|
Matematika-informatika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi amaliy matematika yo
|
bet | 5/6 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 100,15 Kb. | | #260592 |
Bog'liq Abduganiyeva wordNeyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog’liqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqida» gi ta’limotining eng muhim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko’ra xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog’lanishlar qanchalik mustahkam bo’lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo’ladi. Ana shu muvaqqat bog’lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so’nib, yo’q bo’lib ketishi esa unutishga sabab bo’ladi.
Bioximik nazariya. Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o`rganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadqiqotlar darajasiga tobora yaqinlashib va qo`shilib ketmoqda. Bu usul ushbu fanlarning o`zaro tutashgan joyida olib borilayotgan ko`plab tadqiqotlarda o`z tasdig`ini topdi.Bioximik nazariyaning mohiyati quyidagidan iborat. Birinchi bosqichda (qo’zgovchining bevosita ta’siridan so`ng) miya hujayralarida asl holiga qaytuvchi fiziologik o`zgarishlarni keltirib chiqaradigan qiska muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oqsil moddalarning hosil bo`lishi bilan bog`lik bo`lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni qiska muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi deb hisoblaydilar. Hujayralarda qaytarilmaydigan o`zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi hisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashqi qo’zg`ovchilar ta’siri ostida nerv hujayralarida ro`y beradigan o`ziga xos kimyoviy o`zgarishlarning izlarini mustahkamlash, esda saqlab qolish va yana qayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.
Xotira turlari
Xotira inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning nomoyon bo`lish shakllari ham nihoyat darajada har xildir. Xotiraning har xil turlari uch xil mezon asosida turlarga bulinadi (birlashtiriladi).
1. Ko`proq faoliyatda ko`rinadigan psixik aktivlik xarakteriga ko`ra xotiraning harakat, emosional (hissiy), obrazli va so`z-mantikiy turlari farqlanadi.
2. Faoliyat maqsadi xarakteriga ko`ra xotira ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bulinadi.
3. Materialni qancha esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab qisqa muddatli, uzoq muddatli, operativ xotira turlariga bo`linadi.
Harakat, emosional (hissiy), obrazli va so`z-mantiqiy turlari. Inson faoliyat ining har xil turlarida psixik faollikning turlicha ko`rinishlari ustun turishi mumkin. Shunga ko`ra xotiraning ham ma`lum bir turi xizmat qiladi. Bo`lar harakat, emosional (hissiy), obrazli va so`z-mantiqiy xotiralardir.
Harakat xotirasi - turli xil harakatlarni va ularning tizimlarini esga olish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat. Ba`zi kishilarda xotiraning bu turi boshqalaridan ustun turadi. Ko`pchilik bu xotira turining mavjudligini payqamaydi. Holbuki xotiraning bu turi har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar harakat xotirasi bo`lmaganda edi, biron harakatni amalga oshirish uchun biz shu harakatning o`zini har gal "boshdan boshlab" o`rganar edik. Shu jumladan yurish ham harakat xotirasi mahsulidir.
Emosional (hissiy) xotira - tuyg`u hissiyotga xos xotiradir. Emosional (hissiy) xotira biz boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlab qolgan hissiyotlar yo harakatga undovchi yoki o`tmishda salbiy kechinmalarga ega bo`lgan harakatlardan saqlab qoluvchi signal sifatida nomoyon bo`ladi. O`zga kishiga hamdard bo`lish qobiliyati, kitob qahramoni bilan birga qayg`urish hissiy xotiraga asoslanadi.
Obrazli xotira - tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, hidlar, ta`mlar bilan bog`liq xotiradir. Xotiraning bu turi ko`rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta`m xotiralaridan iborat bo`ladi. Xotiraning bu turlari turli odamlarda turlicha rivojlangan bo`lib, ko`pchilikda ko`rish va eshitish etakchi rol o`ynaydi. Ammo ba`zi kasblarda va ba`zi ko`rish va eshitish qobiliyatini yo`qotgan kishilarda yaxshi rivojlangan bo`ladi.
|
| |