1.1.1-rasm
Mehnat turlarining guruh belgilari bo’yicha tasnifi
Mehnat turlarining guruh belgilari bo‘yicha tasnifi
Mehnat tabiati va
mazmuni
bo‘yicha
Mehnat predmeti
va
mahsuli bo‘yicha
Mehnat vositasi va
usuli bo‘yicha
Mehnatning
sharoiti
bo‘yicha
Yollanma va
xususiy, yakka va
jamoa, xohish,
zaruriy va
majburiyat
bo‘yicha,
jismoniy va aqliy,
takroriy va ijodiy,
murakkab tarkibli
mehnat
Ilmiy muhan-dislik,
boshqa-ruvchilik,
ishlab chiqaruvchi,
tadbirkorlik,
innovatsiya; sanoat,
qishloq, transport
va kommunikatsiya
mehnati
Qo‘l,
mexanizatsiyalash-
tirilgan va avto-
matlashtirilgan, quyi,
o‘rta va yuqori
texnolo-
giyalashtirilgan; inson
ishtiroki turlicha
darajada bo‘lgan
mehnat
Turg‘un va
ko‘chma yer usti
va yer osti, yengil,
o‘rta va og‘ir,
yoqimli va
yoqimsiz; erkin va
har xil darajadagi
chega-ralangan
mehnat
Manba: Muallif ishlanmasi.
Mehnat mazmuniga qarab bir-biridan farqlanadi.
1. Oddiy va murakkab mehnat. Oddiy mehnat rivojlanish darajasi bilan ajralib
turmaydi, har qanday kishining tana organizmi o‘rta hisobda ega bo‘lgan ishchi
16
kuchining sarflanishi bilan belgilanadi. Bu xodimdan maxsus kasbiy tayyorgarlik talab
qilmaydigan, malakasiz mehnatdir. Daraja olgan yoki ko‘paytirilgan mehnatgina
murakkab mehnat hisoblanadi. Murakkab mehnat bir soatida, oddiy mehnatning bir
necha soatini jamlovchi mehnat birligi bilan belgilanadi. SHu sababli ham malakali
xodimlar vaqt birligi mobaynida malakasiz xodimlarga nisbatan ko‘proq mahsulot va
qiymat yaratadilar.
2. Reproduktiv va ijodiy mehnat. Reproduktiv mehnat - takroran qilingan,
oldindan mahlum bo‘lgan, ijodiy jihatlari bo‘lmagan mehnat. Ijodiy mehnat esa
bunyodkor mehnat bo‘lib, unda inson sifat jihatidan yangi, betakror, o‘ziga xos, noyob
narsalar yaratadi. Ijodiy mehnatning natijalari insonning qobiliyati, ishga berilganligi,
uning muhimligi, shart-sharoitlariga va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi.
3. Funktsional va professional mehnat. Funktsional belgi bo‘yicha mehnat
qanday maqsadga qaratilganligiga, sarflanish sohasiga va xo‘jalik faoliyatining
iqtisodiy davridagi funktsional roliga qarab turlarga bo‘linadi. Masalan, ilmiy
xodimning mehnati quyidagicha tahriflanishi mumkin: aqliy, ijodiy, o‘ta murakkab,
yuqori malakali, individual, ilmiy, innovatsion, texnika bilan qurollangan, yuqori
texnologik, muhim, o‘rtacha og‘irlikdagi, jozibali, mustaqil, reglamentsiz mehnat.
Ishchilar brigadasining mehnati aksariyat hollarda jismoniy, g‘ayriijodiy, o‘rtacha
murakkab, malakali, jamoa, ishlab chiqarish bilan bog‘liq, quruvchilik, texnika bilan
qurollangan, o‘rtacha texnologik, harakatchan, o‘rtacha og‘irlikdagi, jozibali, yollanma,
reglamentlangan bo‘ladi.
Har bir xodimga va jamoaga mos holda mehnatni har tomonlama tahriflash
mazkur mehnat korxona yoki shaxsning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini hal qilishda
mehnat qilishning maqsadlaridan kelib chiqadigan talablarga mos kelish-kelmasligini
baholash uchun zarur asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Har bir korxonaning ishlab chiqarishdagi o‘rniga qarab va bajaradigan
funktsiyalariga muvofiq ravishda xodimlar guruhlari tashkil qilinadi. Har bir funktsiya
korxonaning mehyorida ishlashi uchun zarur bo‘lgan faoliyatning u yoki bu tomoni
bilan bog‘liq bo‘ladi. Har bir funktsional guruh hal qiladigan vazifalar uchun o‘ziga xos
17
vazifalar bo‘ladi. Bunday tartibda tashkil etilgan mehnatni funktsional mehnat deb
nomlash mumkin. Funktsional mehnat bajariladigan xodimlarning tarkibi o‘z
xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadigan mehnatdir (masalan, ishlab chiqarishda,
boshqaruv mehnati, ilmiy mehnat va hokazo). Har bir guruhning ichida mehnat alohida
kasb va ixtisoslar bo‘yicha farqlanadi. Bunga muhandis-texnolog, muhandis-
konstruktor, muhandis-tashkilotchi, muhandis-mehyorlovchi kasblarning farqlanishi
misol bo‘la oladi.
4. Aqliy va jismoniy mehnat. Aqliy mehnat intellektual faoliyatni yoki asosan
asabiy-ruhiy tusdagi ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni nazarda tutadi,
jismoniy mehnatga ega jismoniy ishlar xos.
Aqliy mehnat shunday ifodalanadiki, inson miyasida u yoki bu g‘oyalar paydo
bo‘lib, inson ushbu g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish rejasini puxta o‘ylab ko‘radi, o‘z
rejasining jismoniy mehnat jarayonida yuzaga chiqib borishini kuzatadi. Mehnatning
aqliy va jismoniy mehnatga bo‘linishi g‘oyat shartli tusga ega. Ushbu shartlilik iqtisod
ilmining otaxoni S.G. Strumilin tomonidan mehnatning ikkita turini: jismoniy va aqliy
mehnatni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yamiz. Fiziologiya esa o‘zining bergan tahrifi
bilan bizga shuni mahlum qiladiki, bunday qarama-qarshi qo‘yish uchun yetarlicha asos
yo‘q. Mehnat – bir butun asab-mushak jarayonidir, hech qanday mushak ishi asab-miya
yo‘llari va markazlarining tegishli faoliyatisiz amalga osha olmaydi va aksincha, har
qanday mavhum aqliy mehnat ham aqlli, g‘oyat sust, to‘xtab qolayozgan reflekslar
tarzida bo‘lsa-da, muqarrar ravishda mushak faoliyati bilan birgalikda kechadi, deb
asoslanadi. SHu sababli, gap mehnatning aqliy yoki jismoniy funktsiyalari ko‘proqligi
to‘g‘risidagina borishi mumkin.
Ijodiy mehnat bir qolipdagi mehnatdan aniq vaziyatlarni tahlil qilish va
faoliyatning turli sohalarida yangi yechimlarni izlash, fan, texnika va texnologiya,
sanhat va madaniyat asarlarini yaratish bilan bog‘liqligi tufayli ajralib turadi. Bir
qolipdagi mehnat ishni bajarishning bir marotaba belgilab qo‘yilgan tartibini
o‘zgartirishga urinmagan holda, uni o‘ylamay-netmay takrorlayverishga asoslanadi.
18
Mehnatning nufuzliligi darajasi – ahamiyatliligi, muhimligi, ommabopligi,
jozibaliligi bilan ham tavsiflanishi mumkin. Mehnat bunday sifatlarga to‘liq darajada
ega bo‘lsa, u nufuzli hisoblanadi va aksincha, bularga to‘liq ega bo‘lmasa, nufuzli
hisoblanmaydi. Mehnatning nufuzliligini baholash, ko‘pincha, sub‘ektiv tusli bo‘ladi,
shuningdek, konhyunkturaviy sharoitlar ta‘sirida bo‘ladi. Masalan, bundan 15-20 yil
oldin buxgalter va notariusning mehnati nufuzli hisoblanmas va unga kam haq to‘lanar
edi, hozirgi davrda esa bozor munosabatlarining rivojlanib borishi bilan, u yaxshi haq
to‘lanadigan, ancha nufuzli, shu bois g‘oyat ommabop bo‘lgan mehnatdir.
Mehnatning og‘irlik, tig‘izlik, zararlik holati uning muhim xususiyatlari sirasiga
kiradi. Ushbu mezonga qarab mehnatga haq to‘lash masalalarini hal qilishda mehnat
mehyoriy og‘irlikdagi, tig‘izlikdagi mehnatga, qulay sharoitlardagi mehnatga; og‘ir,
tig‘iz, zararli mehnatga; alohida og‘ir, alohida zararli va alohida tig‘iz mehnatga
ajratiladi. Mehnatni ushbu toifalardan biriga kiritish uchun fiziologik va sanitariya-
gigiena mehyorlari mavjuddir.
Gap mehnatning xarakteri to‘g‘risida borganida, masala qiyinroq kechadi.
SHo‘rolar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlarda «mehnatning xarakteri»
kategoriyasi orqali mehnat ijtimoiy tabiatining rivojlanganlik darajasini va ushbu tabiat
qay tariqa – bevosita yo‘sinda yoki bilvosita bog‘lanishlar yordamida namoyon
bo‘lishini aks ettiradigan mehnat xarakteri belgilanar, buning ustiga, ushbu
bog‘lanishlar orasida mehnatkashlarning ishlab chiqarish vositalariga qanday
munosabatda bo‘lishlari hamda u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadagi mehnatni
tavsiflaydigan bahzi boshqa bog‘lanishlar eng muhimlari deb hisoblanar edi. Asosan
ekspluatatorlik, antagonistik jamiyatlardagi mehnat va «insonni inson ekspluatatsiya
qilish» mavjud bo‘lmagan noantagonistik jamiyatlardagi mehnat tahlil qilinar edi.
Noantagonistik jamiyatlar sirasiga «sotsialistik lager» mamlakatlari kiritilar edi. Ushbu
mahnoda «mehnat xarakteri» kategoriyasi boshqa mafkuraga xizmat qilar va noxoslik,
moyillik tusda bo‘lar edi.
19
Haqiqatan ham, aytaylik, ingliz konchisi mehnatining xarakteri sho‘ro konchisi
mehnatining xarakteridan mohiyatan keskin farq qilar edi. Angliyada ular ko‘proq ish
haqi olganliklaridan tashqari katta mehnat erkinligiga ega edi.
Mehnatning xarakteri mehnat qanday namoyon bo‘lishini, uning jihatlari,
belgilari, alohida xossalari va xususiyatlari qandayligini ko‘rsatadi. U xodimning ishlab
chiqarish vositalari bilan birlashishiga bog‘liq bo‘lib, mehnatning ijtimoiy tabiatini
belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan bugungi kunda ishlab chiqarish
munosabatlari takomillashayotgani, boshqaruv iqtisodiy usullarining amal qilish sohasi
kengayib borayotgani, samaradorlik va sifatiga, xodimlarning haqiqiy moddiy va
mahnaviy
manfaatdorligiga,
ularning
chinakam
xo‘jayinlarga aylanishiga
yo‘naltiruvchi xo‘jalik yuritishning yangi shakllari, ya‘ni xususiy korxona va
tadbirkorlik rivoji tufayli mehnat tabiatida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayni paytning
o‘zida mazkur mehnat mazmuni va funktsiyalaridagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy
tafovutlar, bir qolipdagi, zerikarli, malakasiz, og‘ir qo‘l mehnati mavjudligi, uning
zararli sharoitlari hali uzoq vaqt davomida mehnatkashlar ancha qismining ijodiy
qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shaxsning uyg‘un rivojlanishiga,
mehnatga ongli va ijodiy munosabatni tarbiyalashga halaqit beradi.
Mehnat o‘z tabiatiga qarab konkret va mavhum mehnat, yollanma mehnat,
yakka tartibdagi va jamoa mehnati, xususiy va ijtimoiy mehnatga bo‘linadi va ular bir-
biridan farqlanadi.
1. Konkret va mavhum mehnat. Insonning ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat
buyumlarini shaklan o‘zgartirish va moslashtirishga yo‘naltirilgan insonning alohida
maqsadga muvofiq faoliyati bo‘lgan mehnat muayyan foydali shaklda namoyon bo‘ladi
va turli istehmol qiymatlari yaratilishi uning yakuni bo‘ladi. Ularni yaratishga
qaratilgan mehnat konkret mehnat deb nomlanadi. Mehnatning har xil aniq turlarini bir
xildagi va bir xil o‘lchovli ko‘rinishga keltirish sifat xususiyatlaridan fikran chetga
chiqib, mehnatning ayrim turlarini ishchi kuchining oddiy sarflariga, fiziologik
mahnodagi mehnat sarflariga - jismoniy, asabiy va boshqa xil kuch-quvvat sarflariga
keltirishni taqozo etadi. Ushbu bir xillashtirilgan, bir xildagi va bir xil o‘lchovli mehnat
20
mavhum mehnat deyiladi. Konkret mehnat istehmol qiymati, mavhum mehnat esa
tovar qiymatini yaratadi.
2. Yollanma mehnat va o‘z-o‘zini yollash. Yollanma mehnat – ishlab chiqarish
vositalarining egalari bilan shaxsan ozod bo‘lmasalar-da, ishlab chiqarish vositalariga
ega bo‘lmagan va o‘z mehnatini o‘rniga o‘rin ish haqi ko‘rinishidagi muayyan qiymatni
olish uchun sotadigan xodimlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatdir. Yollanma
mehnat o‘zidan begonalashtirilgan mehnatdir, chunki u yaratgan boylik begona boylik
sifatida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, yollanma xodim o‘z ishchi kuchining
egasidir. Ushbu ishchi kuchi rivojlangan sayin ishchi va uning oilasi rivojlanib borishi
uchun zarur bo‘lgan shaxsiy mulklarining ko‘payib borishi bilan bog‘liq. Ayni paytda
o‘z ishini ochgan tadbirkor o‘z mehnatini ishga solish imkonini ham yaratadi va bu
bilan u o‘z-o‘zini yollaydi. Ayni shunday mehnat insonning tashabbusi rivojlanishi
uchun imkoniyat beradi, mulkka, mustaqillik, tadbirkorlik kabi sifatlarni
shakllantirishga hamda ijobiy qobiliyatlarni namoyon etishga mirishkorlik bilan
munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi.
3. Yakka tartibdagi va jamoa mehnati – bular mehnatni tashkil etishning o‘ziga
xos shakllaridir. Mehnat taqsimoti inson faoliyatining ayrim turlari alohidalanishiga,
ayrim ishlab chiqaruvchilarning alohidalanishiga olib keladi. Yakka tartibdagi mehnat –
ayrim xodimlar yoki mustaqil ishlab chiqaruvchilar yakka tartibdagi tadbirkorlarning
mehnati. Mehnat taqsimoti biror-bir mahsulot tayyorlash bo‘yicha qisman bajariladigan
ishlarning alohidalanishiga olib kelib, birgalikdagi kuch-harakatlari tayyor mahsulot
yaratishga olib kelishi maqsadida xodimlarning mehnat faoliyatini birlashtirish
zaruratini keltirib chiqaradi. Jamoa mehnati shunday mehnatki, bunda kishilar alohida
emas, birgalashib, mehnat jamoalarida bo‘lim, laboratoriya, tsex, uchastka, brigadaga
birlashib ishlaydilar, buning ustiga, jamoaning katta-kichikligi ahamiyatga ega
bo‘lmaydi.
4. Xususiy va ijtimoiy mehnat. Ayrim ishlab chiqaruvchilar muayyan tovarlarni
tayyorlab beradigan tovar ishlab chiqarishida yakka tartibdagi mehnat ishlab chiqarish
vositalari egalarining farqlangani xo‘jalik, ishlab chiqarish va yuridik jihatlardan
21
alohidalanganligi tufayli xususiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir ishlab
chiqaruvchi o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning barchasini
ham ishlab chiqaravermay, ularning bir qisminigina tayyorlab chiqarishga
ixtisoslashadi. SHu sababli har qanday jamiyatda xususiy mehnat hamisha ijtimoiy
mehnatning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi va ijtimoiy tabiatga ega bo‘ladi, ushbu
ijtimoiylik bozorda tovarlarning bir-biriga tenglashtirib, almashtirilishi orqali, qiymat
orqali namoyon bo‘ladi.
5. Unumli va unumsiz mehnat. Bu masala iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin
qilinadi, shuning uchun biz uni ikki xil talqinini keltirmoqchimiz. Birinchi guruh
olimlarining ehtirof etishicha unumli mehnat - ijtimoiy boylik, yalpi ijtimoiy mahsulot,
milliy daromadning tabiiy-buyumli shaklini yaratishda bevosita qatnashuvchi
mehnatdir. Bu shunday mehnatki, unda moddiy nehmatlar, xizmatlar yaratiladi va u
foyda keltiradi. Unumsiz mehnat ham ijtimoiy va mahnaviy nehmatlarni yaratadigan
mehnat bo‘lib, bunday mehnatning turi ham ijtimoiy foydalidir, lekin u unumli mehnat
bo‘lmaydi, chunki moddiylashmaydi, alohida bir mahsulotda mujassamlashmaydi va
foyda keltirmaydi. Ikkinchi guruh olimlari unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi
tushunchalarga munosabat bildirib, nazariy tahlillarga tayangan holda mehnat unumsiz
bo‘la olmaydi, degan xulosaga keladilar. Har qanday mehnat – kishilarning ehtiyojlarini
qondiradigan nehmatlarni, foydali narsalarni ishlab chiqarishdir. U unumli, moddiy va
nomoddiy bo‘lishi mumkin, lekin bunda ular nehmat bo‘lmasdan qolmaydi. Olim
yaratgan ilmiy kashfiyot, xuddi shuningdek, huquqshunos, sanhatkor, ijodkor, pedagog,
sportchi, shifokor, ekskursovod, sartaroshning mehnati – barchasi kishilarning muayyan
ehtiyojlarini qondiradigan nomoddiy nehmatlardir. Nomoddiy nehmatlar insonning
madaniy, estetik, bilish ehtiyojlarini qondiradigan mahnaviy nehmat bo‘lishi mumkin.
Ular kishilarning salomatlik, dam olish, ozodalik, saranjom tashqi ko‘rinish va
hokazolar borasidagi tabiiy ehtiyojlarini qondiradigan maishiy nehmat bo‘lishi ham
mumkin. Kishilarning notarius, advokat, prokuror va sudg‘yalar bajaradigan mehnat
natijasidagi huquqiy himoyalanganligi ham, vakolatli va ijroiya hokimiyat
22
organlarining boshqarish faoliyati ham va moddiy ishlab chiqarish sohasiga daxli
bo‘lmagan ko‘plab boshqa mehnat mahsullari ham nehmat bo‘ladi.
6. Jonli va o‘tmishdagi mehnat. Jonli mehnat – hozirgi paytda sarflanayotgan va
natijalari hali nomuayyan bo‘lgan mehnatdir. Ishchi mahlum bir ishni bajarayotganda
bunga birmuncha ish vaqti – jonli mehnat sarflaydi. Lekin ishchi mahsulot ishlab
chiqarayotganida o‘tmishdagi mehnatni ham sarflaydi. O‘tmishdagi mehnat o‘zida
ilgari yaratilgan natijani mujassamlaydi, bular xomashyo va materiallar, energiya,
dastgohlar, asboblar, kompg‘yuterlar va hokazolardir. Fan-texnika taraqqiyoti
jarayonida jonli mehnat bilan o‘tmishdagi mehnat sarflari o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi.
Mehnatning foydalaniladigan buyumli elementlari va insonning mehnatda
qatnashish darajasi bo‘yicha u quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) qo‘l mehnati – mutlaqo qo‘lda yoki mehnatning qo‘l qurollari yordamida
bajariladi;
2) mexanizatsiyalashtirilgan mehnat – mehnatning mexanizatsiya-lashtirilgan
qurollari yordamida amalga oshiriladi (masalan, elektrodrel yordamida parmalab, teshik
o‘yish, pnevmatik asbobda metalni yamash);
3) mashinalashgan mehnat – asosiy ish mehnat buyumining shakli, kattaligi,
tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun xodim tomonidan bevosita jismoniy kuch-harakat
sarflamagan holda boshqariladigan mashina yordamida bajariladi. Bunda xodim
mashinani boshqarish va uni oziqlashga oid yordamchi ishlarning elementlarinigina
qo‘lda bajaradi;
4) avtomatlashtirilgan mehnat – asosiy ish elementlari to‘liq avtomatlashtirilgan,
yordamchi ish elementlari esa to‘liq yoki qisman avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Bu
jarayonda xodim uskunalar to‘g‘ri va doimiy sozlanishini hamda ularning ish bilan
ta‘minlanishini nazorat qiladi.
Kishilarni mehnatga jalb etish usullari bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
1) iqtisoddan tashqari majburlaydigan mehnat, bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
majburlash o‘rin olgan bo‘ladi. Bunday mehnat shaxsiy erkinlikning cheklanishi bilan
tavsiflanadi, bunga bevosita qullik va qarzdorlik oqibatidagi qullik misol bo‘la oladi.
23
Bevosita majburlashdan tashqari, bunday mehnatga mahmuriy yoki qonunchilik
tartibida belgilab qo‘yilgan mehyorlar mavjudligi ham sabab bo‘lishi mumkin.
Masalan, mehnat qilish umumiy majburiyligining o‘rnatilishi ham xuddi shuning
o‘zidir, sobiq sho‘rolar davrida shunday bo‘lgan edi;
2) iqtisodiy majburlaydigan mehnat, ya‘ni zarurat bo‘yicha tirikchilikka mablag‘
ishlash uchun qilinadigan mehnat. Bunday mehnat kishilarning aksariyat ommasiga xos
bo‘lgan jarayondir;
3) ko‘ngilli mehnat, ya‘ni insonning o‘z ixtiyori bilan qiladigan mehnati. Bunday
mehnat jarayonida inson iqtisodiy jihatdan yetarlicha ta‘minlangan bo‘lib, ishlamasligi
mumkin bo‘lsa-da, o‘zining mahnaviy va umuminsoniy salohiyatini yuzaga chiqarish
uchun ishlaganida amalga oshiradi. Bunday inson uchun mehnat qilish - o‘zini
namoyon etish, o‘z shaxsini mahnaviy jihatdan yuzaga chiqarish vositasidir.
SHunday qilib, biz mehnatning har xil turlarini ko‘rib chiqdik. SHuni aytish
kerakki, boshqa har qanday tasnif kabi, ushbu tasnif ham shartli tusga ega va
mehnatning muhim belgilarini ajratib ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Real hayotda har
bir aniq mehnatda yuqorida sanab o‘tilgan barcha belgilar turlicha birikuvlarda
muhayyo bo‘lishi mumkin.
|