|
Matemetika fanini o’qitish metodikasi bo’yicha test savollari
|
bet | 1/3 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 103,17 Kb. | | #133039 |
Bog'liq Matemetika fanini o’qitish metodikasi bo’yicha test savollari
Matemetika fanini o’qitish metodikasi bo’yicha test savollari
Matematika faniga oid kompetensiyalar berilgan qatorni toping
*Matematika mazmuniga oid umumiy kompetentsiya, kognetiv kompetensiya
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiya
Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi, o’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi:
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiya, axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
«Matematik kompetentsiya» tushunchasi-bu
*Vaziyatni strukturalash, matematik bog’lanishlarni aniqlash, jarayonlarni matematik modellarini tuzish, ularni tahlil qilish va ko’rinishlarini o’zgartirish, olingan natijalar bo’yicha tegishli asoslangan va maqbul hulosalar chiqarish orqali ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyor bo’lish.
Matematika darslarida zamonaviy metodik vositalardan foydalanish
Matematikani tabiiy fanlar bilan uyg’unlashgan holda ixtisoslashgan kengaytirilgan fan yo’nalishi bo’yicha o’qitish
Murakkab bo’lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlaridan foydalana olish
Masalaga an’anaviy yondashish usuli:
*Tayyor masala shartlarini tahlil qilish - Masala yechilishining usulini aniqlash -Yechish jarayoni -Olingan natijani etalon javob bilan formal solishtirish
Muammoli vaziyatni tahlil qilish - Muammo qo’yilishi - Yetmaydigan ma’lumotlarni izlash va gipotezalarni (ilmiy tahminlarni) shakllantirish
Gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo’lish - Muammoni masalaga aylantirish - Masala yechilishining usulini izlash
Yechish jarayoni - Olingan natijani tekshirish - Yechimning to’g’riligini asoslash.
STEAM –bu
*Ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.
Muammolarni keng qamrovli tushunish, Tanqidiy fikrlash
Ilmiy metodlarni tushunish va qo’llash, Muhandislik yondashuv
Ijodiy fikrlash, Dizayn asoslarini tushunish
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo’lib qachon, kim tomonidan qo’llanilgan
*G.Pestalotsi- 1803
N. Bikbayeva-1987
I. Nyuton-1827
M. Jumayev-1990
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didaktik tamoyillari qaysilar?
*Onglilik, Ko’rsatmalilik, Ilmiylik, Ketma-ketlik, Puxta o’zlashtirish, Boshlang’ich sinfda algoritm va algoritmlarni o’rgatish
Induksiya, deduksiya, analogiya
Oddiydan murakkabga
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish
Tayyorlov guruhlarda matematikani o’rgatish hajmi qancha?
*Bir haftada ikkita, bir yilda 72-74 mashg’ulot
Bir haftada 1 marta, bir yilda 34-36 mashg’ulot
Bir haftada uchta, bir yilda 100 mashg’ulot
Bir haftada to’rtta, bir yilda 120 mashg’ulot
Matematikadan dars turlari nechta?
7ta
*4 ta
10ta
2 ta
O’quvchilarni fikrining yo’nalishi bo’yicha metod turlari
*Induksiya, deduksiya va analogiya
Analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish
Og’zaki, ko’rsatmali, amaliy
Produktiv, reproduktiv
Xususiydan xususiyga boradigan, bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xulosa-bu
*Analogiya
Deduksiya
Induksiya
Analiz
Butunni uning tashkil etuvchi qismlariga ajratishga yo’naltirilgan fikrlash (tafakkur) usuli- bu
*Analiz
Sintez
Induksiya
Deduksiya
Predmetlar yoki hodisalar orasida bog’lanishlarni o’rnatishga yo’naltirilgan tafakkur usuli-bu
*Sintez
Analiz
Deduksiya
Induksiya
4-sinf A1+ matematika darslarining hajmi
Haftasiga 6 soat, 1 yilda 204 soat
*Haftasiga 7 soat, 1 yilda 238 soat
Haftasiga 8 soat, 1 yilda 272 soat
Haftasiga 5 soat, 1 yilda 170 soat
4-sinflarda o’quv yili davomida nechta nazorat ishi olib boriladi?
*8 ta
16 ta
12 ta
4 ta
2-sinf matematika darsligi necha bo’limdan iborat?
*6-bo’lim
5-bo’lim
4-bo’lim
8-bo’lim
Qoldiqli bo‘lish qanday tekshiriladi?
A. Bo‘linma bo‘luvchiga ko‘paytirilib, qoldiq ayriladi.
B. Bo‘linma va bo‘luvchi ayirmasiga qoldiq qo‘shiladi.
*C. Bo‘linma bo‘luvchiga ko‘paytirilib, qoldiq qo‘shiladi.
D. Bo‘linma bilan qoldiq ko‘paytiriladi.
Qanday paytda bo‘linma bo`linuvchiga teng bo‘ladi?
*A. Agar son birga bo‘linsa
B. Agar bo‘luvchi va bo‘linma teng bo‘lsa
C. Agar bo‘linuvchi nolga teng bo‘lisa
D. Agar son 5 ga bo‘linsa
1 kilometrda necha millimetr bor?
*A. 1 km- 1000 000mm
B. 1 km -100 000mm
C. 1 km -10 000 mm
D. 1 km -10 000 000 mm
Tartibni bildirgan sonlarni aniqlang?
A. Bir, ikki
*B. O'n uchinchi, to'rtinchi
C. To'qqiz ming olti yuz
D. Ellik besh
|
| |