Matematika-informatika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi amaliy matematika yo




Download 100,15 Kb.
bet6/6
Sana05.06.2024
Hajmi100,15 Kb.
#260592
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduganiyeva word

So’z – mantiq xotira bizning o’y – fikrlarimiz mazmunini tashkil etadi. Fikrlar esa nutqsiz mavjud bo’la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so’z – mantiq xotira deb ataladi
Ba`zan eydetik deb atalgan ("eydos" - yunoncha so`z bo`lib obraz degan ma`noni anglatadi) xotira turiga ega odamlar ham uchrab turadi. Ularda ko`rgan predmetlar, sharoitlar butunligicha, xuddi rasmga tushirib olingandek butun, barcha tafsilotlari bilan eslab qolinadi. Ular shu vaziyatni xuddi hozir idrok qilayotgandek "ko`ra oladilar".
So`z-mantiqiy xotiraning mazmunini bizning fikrlarimiz tashkil qiladi. So`zlar bo`lmasa fikrlar ham bo`la olmaydi. Shuning uchun ham fikrlarimizga xos xotira shunchaki mantiqiy xotira deb emas, balki so`z-mantiq xotirasi deb ataladi. So`z-mantiq xotirada ikkinchi signallar tizimi asosiy rol o`ynaydi. Bu xotira turi insongagina xos xotira turidir. Xotiraning bu turi ijtimoiy tajribani o`rganishda, uni keyingi avlodga uzatishda - bilimlarni o`zlashtirishda, tarbiya jarayonida hal qiluvchi o`ringa ega.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira. Operativ xotira. Ma`lum bir materialni esda olib qolish uchun va uni xotirada mustahkamlash uchun u sub`ekt tomonidan tegishli ravishda ishlab chiqilishi lozim. Bunday ishlab chiqish ma`lum miqdorda vaqt talab qiladi. Bu vaqt izlarni konsolidatsiyalash (lotincha consolidatio so`zidan olingan bo`lib, mustahkamlash degan ma`noni anglatadi) vaqti deb ataladi. Biz ma`lum daqiqa davomida hozir bevosita idrok qilmayotgan narsalarni go`yo ko`rishda, eshitishda davom etamiz (xuddi ko`z o`ngimizda turganday yoki qulog`imizda eshitilayotganday bo`laveradi). Bu jarayonlar beqaror va o`zgaruvchan bo`lib, qisqa muddatli xotira deb nom olgan. Juda ko`p takrorlashlar, qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlab qolish xarakterli bo`lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig`ida idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so`ng juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
Qisqa muddatli xotira atamasi o`rnida adabiyotlarda, ko`pincha, uning turli sinonimlari - "bir lahzalik", "dastlabki", "zudlik", "qisqa vaqtli" va shu kabi atamalar qo`llaniladi.
Operativ xotira tushunchasi inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan aktual harakatlar, operatsiyalar uchun xizmat qiluvchi mnemik jarayonlarni bildiradi. Masalan, arifmetik amalni bajarayotganda biz oraliq natijalarni "yodimizda" saqlab turamiz. Ishlatilgan, ishlangan materiallar esa esdan chiqarib yuborilaveradi. Ish tugatilgach ko`pincha barcha informatsiyalar esdan chiqarib yuboriladi. Shu sababli xotiraning bu turini "ishchi" xotira ham deb yuritiladi.
XULOSA
Kundalik tajribamiz ko'rsatadiki, esda qolgan narsalarning ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unitish ham xotiraga oid hodisadir.
Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.
Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasavvur deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo'lib, mazmunan obrazli xotiraga talluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so'z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalarning nomlari, o'qilgan matnlar, so'zlar, gaplar, boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish tizimlari emas, balki nutqda ifodalangan ma'no, o'z va boshqalarning fikrlari esda qoladi, saqlanadi va esga tushadi. So'zlarning ma'no jihatdan mantiqiy suratda bir-biriga bog'lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so'z- logik xotirasi bo'lib, obrazli xotiraga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyatdir. Biz ko'ngildan kechirgan tuyg'ular, har xil muskul va ish harakatlari ham xotira mazmunini tashkil qiladilar.
Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Farobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.
Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (qarang Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira koʻlami, axborotlarning uzoq vaqt va mustahkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq muddatli xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli xotirada axborotlar bir necha daqiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (masalan, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Qisqa muddatli xotira asta sekin uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼl-atvori va shu kabilar bilan uzviy bogʻliq.
Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional xotira (his-tuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz-mantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan holda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz-mantiq xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz-oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan samaraliroq.
Fanda xotira bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. „Normal“ unutishni psixik kasalliklardagi xotira buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda xotira susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga boʻlmagan voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya), Bunday soxta xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari, ogʻir zaharlanishlar oqibati (mas, alkogolizmda uchraydigan psixoz) va shu kabilar kiradi. Xotira buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga eʼtiborni qaratish kerak.
Download 100,15 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 100,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematika-informatika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi amaliy matematika yo

Download 100,15 Kb.