9
;
1
2
0
t
d
i
Т
I
T
ўк
bu yerda: T – ko‘rilayotgan vaqt oralig‘i.
Agar grafik zinapoya ko‘rinishga ega bo‘lsa,
;
2
1
n
P
Р
i
n
ўк
;
2
1
n
q
Q
i
n
ўк
(8)
bu yerda:
t
T
n
- grafikdagi bir xil oraliqlar soni.
Hisobiy yuklama.
Zamonaviy sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimini loyihalashda,
yechilishi kerak bo‘lgan murakkab texnik-iqtisodiy
masalalarning asosini, kutilayotgan elektr
yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash tashkil etadi. Elektr yuklamalarni
hisoblash har qanday elektr
ta’minoti tizimini loyihalashda birinchi bosqich hisoblanadi. Elektr yuklamalarning ko‘rsatkichlari
elektr tizimiga sarf bo‘ladigan kapital mablag‘lar, rangli metallar sarfi, elektr energiyasining isrofi
va ishlatish xarajatlarini belgilaydi. Agar hisobiy quvvat oshirib aniqlansa, kapital mablag‘larning
ortishiga, tanqis bo‘lgan elektr qurilmalar va o‘tkazgichlarning to‘la imkoniyat darajasida
ishlamasligiga va elektr energiyasi isrofini oshishiga sabab bo‘ladi.
Yuklamani kamaytirib
aniqlash esa, elektr qurilmalarining tez ishdan chiqishiga, ayrim agregatlar ish unumdorligining
kamayishiga, elektr ta’minoti tizimida isrofini oshishiga, elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarining
yomonlashishiga va elektr ta’minoti tizimi ishonchliligini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun
kutilayotgan yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash, elektr ta’minoti tizimini optimal loyihalashtirishning
asosiy omilidir.
Hisobiy aktiv quvvat sifatida shunday davomli o‘zgarmas yuklama qabul qilinadiki, uning
ta’sirida o‘tkazgich haroratining oshishi yoki izolyatsiyaning issiqlikdan eskirish darajasi
kutilayotgan o‘zgaruvchan yuklamadagiga teng bo‘ladi.
Smena davomida ma’lum vaqt oralig‘i (10 min. yoki 30 min. yoki 60 min. yoki.....) uchun
olingan barcha o‘rtacha quvvatlarning eng kattasi maksimal quvvat sifatida qabul qilinadi. Elektr
ta’minoti tizimining elementlarini, ularning qizishi nuqtai
nazaridan qabul qilinsa, hisobiy quvvat
sifatida 30 minutli maksimal yuklama olinadi. Bu vaqt oralig‘ida ko‘ndalang kesim yuzasi kichik
va o‘rta bo‘lgan simlarning qizish vaqti doimiyligiga yaqin hisoblanadi.
Agar sex tarmoqlari
simlarning qizish vaqti doimiyligi 0,5 soatdan katta bo‘lsa, maksimum koeffitsiyentining miqdori
quyidagi munosabat orqali qayta hisoblanadi:
К
K
t
mt
m
1
1
2
(9)
bu yerda:
K
m
-maksimum koeffitsiyentining vaqt doimiyligi 0,5 soat bo‘lgandagi qiymati; K
m
t
- maksimum koeffitsiyentining vaqt doimiyligi t bo‘lgandagi qiymati.
Ko‘ndalang kesim yuzasi har xil bo‘lgan simlar uchun qizish vaqt doimiyligi T ning
miqdorlari (min.) quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
10
1-jadval
Sim
kesim yuzasi mm
Ko‘ndalang kesim yuzasi, mm
2
35
50
70
95
120
150
Ochiq holatdagi rezina izolyatsiyali
simlar, minut
9
12
15
18
21
21
O’sha simlar trubada
19
23
27
32
36
40
Qogoz izolyatsiyali kabellar
15
20
25
30
35
40
Ko‘p hollarda joiz qizish bo‘yicha 30 minutli maksimal yuklama, hisobiy yuklama sifatida
qabul qilinadi. Umumiy holda maksimal o‘rtacha kvadrat, o‘rtacha va hisobiy yuklamalar o‘rtasida
quyidagi munosabat saqlanadi: