• Boshlangich sinf oqituvchisining metodik matematik tayyorgarligi
  • Boshlang`ich ta`limning mazmuni




    Download 404,33 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/12
    Sana26.05.2024
    Hajmi404,33 Kb.
    #254141
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    4- sinflar uchun matematikadan masalalar toplami

    Boshlang`ich ta`limning mazmuni 
    Zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun istiqbolli, ustuvor yo`nalishlardan 
    biri, bu shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida 
    rivojlantirishdan iboratdir, yani, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga 
    yo`naltirilgan ta`lim jarayonidir. 
    Bugungi kunda o`zida ta`lim tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan 
    boshlang`ich ta`lim jarayonini tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir. Kichik 
    maktab yoshidagi bolalarni o`qitish va ularda milliy hamda umuminsoniy tarbiya 
    elementlarini singdirish yo`li amaliy jihatdan tadbiq qilinishi lozim. Bu o`rinda, 
    milliy axloq tarbiyasi, ma`naviy-ruhiy hamda milliy nafosat va jismoniy tarbiya 



    boshlang`ich ta`lim bosqichida ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim. Bunda o`quv 
    materiali shaklida berilgan ta`limiy matnlarda o`quvchilarda turli shakllarda 
    axloqiy-ma`naviy tarbiya va milliy nafosat me`yorlarini, diniy hamda 
    umuminsoniy qadriyatlarni singdirish nazarda tutiladi. 
    Boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik matematik tayyorgarligi 
    Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq 
    ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar „Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda hamda 
    „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko'rsatib o'tilganidek, har bir boshlang'ich 
    sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifalar qo'ymoqda. 
    Boshlang'ich 
    sinf 
    o'qituvchisining 
    metodik-matematik 
    tayyorgarligi 
    deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish metodikasi 
    bo'yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy 
    bog'lanishda tayyorlanishini tushunamiz. 
    Metodik-matematik 
    tayyorgarlik 
    boshlang'ich 
    sinflar 
    o'qituvchisini 
    tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, unga ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatdan ajralgan 
    holda qarash mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang'ich sinflarda matematika 
    o'qitish birinchi bosqichdir, ya'ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini 
    o'zlashtirishga 
    tayyorlash 
    bosqichidir 
    yoki 
    matematikadan 
    tayyorligidir. 
    Matematikadan boshlang'ich ta'limning bu ikki jihati (boshlang'ich ta'limning 
    tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) o'qitish metodikasida o'zining munosib 
    aksini topishi lozim. 

    Download 404,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 404,33 Kb.
    Pdf ko'rish