• Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ishlab chiqarishdagi roliga qarab quyidagi kategoriyadagi xodimlarga bo‘linadi
  • Mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlili
  • Jami: 838 820
  • Korxonaning barcha bo‘g‘inlarida xizmat qiladigan xodimlar ikki guruhga bo‘linadi




    Download 45,52 Kb.
    bet3/8
    Sana08.02.2024
    Hajmi45,52 Kb.
    #152964
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu Korxonada ish vaqtidan foydalanish tahlili. Reja. Kirish-fayllar.org

    Korxonaning barcha bo‘g‘inlarida xizmat qiladigan xodimlar ikki guruhga bo‘linadi:
    1. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari.


    2. Noishlab chiqarish sohasidagi xodimlar.




    Mehnat resurslaridan foydalanish tahlili.
    Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qiladigan kategoriyadagi sex uskunalarini kapital ta’mirlash, korxona boshqaruv bo‘limi, konstruktor byurosi, yong‘indan muhofaza qilish sohasidagi xodimlar sanoat ishlab chiqarish xodimlari deb ataladi.Transport, uy-joy xo‘jaligi, bolalar bog‘chasi va yaslisi, madaniyma’rifiy sohalardagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari tarkibiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ishlab chiqarishdagi roliga qarab quyidagi kategoriyadagi xodimlarga bo‘linadi:
    • ishchilar;


    • xizmatchilar;


    • rahbar xodimlar;


    • mutaxassislar;


    • qorovullik xizmati xodimlari.


    Ishchi kuchining tahlili korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanishini aniqlashdan boshlanadi. Buning uchun jami sanoat ishlab chiqarish xodimlarini soni shu jumladan, ayrim kategoriyadagi xodimlari rejasi bilan taqqoslanib xodimlarni ortiqcha, yetishmasligi aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi nafaqat korxonani umumiy miqdorda mehnat resurslari bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lmay, balki xodimlarning malakaviy darajasi va kategoriyalari bo‘yicha tuzilishiga bog‘liq.


    Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga baho berishda asosiy e’tibor mehnat resurslaridan foydalanishga qaratilishi lozim. Mehnat resurslaridan foydalanishni quyidagi chizma yordamida ifodalab berishimiz mumkin.
    Mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlili

    . Ishchilar



    617

    605

    73,78

    599

    73,59

    -18

    -6

    2. Xizmatchilar

    123

    120

    14,63

    117

    14,37

    -6

    -3

    3. Rahbar xodimlar

    41

    35

    4,27

    37

    4,54

    -4

    +2

    4. Mutaxassislar

    47

    50

    6,10

    53

    6,51

    +6

    +3

    5. Qorovullik xizmati xodimlari

    10

    10

    0,01

    8

    0,98

    -2

    -2



    Jami:



    838



    820



    100,0



    814



    100,0



    -24



    -6

    Tahlil etishda sanoat ishlab chiqarish xodimlarini soni reja va o‘tgan yildagisi bilan solishtirilib, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va dinamikasi aniqlanadi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining strukturasi tarmoq xususiyati, mahsulot nomenklaturasi, ixtisoslashish darajasiga bog‘liq.


    Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan korxonada o‘rganilayotgan davrda sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat resurslari tarkibida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Xususan, o‘tgan yilga nisbatan jami mehnat resurslari soni hisobot yilida 24 kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining 18 kishiga, xizmatchilarning 6 kishiga, rahbar xodimlarning 4 kishiga va qorovullik xizmati xodimlarining 2 kishiga kamayganligi ta’sir etgan. Joriy yilda mutaxassislar soni esa o‘tgan yilga nisbatan 6 kishiga ko‘paygan. Korxonada hisobot yilida belgilangan biznes-rejaga nisbatan ham mehnat resurslari soni 6 kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining rejalashtirilganiga nisbatan 6 kishiga, xizmatchilarning 3 kishiga kamayganligi, rahbar xodimlar va mutaxassislarning ortishi ta’sir etgan.
    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonadagi sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat resurslarining asosiy salmog‘ini ishchilar va xizmatchilar tashkil etmoqda. Xodimlar tarkibida mutlaq tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsada ularning umumiy tarkibdagi salmog‘ida deyarli keskin o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Rahbar xodimlarning biznesrejada belgilanganiga nisbatan ortishi korxona uchun samara bermaydi. Shu sababli korxonada bevosita ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridanto‘g‘ri qatnashadigan xodimlar sonini oshirishga harakat qilishi, bu esa samaradorlikni oshirishga olib kelishi mumkin.



    1. Download 45,52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 45,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonaning barcha bo‘g‘inlarida xizmat qiladigan xodimlar ikki guruhga bo‘linadi

    Download 45,52 Kb.