10
Javob:_elektr_poyezd_yuk_poyezdiga_5_soatdan_so’ng_yetib_oladi._3-MASALA'>Javob:
elektr poyezd yuk poyezdiga 5 soatdan so’ng yetib oladi.
3-MASALA
Bir kishi bozorga bir savat olma olib keldi. U 1-xaridorga
jami olmalarining
yarmini va yana 1 dona olma, 2-xaridorga qolgan olmalarining yarmini va yana 1
dona olma sotdi. Shundan so’ng uning savatida 14 dona olma qoldi. Kishi bozorga
jami nechta olma olib kelgan?
Yechish:
1-usul. 1). (14+1)·2=30(ta) 1-xaridor olgandan keyin savatdagi olmalar
2). (30+1)·2=62(ta) jami olmalar
2-usul. (x:2-1):2-1=14
(x:2-1):2=14+1
(x:2-1):2=15
x:2-1=15·2
x:2-1=30
x:2=30+1
x:2=31
x=31·2
x=62
Javob:
Kishi bozorga 62 ta olma olib kelgan.
4-MASALA
Alisherning uyida qo’ylar va tovuqlar boqiladi. Alisher sanab ko’rganda ularning
boshlari 42 ta, oyoqlari esa 144 ta chiqdi. Ularning uyida nechta qo’y
va nechta
tovuq bor?
Yechish:
1-usul. 1). 42·4=168(ta)
2). 168-144=24(ta) tovuqlarning oyoqlari
3). 24:2=12(ta) tovuqlar
4). 42-12=30(ta) qo’ylar
2-usul. Alisherning uyidagi qo’ylar sonini x ta deb olamiz. Jami qo’y va
tovuqlar sonidan qo’ylar
sonini ayirsak,
tovuqlar soni kelib chiqadi, ya’ni
tovuqlar sonini 42-x ta deb olamiz. Qo’ylarda 4 ta, tovuqlarda esa 2
ta oyoq
bo’lishini inobatga olib, tenglama tuzamiz.
x·4+(42-x)·2=144
4x+84-2x=144
4x-2x=144-84
2x=60
x=60:2