan vaqt bo‘yicha uning orqasidan kelganligi sababli unga bog‘lanadi. Bunday bog‘lanishning yuzaga kelishi uchun materialni ko‘p marta takrorlash lozim.
Anglangan holda esda olib qolish materialning alohida qismlari o‘rtasidagi ichki mantiqiy aloqalarni tushunishga asoslangan. Anglangan holda esda olib qolish doimo tafakkur jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosan, material qismlari o‘rtasidagi ikkinchi daraklovchi tizim darajasidagi umulashtirilgan aloqalarga tayanadi.
Anglangan holda esda olib qolish mexanik esda olib qolishdan ko‘ra samaraliroq ekanligi isbotlangan.
Xuddi shunday, mexanik esda olib qolishda xotirada 1 soatdan so‘ng materialning faqat 40%, yana bir necha soatdan keyin esa – atigi 20%, angalangan holda esda olib qolishda esa 30 kundan keyin ham materialning 40% saqlanib qoladi.
Materialni anglash bir necha xil usullar yordamida erishiladi. Birinchidan, o‘rganilayotgan materialning asosiy fikrlarini ajratish va ularni reja ko‘rinishida guruhlash zarur. Ikkinchidan, ma’nodosh tayanch so‘zlarni ajratish. Ushbu usulning mohiyati mazmunga ega bo‘lgan har bir qismni esda olib qolish zarur bo‘lgan materialning bosh g‘oyasini aks ettiruvchi qaysidir so‘z yoki tushuncha bilan bog‘lashimizdan iborat. Uchinchidan, taqqoslash, ya’ni, jismlar, hodisa va voqealar o‘rtasida o‘xshashlik va farqlarni aniqlash. Ushbu usulning ko‘rinishlaridan biri o‘rganilayotgan materialni avval orttirilgan ma’lumotlar bilan solishtirish. Va, nihoyat, anglangan tarzda esda olib qolish va uning esda saqlanishining yuqori ko‘rsatkichiga erishish metodi takrorlash metodi hisoblanadi.
Takrorlashni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash juda muhimdir. Psixologiyada takrorlashning konsentratsiyalash va taqsimlash usullari mavjud. Birinchi usulda materiallar tanaffuslarsiz ketma-ket takrorlanadi. Masalan, she’rni yodlash uchun 12 marta takrorlash talab etilsa, o‘quvchi uni yod olmagunicha ketma-ket 12 marta o‘qiydi. Taqsimlangan takrorlashda har bir takrorlash keyingisidan vaqt oralig‘i bilan ajratilgan bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, taqsimlangan takrorlash konsetratsiyalangan takrorlashdan samaraliroqdir.
Samarali esda olib qolishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz shartlari va qonuniyatlari aniqlangan.
Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari:
kuchli ahamiyatli tabiiy seskantiruvchilar;
yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar (harakt jarayonini to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi);
ushbu odam uchun ahamiyatga ega bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan jismlar);
alohida emotsional tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar; ushbu inson ehtiyojlariga kuchliroq bog‘langanlari;
faol harakat ob’ekti bo‘lib hisoblanganlari
Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlariga materialning ahamiyatliligi va mohiyatini anglash;
uning tuzilishi, tarkibiy qism va elementlari o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash;
o‘z-matnli materialda reja, ayanch so‘zlarni belgilash, materialni chizma, jadval ko‘rinishida taqdim etish;
materialning mazmundorligi va hammabopligi, uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan solishtirilishi;
materialning hissiyotli-estetik boyitilganligi;
Ushbu materialning ma’lum sharoitlarda eslashning zarurligiga moyillik;
ushbu materialning amaliyotda qo‘llash imkoniyati; materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish, masalalarni hal etish vositasi, faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishi.
Xotiraning ma’lum samaralari aniqlangan. Agar tekshiriluvchiga 10ta bo‘g‘inli qator berilsa, birinchi va oxirgi bo‘g‘inlar oson esda qoladi, o‘rtadagilari esa unchalik esda qolmaydi, – bu «chegara samarasi». B.V. Zeygarnik samarasi – tekshiriluvchilarga vazifalarni bajarish taklif etilib, ularga bir xillarini oxirigacha echishga imkon berilsa, boshqalari yakuniga etkazilmasa, oqibatda tekshiruvdagilar tugallanmagan vazifalarni to‘liq echilgan vazifalarga qaraganda 2 marta ko‘proq eslay oladilar.
|
| |