|
Matematikadan masalalarBog'liq 4- sinflar uchun matematikadan masalalar toplamiR. Dekart
SO'Z BOSHI
Ilg`or pedagogik texnologiya yutuqlari asosida, „Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi" hamda „Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablarini bajarish maqsadida
o'quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumiy
ta'lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun
bugungi kunda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talab va vazifalarini amalga
oshirishda, Davlat ta'lim standartlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishida
belgilangan asosiy vazifalardan biri darslik o`quv qo`llanmalar yaratishdan
iboratdir.
Zamonaviy boshlang`ich talim jarayonida bolalarni rivojlantiruvchi
xarakterga ega bo`lgan talim tizimi tadbiq qilinadi. Unda kichik maktab yoshidagi
bolalar o`z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy taraqqiyot darajalari
o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar. Qaysiki, bu
faoliyat o`quvchilar uchun yetakchi faoliyat bo`lib hisoblanadi. Kichik maktab
yoshidagi bolalarda o`qish hamda o`rganishga qaratilgan faoliyatning
shakllanishida, har bir o`quv predmeti bo`yicha nazariy bilimlarni egallash
jarayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur
o`z xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o`zlashtirish natijasida
vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini,
dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi.
Mazkur
uslubiy
tavsiya
ixtisoslashtirilgan
umumta`lim
maktablar
boshlang`ich sinflarida matematika fanini o`qitishni samarali tashkil etishga
mo`ljallangan. Ushbu uslubiy tavsiya boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kichik
yoshdagi maktab o'quvchilariga matematikani o'qitishda amaliyotda yuzaga
keladigan turlicha ijtimoiy-iqtisodiy, bozor iqtisodiyotiga oid o'quvchilarni ijodiy
(interfaol) faollikka yetaklaydigan metodik vazifalarini mustaqil hal etish uchun
tayyorgarlik saviyalarini oshirishga yordam beradi.
Uslubiy tavsiyada turli mantiqiy, geometrik hamda arifmetik masalalar va
ularni yechish to`g`risida metodik ko'rsatmalar hamda eng muhim nazariy
manbalar keltirilgan.
Uslubiy tavsiya orqali mashg'ulotlarga tayyorlanishda I—IV sinflar uchun
matematika
darsliklari,
didaktik
materiallar
to'plamlaridan
qo'shimcha
foydalanishlari ko'zda tutilgan va dastlab ba`zi bir murakkab masalalarning
berilishi va uni yechish metodikasi to`g`risida namunalar tavsiya etilgan.
|
| |