Mavzu : Elektostatika bo'limiga oid masalalar yechish




Download 144,61 Kb.
bet7/27
Sana05.12.2023
Hajmi144,61 Kb.
#111248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Mavzu Metall, vakuum va gazlardagi elektr toki
OEN7atu6XaCYsjQnJ9d4OvoqOhKLkjKTUkJVBUVs (1), Avtomobilning elektr jihozlari, 7 sinf fizika impuls, Ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflar uchun matematikadan didaktik, KU konference Axboror xati 2023, elektronika 1, 7-Fizika-2018, Materiallar qarshiligi, Melibayev M. Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash, Biznesda SI1, Tabiiy geterohalqali birikmalar kimyosi. Siddiqov G\'. Xaydarova D, 1 боб Қурилиш материалларининг асосий хоссалари (1), 5 ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi, tarjimay xol, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org
Mavzu : Elektostatika bo'limiga oid masalalar yechish.
Fizikadan masalalar ishlash – o’quv ishining zaruriy elementlaridan biridir. Masala ishlash o’quvchilarda fizik hodisalar orasidagi bog’lanishlarni, qonunlarni chuqur o’zlashtirishga, ularning mantiqiy fikrlashini va izlanuvchanlik qobilyatini yanada rivojlantirishga, maqsadga erishish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Olgan nazariy bilimlardan turli vaziyatlarda foydalanishga va nazariya bilan amaliyot orasida bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi. Masala ishlash usullarini quydagicha sinflarga ajratish mumkin:

  • masalada ma’lumotlar berilishi bo’yicha;


  • masalani ishlash yo’li bo’yicha;


  • masalani mazmuni bo’yicha va boshqalar;


Fizika masalar berilish shartiga ko’ra to’rt turga bo’linadi: matnli turdagi masalalar, eksperemental masalalar , grafik turdagi masalalar va tadqiqot masalalari. Masalalar murakkabligiga ko’ra yengil yoki og’ir, ko’nikmaga bag’ishlangan yoki ijodkorlikni talab qiladigan masalalarga bo’linadi. Masalalarning sharti matn turida berilsa, ularga matnli masalalar deyiladi. Ularning ichida kerakli barcha ma’lumotlar, fizik kattaliklarning son qiymatlari beriladi va hisoblash yo’li bilan yechiladi.


Sifat masalalar – yechilishi hisoblashni talab qilmasdan, u yoki bu hodisani tushuntirishni, hodisani boorish shartlarini tanlashni, turli qarashlarning sifat tansiflarini ochishni talab qiladigan masaladir. Bularda sonli ifodalar tog’ridan – tog’ri berilmaydi.
Hisoblashga doir masalalar – berilgan savolning javobi hisoblashlar orqali topiladigan masaladir. Bunday masalarni yechish uchun, dastlab ular sifat jihatdan tahlil qilinadi. Natijada hisoblash yo’llari va yechishda qo’llash mumkin bo’lgan variantlar aniqlanadi hamda hisoblash uchun arifmetik, algebraik, geometrik va grafik usullar qo’llaniladi.
Masalalarni arifmetik yo’l bilan yechishda, asosan, arifmetik amallardan foydalanilsa, algebraik usuldan foydalanganda esa, formulalar va tenglamalar ishlatiladi. Masalan geometrik yo’l bilan yechishda geometriyaning tenglamalaridan foydalanilsa, grafik usulda esa, grafik chizish yoki berilgan grafikni tahlil qilish usullari qo’llaniladi.
Matnli masalalarning ham bir necha turini ko’rsatish mumkin: abstrakt masalalar, ishlab chiqarish va texnik mazmundagi masalalar. Abstratk masalalarda hayotiy dalillar haqiqiy real modellar va ideal obyektlar orqali beriladi. Bular o’quvchilarning nazariy va obrazli fikr yuritishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Egallangan bilimlarni turli notanish vaziyatlarda qo’llashga imkon yaratadi.
Texnik mazmundagi masala kitoblarda kitoblarda berilgan bo’lib, o’qituvchi ularni kundalik matbuotdan, radio va teleko’rsatuvlardan olingan ma’lumotlar asosida qayta tuzib, o’quvchilarga taklif qilish mumkin. Masalani yechishda ekspriment quydagi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi berilgan masalalarning javobini toppish uchun, albatta, ekspriment o’tkazish kerak. Ikkinchisi masalada berilgan bog’lanishlarni aniqlash uchun yoki berilgan kattalikning son qiymatini topish uchun ekspriment o’tkaziladi. Kerakli natijani olish uchun esa, zarur matematik hisoblash qo’llaniladi.

Grafik usulda berilgan masalalar ham 2 turga bo’linadi. Birinchi turdagi masala ham grafik ko’rinishda beriladi. Uni tahlil qilish va kerakli amallarni bajarish orqali javobi topiladi. Ikkinchi turida, oddatdagiday shart berilgan masala chiqariladi, javobi esa ikki kattalikning bog’lanishini ifodalovchi funksional grafik tuzish orqali topiladi.


Ayrim hollarda,masalaning shartida son qiymatlar yetarlicha berilmay qolgan bo’ladi. Bularga berilishi to’la bo’lmagan masalalar deyiladi.yetishmagan son qiymatlari jadvallardan,qo’llanmalardan yoki boshqa manbalardan olinadi. Bunday masalalarga o’quvchilar hayotda juda ko’p duch kelishadi. Shuning uchun bunday masalalarni ishlash, ular uchun juda foydalidir .
Mavzuning dolzarbligi: Fizikada masalalar yechish jarayonida o’quvchilarning mantiq fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobilyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlaring ammalda qo’llanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko’pgina fizik o’lchov asboblarning vazifasi, tuzulishi, ishlash prinsiplari bilan tanishadilar, ular bilan ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. Shuningdek masalalar o’quvchilarda mehnatsevarlik, jur’atlilik, iroda va xarakterni tarbiyalaydi.
Mavzuning maqsadi: Fizik ma’vzusida masala yechishning ahamiyati 10-11-sinflar misolida ko’rsatib berish.
Mavzuning vazifasi:10-11-sinf fizika darsligidagi masalalar yechish metodi, masalar haqida umumiy tushunchalar, fizik masalalarning turlari, o’quv masalalar ularning tuzulishi va xususiyatlari, masala yechishning asosiy bosqichlari, fizik masalalar yechish jarayonida fanlararo aloqani amalga oshirish usullari; fizik masalalar yechishning algoritmik usuli, ijodiy masalalar va yechish usullari masala shartini tahlil qilish, masala yechish rejasini tuzish, fizika o’qitishda masala yechishning ahamiyati, nazorat ishlarini o’tkazish metodikasi, ularning maqsad va vazifalari, olimpiada masalalari, masalalar yechishda zamonaviy pedagogik texnalogiya vositalaridan hamda innavatsion texnologiya metodlaridan foydalanish kabilarni bayon etilishi vazifalarini o’rganishdan iborat.
Ma’lumki, fizika o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud.amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga o’quvchilar qobilyatlarini rivojlantirish, o’quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi.
Ko’pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko’ra , mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. Fizik masala qo’yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir.


Download 144,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Download 144,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu : Elektostatika bo'limiga oid masalalar yechish

Download 144,61 Kb.