5
1. Bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo`lgan yashirin imkoniyatlarni
aniqlash va rivojlantirish;
2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda ta`limning dastlabki davridan boshlab
yangi imkoniyatlarni shakllantirish; qaysiki, bunday yangi imkoniyatlar o`quv
materialini muvafaqiyatli o`zlashtirishgagina emas, balki hayotiy muammolarni hal
etishga ham tayyorlaydi.
Boshlang`ich ta`limni tashkil etish prinsplari
Boshlang`ich ta`lim O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi
Qonunida va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan qoida, talab va
prinsplar asosida amalga oshiriladi.
Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida boshlang`ich ta`limning
mazmuni va asosiy vositalari quyidagi prinsiplarga asoslangan holda tanlanishi
maqsadga muvofiqdir:
1. jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga;
2. ijtimoiy buyurtmaga;
3. o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlarining istiqbolliligiga;
4. ijtimoiy so`rovlarning ilmiy jihatdan ta`minlanganligiga;
5. ta`limning hammabopliligiga;
6. ta`limning umumiyliligiga;
7. boshlang`ich ta`limning ochiqligiga;
8. boshlang`ich ta`limning ilmiyligiga;
9. boshlang`ich ta`limning dunyoviyligiga;
10.boshlang`ich ta`limning reprezentativligiga;
11.boshlang`ich ta`limning optimalligiga;
12.boshlang`ich ta`limning milliyligiga;
13.boshlang`ich ta`limning insonparvarligiga va umuminsoniyligiga;
14.boshlang`ich ta`limning innovatsionligiga;
15.boshlang`ich ta`lim sikllari va o`quv predmetlari orasidagi aloqalarning
o`zaro ta`minlanganligiga tayangan holda tashkil etiladi.