|
Boshlang`ich ta`limning asosiy yo`nalishlariBog'liq 4- sinflar uchun matematikadan masalalar toplamiBoshlang`ich ta`limning asosiy yo`nalishlari
Boshlang`ich ta`lim jarayoni mustaqil davlatning ta`lim tarbiya tizimida
umumiy o`rta ta`limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo`ladi. Ma`lumki,
amaldagi boshlang`ich ta`lim predmetli o`qitishga asoslangan bo`lib, uning asosiy
maqsadi bolalarda elementar tarzdagi o`qish, yozish, hisoblash ko`nikmalarini
hosil qilishdan hamda ob`yektiv olam haqidagi tasavvurlarni oshirishdan iborat
edi.
Ko`rinib turibdiki, amaldagi boshlang`ich ta`lim jarayoni o`z xarakteriga
ko`ra yopiq, unitar (yakka) xarakterdagi ta`limdan tashkil topgan edi. Bolalarga
milliy axloq va nafosat me`yorlarini singdirish vazifasi bu tizimdan tashqarida
qolgan edi. Uzoq yillar davomida boshlang`ich ta`lim goh to`liqsiz o`rta
ta`limning, gohida esa o`rta ta`limning tarkibiy qismi bo`lib keldi.
Mamlakatimizda Milliy kadrlar tayyorlash tizimiga asos solinishi natijasida
boshlang`ich ta`lim umumiy o`rta ta`limning tarkibiy qismi sifatida e`tirof etildi.
Endi boshlang`ich ta`limning mazmuni ham, bu bosqichda o`qitiladigan o`quv
predmetlari ham, yopiq tizim sifatida davlat va jamiyat boshlang`ich ta`lim oldiga
qo`yayotgan ijtimoiy buyurtmani bajara olmaydi. Bu sharoitda boshlang`ich
ta`limning mazmuni ham, bu bosqichda o`qitiladigan o`quv predmetlarining
mazmuni ham konseptual asoslarga tayangan holda yangilanishi kerak. Yangicha
ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojlanayotgan hozirgi davrda Milliy kadrlar
tayyorlash tizimining poydevori bo`lgan boshlang`ich ta`lim quyidagi vazifalarni
bajarishi lozim:
1. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda o`qish, o`rganish istagi va
ko`nikmalarini shakllantirish;
2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish
jarayoniga, bilish faoliyatiga intilishni kuchaytirish;
Bilish faoliyatiga bo`lgan ongli intilish shakllangandagina ta`lim
muvoffaqiyatli bo`ladi. Agar boshlang`ich ta`lim jarayoni o`quvchida bilishga
bo`lgan ishtiyoqni shakllantira olmas ekan, yuqori sinflarga borgan sari uning
bilishga bo`lgan intilishi susayadi. Bu esa, o`z navbatida, boshlang`ich sinf
bitiruvchilarining ko`nikma va malakalariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.
|
| |