Mehnat unumdorligini o’lchash usullari




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana09.01.2024
Hajmi1,26 Mb.
#133135
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish yollari

Mehnat unumdorligini o’lchash usullari 
Natural 
usul 
Bir xildagi, turdosh mahsulotlari ishlab chiqishda ishlab chiqarish jarayoning 
unumdorligini ifodalashda qo‘llaniladi 
Afzalligi - qulay, tushunarli, mahsulot ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini aks 
ettiradi. 
Kamchiligi - keng miqyosda qo‘llash mumkin emas, chunki iqtisodiyotning ko‘plab 
tarmoqlari, aksariyat korxonalar faqat bir xil mahsulot ishlab chiqarishga 
ihtisoslashmagan 
Qiymat 
usul 
Turdosh bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini ifodalash 
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, qiymat (pul) birligida o‘lchanadi. 
Afzalligi - mehnat unumdorligini tarmoqlar bo‘yicha, turli mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchi koxonalarda o‘lchash imkonini beradi. 
Kamchiligi - inflyatsiya jarayonlarini aniq hisobga olinmasa, olingan ko‘rsatkich 
taxminiy natijaga ega bo‘ladi; mahsulotishlab chiqarishdagi ichki, tarkibiy sifat 
o‘zgarishlari aniq aks etmaydi.
Mehnat 
usuli 
(norma-soatlarida ifodalanuvchi) ishlab chiqarilgan mahsulotning unga ketgan haqiqiy 
vaqt sarfiga nisbatan iborat bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan mehnat 
sarfiniunumdorlik nuqtai nazaridan baholashi imkonini bildiradi. 
Afzalligi – iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatilishi mumkin, taqqoslashga juda 
o‘ng‘ay. 
Kamchiligi - bu usulda mehnat unumdorligini o‘lchash juda qiyin va ko‘p vaqtni, 
xarajatni talab qiluvchi o‘lchash va hisob ishlarini talab qiladi. 
Manba: Бакиева И.А. ―Меҳнат иқтисодиѐти. Инсон тараққиѐти‖ маърузалар матни. 
Тошкент – 2013. 
Mehnat unumdorligini qiymat usulida aniqlash uchun foydalaniladigan shartli 
sof mahsulot ko‘rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan xomashyo, butlovchi ashyolar, 
energiya, yoqilg‘i va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni chegirib tashlanadi. 
SHu bilan birga bu ko‘rsatkichdan ish haqi, asosiy fondlarning eskirishi va foyda 
chegirilmaydi. Bu yerda moddiy xarajatlar o‘zgarishi barham toptiriladi, lekin 
foydanining salmog‘i va amortizatsiyaning salmog‘i ortadi. Ularning o‘zgarishi esa 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini birmuncha 
soxtalashtirishi mumkin. 
Mehnat unumdorligi aniqlashda foydalaniladigan sof mahsulot ko‘rsatkichida 
yalpi mahsulot qiymatidan barcha moddiy xarajatlarni, shu jumladan amortizatsiya 
ajratmalarini ham chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Xarajatlarni va 
mehnat unumdorlgini hisoblashda avvalgi mehnat xarajatlarining soxtalashtiruvchi 


32 
ta‘siri to‘la-to‘kis barham toptiriladi, lekin foydaning salmog‘i jiddiy ravishda ortadi. 
SHuning uchun turli mahsulot xillarining turlicha foyda berishi sharoitida aynan foyda 
sof mahsulot va mehnat unumdorligini ko‘rsatkichlarini soxtalashtirishda asosiy rolg‘ 
o‘ynaydi. SHuni aytish kifoyaki, foydaning turlichaligi bizning mamlakat xalq xo‘jaligi 
uchun xos bo‘lib, o‘ sho‘rolar hukmronligi davrida markazlashgan rejalashtirish 
doirasida rivojlanib kelgan edi. Unda foyda va qiymatning o‘rtacha normasi bo‘yicha 
mavjud bo‘lgan tenglamaga amal qilmas edi. Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda olingan 
foyda darajasi muhim farqlar yo‘qligi tufayli sof mahsulot usulini mahsulot hajmlari va 
mehnat unumdorligini aniqlash uchun batamom maqbul deb hisoblaydilar. 
Lekin hatto bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda ham sof mahsulot 
ko‘rsatkichi tovar yoki yalpi mahsulot ko‘rsatkichlariga nisbatan narxlarning tebranib 
turishiga ancha ta‘sir ko‘rsatadi. 
Mehnat unumdorlgini aniqlashda foydalaniladigan normativ sof mahsulot 
ko‘rsatkichi sof mahsulot ko‘rsatkichidan farqli o‘laroq nomativ ish haqini va unga 
qo‘shib yozilgan haqi, shuningdek o‘rtacha tarmoq foydasini o‘z ichiga oladi. SHuning 
hisobiga mahsulot har xil turlarning turlicha foyda keltirishga barham beriladi. Ushbu 
usulni qo‘llanish tajribasida muayyan qiyinchiliklar va kamchiliklar vujudga keladi. 
Birinchi, mahsulotlarning barcha turlariga ulgurji narxlar tizimiga parallel ravishda ish 
haqining yaxlit normativlari tizimini yaratish zarurati paydo bo‘ladi. Ommaviy ishlab 
chiqarishda bu narsa qiyinchilik tug‘dirmasa ham, donalik va kichik seriyali ishlab 
chiqarish va ulardagi mahsulot nomenklaturasining tez-tez o‘zgarib turishi sharoitida 
jiddiy qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, normativ sof mahsulot asosini tashkil 
etuvchi ish haqi normativlarini ishlab chiqishda mazkur normativlarni oshirishga 
moyillik paydo bo‘ldi. Bu esa mehnat sarflashning nisbatan ko‘payishiga, demak, 
mehnat unumdorliginni oshirish surhatlarinng sekinlashuviga olib keldi. Uchinchidan, 
unumdorlikning 
normativ 
sof 
mahsulot 
ko‘rrsatkichi korxonalar ishining 
pirovardmoliyaviy natijalar bilan zaif bog‘langan: mahsulot ishlab chiqarish normasi va 
mehnat unumdorligi hajmlari ko‘rsatkichiga ega bo‘lish mumkin. Lekin moddiy 
resurslarning ortiqcha sarflanishi tufayli foydaga ega bo‘lmasligi mumkin. Bitta ana shu 


33 
sababning o‘ziyoq normativ sof mahsulot ko‘rsatkichidan, asosiy usul sifatida 
foydalanishni maqsadga muvofiq qilib qo‘yadi. Unda faqat tahlil qilish maqsadlarida 
keng foydalanish mumkin bo‘ladi.
Mehnat unumdorligini o‘lchashning qiymat usulida foydalanadigan ishlov 
berining normativ qiymati ko‘rsatkichi yengil sanoatda ishlab chiqarish hajmlarini 
aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ishlov berish qiymati normativlariga ishlab chiqarishdagi 
ishchilarning ish haqi va ularga yoziladigan qo‘shimcha haqlar, tsex xarajatlar 
normativi; umumzavod xarajatlari normativi kiritiladi.


34 

Download 1,26 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat unumdorligini o’lchash usullari

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish