Мавзу: Айланма фондлардан фойдаланиш муаммолари ва уни такомиллаштириш




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana09.01.2024
Hajmi1,26 Mb.
#133135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish yollari

 
2.1-§. 
―Mash-Xim‖ ma'suliyati cheklangan jamiyati faoliyatining 
iqtisodiy tavsifi 
 
2.2-§. 
―Mash-Xim‖ ma'suliyati cheklangan jamiyatida mehnat 
unumdorligi va unga ta‘sir etuvchi omillar tahlili 
 
III-bob. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mehnat 
unumdorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari va 
istiqbollari 
 
3.1-§. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mehnat 
unumdorligini oshirishning ahamiyati 
 
3.2-§. 
Mehnat unumdorligini oshirish omillari, shart-sharoitlari 
va zahiralari 
 
 
Xulosa va takliflar 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
 
Ilovalar 
 
 



KIRISH 

Mavzuning dolzarbligi.
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida 
amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining natijalarini 
namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o‘sishini ta‘minlash, 
samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq 
xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror 
rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar 
qo‘lga kiritildi.
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli 
darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov 
tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, 
iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo‘llarining aniq va 
to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq va marralarning salmoqli 
bo‘lishiga imkon yaratdi. Mamlakatimizda barqaror o‘sish surhatlarining saqlanib 
qolishi esa tanlangan mustaqil taraqqiyot yo‘limiz va unga muvofiq amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy siyosatimizning nechog‘liq to‘g‘ri ekanligini yana bir bor 
tasdiqlamoqda.
2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga 
oshirish natijasida iqtisodiy rivojlanishning barqaror yuqori surhatlari, 
makroiqtisodiy mutanosiblik, aholi hayot darajasining barqaror o‘sishi va 
mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash ta‘minlandi. 
Prezidentimiz mahruzalarida o‘tgan yilda erishilgan natijalar birma-bir 
sarhisob qilinib, barcha ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. 
Jumladan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish 
hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 
foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshganligi ehtirof etilib, ishlab 



chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega 
bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etganligi, istehmol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 
2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 
foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o‘sganligi, inflyatsiya 
darajasi esa yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni tashkil etganligi alohida ta‘kidlab 
o‘tildi.
1
O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 
foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.
Banklar tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va 
texnologik yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 
2013 yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan 
kreditlar esa 1,3 martadan ziyod oshganligini, o‘tgan 2014 yilda 500 dan ziyod 
yangi korxona, birinchi navbatda, kichik biznes sub‘ektlari eksport faoliyatiga jalb 
etildi. Tashqi savdo balansidagi ijobiy salg‘do 180 million dollarni tashkil qildi, 
mamlakatimizning oltin-valyuta zaxiralari 1 milliard 600 million dollarga 
ko‘payganligini ta‘minlanganligini ta‘kidlandi. 
Yuqoridagi erishilgan ijobiy natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda 
mamlakatimiz aholisini sifatli mahsulotlar bilan ta‘minlash, mamlakatda, xususan 
viloyatimizda barcha turdagi korxonalar faoliyatini jadal rivojlantirish masalalarini 
hal etish katta dolzarb ahamiyatga ega. Bunga ko‘p jihatdan xuquqiy bazani 
mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun qulayliklar yaratish 
masalalariga jiddiy e‘tibor berilayotgani tufayli erishiladi. SHu nuqtai nazardan 
hamda ushbu masala hozirgi islohotlarni chuqurlashuvi sharoitida juda dolzarb 
bo‘lganligidan ushbu mavzuni bitiruv malakaviy ishiga mavzu sifatida tanlab 
olindi. 
1
«2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya 
jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – 
ustuvor vazifamizdir» – Prezident Islom Karimovning 2014 yilning asosiy yakunlari va 2015 yilda O‘zbekistonni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
majlisidagi mahruzasi // Xalq so‘zi, 2015 yil 16 yanvar
.




Download 1,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Мавзу: Айланма фондлардан фойдаланиш муаммолари ва уни такомиллаштириш

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish