30
Ishlab chiqarish hajmlari va mehnat unumdorligini o‘lchashning qiymat usuli
birmuncha murakkab ishlab chiqarish hajmlarini hisoblashda
eng maqbul usulni
muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqib tanlash mumkin. Ishlab chiqarish hajmlarini
o‘lchashning eng ko‘p qo‘llanadigan usuli yalpi, tovar va sotilgan mahsulotlar
ko‘rsatkichlaridir. Bu xil ulgurji narxlarda «zavod usuli» bo‘yicha
hisoblangan yalpi
mahsulot tovar mahsulotdan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini o‘lchaysh
bilan, sotilgan mahsulot tovar mahsulotdan sotish uchun mo‘ljallangan, lekin
sotilmagan tovar qoldiqlari summasi bilan farq qiladi. SHunday qilib, mahsulot ishlab
chiqarish normasi yalpi mahsulot bo‘yicha aniqlanganda eng aniq natijalar kelib
chiqqanday tuyuladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan
mahsulot hajmi bo‘yicha
hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab
chiqarishning ko‘payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to‘planib qolishi ijobiy
iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Yalpi tovar va sotilgan mahsulot ishlab chiqarish
hajmlarni va normalarini o‘lchashning kamchiligi shundan iboratki,
ulgurji narxlar
barcha barcha moddiy xarajatlarning qiymatini o‘z ichiga oladi. Vatanimiz tajribasida
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajm ko‘rsatkichlari faqat jonli mehnat bilan
bog‘liq bo‘lganligi sababli foydalinayotgan materiallar sig‘imining va qiymat
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga duchor bo‘lmoqda. Moddiy xarajatlarrning har qanday
ko‘payishi yoki boshqa korxonalar bilan kooperatsiya bo‘yicha mahsulot yetkazib
berish va sotish bo‘lsin, baribir mehnat unumdorligining ortib borish tasavvurini beradi.
Material sig‘imining kamayishi esa – mazkur ko‘rsatkichning
pasayishi tasavvurini
o‘yg‘otadi.
Mehnat unumdorligini o‘lchashda material sig‘imining o‘zgarishi ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning hajm ko‘rsatkichiga va mahsulot ishlab chiqarish
normasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishiga barham berish uchun qo‘shimcha o‘lchov
usullaridan foydalaniladi: shartli sof, normativ sof mahsulot bo‘yicha
va ishlov
berishdagi normativ qiymat usullari tatbiq etiladi. Bu usullarni qo‘llash material
sig‘imio‘zgarishlarining salbiy ta‘sirining to‘liq yoki qisman barham toptiradi. SHunga
31
qaramay ularning har biri o‘z kamchiligiga ega bo‘lib, haqiqatla ulardan birontasi ham
bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob bermaydi.
1.2.1-jadval