• Tashkiliy qo‘mita a’zolari
  • “Elektr energetikasi ta’minoti tizimi uzluksizligini ta’minlash dolzarb muammolarining samarador еchimlari”
  • Materiallari




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/115
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,65 Mb.
    #230787
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
    Bog'liq
    Materiallari

    Anjuman tashkilotchilari: 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
    Farg‘ona politexnika instituti 
    Tashkiliy qo‘mita: 
    t.f.d., prof. Salomov O‘.R.–rais, FarPI rektori 
    t.f.d., dos. Xamrakulov Z.A. –rais o‘rinbosari, FarPI II va IB prorektori
    Tashkiliy qo‘mita a’zolari: 
    t.f.d., akad. Allaev Q.R.–TDTU
    t.f.d., prof. Ergashev S.F.–FarPI 
    t.f.d., prof. Kasыmaxunova A.M.–FarPI
    PhD., dos. Raxmonov I.– TDTU
    PhD., dos. Xoliddinov I.X.– FarPI
    Solijonov A.T.–“Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi 
    Komilov Sh.Sh. – Farg‘ona MET bosh muhandisi 
    Imommov A.I. – Farg‘ona MDX boshlig‘i
    Karimov Sh.K.–O‘zbekenergo” AJ, Farg‘ona filialining “Rele himoyasi va avtomatika” 
    markaziy xizmati еtakchi mutaxxasisi. 
    © FarPI–Farg‘ona politexnika instituti, 2021 



    So‘z boshi 
     
    O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada chiqarayotgan Qarorlar, 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ta’lim, 
    fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi dolzarb muammolarni еchish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida 
    topshiriqlari institutimizda innovatsion hamkorlik–larni rivojlantirishga, elektr energiyasi 
    uzluksizligini ta’minlash, mustahkamlikni oshirish kabi innovatsion еchimlarini topishga to‘rtki 
    bo‘lmoqda. 
    Institutimizda o‘tkazilayotgan 
    “Elektr energetikasi ta’minoti tizimi uzluksizligini 
    ta’minlash dolzarb muammolarining samarador еchimlari” 
    Respublika ilmiy va ilmiy–texnik 
    anjumani materiallaridan ko‘rinib turibdiki, islohatlarni chuqurlashtirish sharoitida axborot va 
    telekommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, transport va mashinasozlik va energiya resurs tejamkor 
    texnologiyalar, energetika va noan’anaviy hamda muqobil texnologiyalar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, 
    innovatsiya jarayoni va investitsion muhitni takomillashtirish kabi sohalardagi yuzaga kelgan 
    muammolarni hal etish yo‘lida olimlarimiz yuqori darajadagi tadqiqotlarni jadal sur’atlarda olib 
    borilmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini hal qilish yo‘llari, elektr 
    energiyasini uzluksiz sifatli ta’minoti oshirish va boshqa davlat ahamiyatiga molik muammolarni hal 
    etish imkoniyatlarini beradi. 
    Hozirgi kunda, institutimizda ishlab chiqarish korxonalari va muassasalarning mavjud 
    muammolari еchimi bo‘yicha tadqiqot natijalarini tatbiq etish tizimi mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lib 
    barcha kafedralar, viloyatdagi korxonalar bilan korporativ hamkorliklar yo‘lga qo‘yishgan. Bu 
    hamkorliklarning natijalari turli mintaqaviy seminar va ilmiy tadqiqot faoliyatlari natijalarining 
    ko‘rgazmalariga va yarmarkalarda ishtirok etishga imkon bermoqda.
    Farg‘ona politexnika institutida ilmiy–tadqiqot ishlarining Istiqbolli rejasi asosida 8 ta 
    yo‘nalishda 80 dan ortiq mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 
    Institut olimlarining ilmiy tadqiqot ishlari yo‘nalishlari “Fan–ta’lim–ishlab chiqarish” 
    integratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish va mustahkamlash, “Fundamental–amaliy–innovatsion 
    loyiha” uzluksiz zanjiri asosidagi tizimni to‘la shakllantirish, ilmiy–tadqiqot ishlari samaradorligini 
    oshirish, olingan natijalar va mahsulotlarni faol tijoratlashtirish masalalarini qamrab olgan, hamda 
    Farg‘ona viloyatida yirik ishlab chiqarish korxonalarining, shuningdek, energetika, mashinasozlik
    kimyo, еngil va oziq–ovqat sanoati, agrosanoat kompleksi, avtotransport, qurilish, telekommunikatsiya 
    va ta’lim sohalarining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan. 
    Institut olimlaridan tashkil bo‘lgan innovatsion ishchi guruhlar Farg‘ona viloyatida joylashgan 
    yirik sanoat korxonalari va kichik korxonalarda, masalan: O‘zbekenergo AJ ning Sharqiy magistral 
    elektr tarmoqlari, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari xududiy elektr tarmoqlari, 
    “Farg‘onaazot” AJ, “Kvars” AJ, Farg‘ona Mexanika zavodi, “UzSungwoo” QK, “Quvasoyshifer” AJ 
    kabi korxonalarda bo‘lishib, ularga zamonaviy elektr energetikasi ta’minoti tizimi uzluksizligini 
    ta’minlovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘zlarining ilmiy asoslangan maslahatlarini 
    hamda energiya tejamkorlik sohasidagi innovatsion va uslubiy ishlanmalarni birgalikda ishlab 
    chiqarishga erishdilar. 
    Hurmatli mehmonlar, Respublika ilmiy–amaliy anjumani qatnashchilari, aziz do‘stlar. 
    Farg‘ona politexnika instituti jamoasi nomidan sizlarni bugun institutimizda o‘tayotgan 

    Download 5,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish