Boshlang`ich sinf o`uvchilariga miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari




Download 188,53 Kb.
bet4/16
Sana07.06.2024
Hajmi188,53 Kb.
#261081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda miqdorlarning nazariy asosi va o’rgatish metodikasi

1.2. Boshlang`ich sinf o`uvchilariga miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari
Jamiyatda o‘qituvchi, birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ularga har tomonlama bilim berishdan iborat bo‘lgan faxrli hamda ma’sul vazifalarni bajaradi.
O`quvchilar har tomonlama bilimli bo`lishlarini zamon taraqqiyoti talab qilmoqda, yani har tononlama sog`lom, yetuk insonlar jamiyat uchun kerak bo`lmoqda.
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli kattaliklarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Kattaliklarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Matematikada kattaliklar miqdorlar deb ham ataladi.
Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo’lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko’proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin.
Miqdorlarni o`z navbatida kattalik tushunchasi bilan ham atashimiz mumkin.
Miqdorlar – bu aniq obyekt yoki hodisalarning maxsus xossalaridir. Masalan, buyumlarning oraliqqa ega bo’lish xossasi uzunlik deyiladi. Aniq obyektlarning oraliqlari haqida gapirganimizda bu so’zni ishlatamiz. Shuning aniq obyektlarning uzunliklari haqida gapirganda bu kattaliklar bir jinsli deyiladi. Umuman, bir jinsli kattaliklar biror to’plam obyektlarining ayni bir xossasini ifodalaydi. Turli jinsli kattaliklar obyektlarning turli xossalarini ifodalaydi.
Miqdorlarni bevosita taqqoslash bilan ularning tengligi yoki teng emasligini aniqlashimiz mumkin. Tekshirishda aniqroq natijaga ega bo’lish uchun, masalan, bir jismning hajmi ikkinchi jism hajmidan qancha katta (kichik) ekanligini bilish uchun kattaliklarni o’lchash zarur. O’lchash berilgan miqdorni birlik sifatida olingan shu turdagi boshqa kattalik bilan taqqoslashdan iborat. Taqqoslash jarayoni qaralayotgan kattaliklarning turiga bog’liq. Ammo bu jarayon qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’lchash natijasida kattalik tanlab olingan birlik bo’yicha ma’lum sonli qiymat qabul qiladi.
Miqdor (kattalik) tushunchasi murakkab tushuncha bo’lib, o’quvchilarning maktabda butun o’qish davrida shakllantiriladi.
Boshlang’ich maktabning vazifasi shundaki, u bolalarda kattaliklarni o’rganishning intuitiv tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o’lchash bilan bog’liq bo’lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo’lishi kerak.
Matematikada o’rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Har bir miqdorni o’rganish uslubiyatining o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lsada, ammo narsa yoki hodisaning xossalarini o’rganishda umumiy yondashuv, miqdorlarni o’rganishning umumiy uslubiyati haqida gapirish imkonini beradi. Bu uslubiyat (haqida) asosida amaliy usul yotadi. Masalalar bilan ishlash asosida, aniq hissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, boshlang’ich sinf o’quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo’lgan xossalari bilan tanishtirish mumkin. Miqdorlarni o’rganish bo’yicha tushunchalarni quyidagi tartibda amalga oshirish tavsiya etiladi:
I-bosqich. Narsaning ko’plab xossalari orasidan o’rganilayotgan xossani aniqlash. Bu bosqichda o’rganilayotgan xossalarni taqqoslash usulidan foydalaniladi. Har bir narsa yakkalab qo’yilmasdan, balki boshqa narsalar bilan taqqoslangan holda beriladi.
Dastlab taqqoslanayotgan xossalar orasidagi farq keskin bo’lishi mumkin.
Bolalar xossalar orasidan farqni tushunib olganlaridan keyin, farq kamayadi.
II-bosqich. Bir jinsli narsalarni taqqoslashni turli usullar bilan o’tkazish mumkin: ko’z bilan ko’rib hissiy yo’l bilan, ustiga qo’yish bilan, qo’yib borish bilan, turli o’lchov birliklari bilan.
O’lchovlar yordamida taqqoslash miqdorni beradi. Masalan: Bitondagi 10 l sitni 2 litrli idishda 5 marta o’lchash mumkin.
III-bosqich. Atamani kiritish va miqdorlarning o’lchov birliklari bilan tanishtirish. Masalan, og’ir, yengil, massa, litr, gramm, kilogram, tonna.
IV-bosqich. O’lchov asbobi bilan ishlash qoidalari bilan tanishtiriladi. Masalan, shkalali tarozi, pallali tarozi, katta tarozi, banka idishlar bilan o’lchash o’rganiladi.
Boshlang’ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o’rganiladi. Boshlang’ich sinflarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang’ich sinf o’quvchilari ba'zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o’rganishda ularni o’lchash masalasi o’rganilmaydi.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi.
O’quvchilar miqdorlar haqidagi olgan bilimlarini hayotga qo’llay olish malakasini to’g’ri shakllantirish, ularni miqdorlar haqidagi olgan bilimlarining natijasi deb qarash mumkin.
O’quvchilarda miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to’g’ri va puxta shakllantirishda ko’rgazmalilikning turli vositalari, ya’ni geometrik figuralar modellari, har xil chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak bo’ladi.
Asosiy miqdorlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:
–sinflar bo’yicha o’rganiladigan miqdorlar va ularning o’lcham birliklari bilan tanishish va uni bilish
–miqdorlar haqida tushunchalar, tasavvurlarni shakllantirishda umumiy yondashishni bilishi kerak;
– uzunlik, massa (og’irlik), hajm, vaqt va maydonlarni o’rganishda o’quvchilarda miqdolar haqida tasavvurni shakllantirish uchun umumiy yondoshuvni qo’llay ola bilishi;
– maqsad sari yo’naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilish;
– miqdorlarni o’rganishda turli xil vositalardan foydalana olishi;
– o’quvchilarda o’lchash bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishni amalda qo’llay olishi lozim.
Asosiy miqdorlar ustida o’lchash ishlari bevosita sinfda o’tkaziladi. Hosilaviy miqdorlar ustida sinfda o’lchash masalasi o’rganilmaydi, balki ularga oid har xil ko’rsatmalar 3sinf darsliklarida jadval va o’rganuvchi jadvallar yordamida beriladi.
Boshlang’ich sinflarda u yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o’lchash usullari o’ziga xoslikka ega bo’lsa ham, har bir miqdorni o’rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni asosiy miqdorlar bilan tanishtirish matematika kursining asosini tashkil etadi. 1-4 sinf matematika kursida miqdorlar ikki bosqichga bo’lib o’rganiladi.

  1. Asosiy miqdorlar: uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuranig yuzi kabi miqdorlar asosiy miqdorrlar deyiladi.

  2. Hosilaviy miqdorlar: Boshlang’ich sinf o’quvchilari ba’zi hosilaviy

miqdorlar (tekis harakat tezligi),vaqt, masofa tezligi (harakatga doir masalalar) Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rganishda quyidagi tushunchalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir
1.Bolalarda mavjud miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash
2.Bir xil nomli miqdorlarni solishtira olish (chamalab ko’rish, solishtirish, taqqoslash, o’lchash va boshqa xil usullar bilan)

  1. Mazkur miqdorlarning o’lchov birliklari va o’lchov asboblari bilan

tanishtirish

  1. O’quvchilarda o’lchash ko’nikmalarini hosil qilish

  2. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo’shish va ayrish (malaka va topshiriqlarni

bajara olish)
6. Miqdorlarning yangi o’lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi o’lchov birliklarni boshqa o’lchov birliklariga almashtirish. Ikki bir xil nomli o’lchov birliklarini bitta ikki nomli o’lchov birligiga aylantirish va aksincha

  1. Ikki, uch nomli miqdorlarni qo’shish va ayrish

  2. Miqdorlarni songa ko’paytirish va bo’lish

  3. Miqdorlar ustida arifmetik amallarni bajara olish malakasini shakllantirish

  4. Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida, turli amaliy misol, malaka va topshiriqlarni bajara olish va ularni namoyish eta olish

ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
1–4-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.
Massa (vazn, og‘irlik ) bo‘limda o‘quvchilar massa (vazn) tushunchasi va uning o‘lchov birligi - «kilogramm» bilan tanishadilar. Bu mavzuni o‘rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so‘nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozda tortib, uning ko‘rsatkichlarini «og‘irlik» deb atar edilar. Vaholanki, massa va og‘irlik bir xil narsa emas. Og‘irlik – massani tezlanishga ko‘paytmasidan iborat bo‘lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetni og‘irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so‘rash joiz bo‘ladi. Savolning bunday shaklda qo‘yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan.
O‘qituvchi bolalarga, uzunlikni o‘lchashda qo‘llanilgani kabi, massani o‘lchash uchun o‘lchov birligi zarurligini ma’lum qiladi. Bunday o‘lchov birligi sifatida «kilogramm» qabul qilingan.
O‘qituvchi 1 kg, 2 kg, 5 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O‘quvchilar toshlarini o‘lchash (tortish) bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadilar. Buning oqibatida ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o‘lchov bilan boshqa mavzularni kengroq anglash, hisob-kitob bo‘yicha ko‘nikmalarini mukammallashtiradilar.
Massalarning yig‘indisi, ayirmasi yoki qoldig‘ini topish bilan bog‘liq masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalangan miqdorlarni qo‘shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar.
Hajm tushunchasi va uning o‘lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar birinchi sinfda tanishadilar. 4-sinfda hajm o‘lchov birligining sodda ko‘rinishlari o‘rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o‘rganishda bir nomli ko‘rsatkichdan boshqa nomli ko‘rsatkichga o‘tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo‘shish va ayirish kabi jarayonlar bo‘lmaydi.
Vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.
O‘quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach,bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. (bolalar bir minut vaqt o‘tishi uchun 60 gacha sanashlari kerak ). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.
3-sinfda vaqt birliklari bilan bog‘liq mashqlarni bajarish jarayonida «ulush»(dolya) mavzuiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga erishiladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o‘qituvchi har kuni bu ishga birgina minut vaqt ajratishi mumkin.
Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o‘rtasidagi mutonasiblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir.

Download 188,53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 188,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang`ich sinf o`uvchilariga miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari

Download 188,53 Kb.