у
м
д
С
С
М
Bu yerda M
d
- mehnatning mexanizatsiyalash darajasi, %;
S
m
- mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari soni;
S
u
- xodimlarning umumiy o‘rtacha ro‘yxatdagi soni .
Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o‘z ishini mashinalar va
mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi.
Mehnatni
mexanizatsiyalash
(avtomatlashtirish)
darajasining
ortishi
moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli mehnat sarflashni
ko‘paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligining asosi bo‘lgan mehnatning unumdorlik kuchi
mehnat unumdorligining aynan o‘zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita
26
muhim omilga - jonli mehnatning eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan mehnat
intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham
bog‘liq.
Mehnat jadalligi (intensivligi) – bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki
murakkabligi darajasi bo‘lib, ish vaqti birligi ichida inson asab va muskul
quvvatining sarflanishi bilan o‘lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta‘sir
ko‘rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi, sarflangan quvvat
ovqatlanishi, dam olish va hissiy yengillanish hisobiga to‘liq tiklanadi.
Hisobga ko‘ra, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km
tezlik bilan ketayotgan kishining kuch-quvvat sarflashiga tengdir. Nisbatan normal
muayyan mehnat jadalligini oshirish mehnatga haq to‘lashda tegishli darajada hisobga
olishni talab qiladi.
Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan
foydalanish darajasi bilan ham bog‘liqdir.
Ish vaqtidan foydalanish ishlangan vaqtning, shu jumladan, ichki smena dam
olishga ajratilgan tartibga solingan tanaffus vaqtining mazkur ishlar turi uchun
belgilangan nominal vaqt fondiga (ish kunining ish haftasi, oyi va yilning soat
hisobidagi miqdoriga) nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarning indeks aloqasi
quyidagi formula bilan ifodalanadi:
ивф
ми
мук
му
I
I
I
I
Bu yerda
ивф
ми
мук
му
I
I
I
I
- mehnat unumdorligiga muvofiq ravishda mehnat
unumdorligi kuchi, mehnat jadalligi va ish vaqtidan foydalanish indekslari.
Agar texnika, texnologiya darajasi smena mobaynida 200 birlik mahsulot ishlab
chiqarish imkonini bergan bo‘lib, mehnat jadalligi va ish vaqtidan foydalanish
indekslari tegishli ravishda 0,95 va 0,9 dan iborat bo‘lsa, u holda haqiqiy mehnat
unumdorligi 200 emas, 171 birlikni (200. 0,95.0,9) tashkil etadi.
«Unumdorlik» tushunchasi mahsulotning har qanday xarajatlarning turiga yoki
barcha turlariga nisbatini aniq ko‘rsatkichlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Statistik
mahnoda unumdorlik deyilganda, ishlab chiqarish natijalarining foydalanish omillari
27
sarflariga nisbati tushuniladi, u boshqacha qilib aytganda, xarajat birligi to‘g‘ri
keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. SHunga ko‘ra ishlab chiqarish
natijasini uning barcha o‘lchash mumkin bo‘lgan omillari majmuiga nisbatan yoki
alohida guruh omillarga nisbatan hisoblash mumkin.
SHunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) sarflangan ishlab chiqarish omillarning miqdori va sifati (sarf samarasi);
2) sarflangan omillar miqdorlarining foydalanilishi darajasi (foydalanish
samarasi);
3) ishlab chiqarish omillari kombinatsiyalarining miqdori (substitutsiya
samarasi);
4) texnika taraqqiyoti (texnika samarasi);
5) ishlab chiqarish jarayoni tashkil qilinishi (daraja samarasi);
6) alohida jarayonlar sektorlarning yoki xarajatlar yohud mahsulotning umumiy
miqdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi);
7) alohida sektorlar va jarayonlar orasidagi o‘zaro aloqalar darajasi va tarkibi
(o‘zaro aloqodorlik samarasi).
Mehnat unumdorlgini o‘lchash muammosi mazkur iqtisodiy kategoriyaning
mohiyatini aniqlashdan birmuncha murakkabroq. Amalda mehnat unumdorligining
o‘sishi va mahsulot ishlab chiqarishni o‘lchashning turli usullaridan foydalaniladi.
U yoki bu usulning qo‘llanishi, birinchidan, mehnat unumdorligini o‘lchash
darajasiga, ikkinchidan esa, hisoblashni amalga oshiradigan iqtisodiy xizmat oldida
qanday vazifa turganligi bilan bog‘liqdir.
Mehnat unumdorligini o‘lchash darajasi bo‘yicha bir xildagi mahsulotni
ishlab chiqaradigan alohida ish o‘rinlari (brigada, uchastkalar)ni ko‘rsatib o‘tish
mumkin. Bu o‘rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish
normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural
(tabiiy) usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli
bo‘lsada, u faqat bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo‘llaniladi,
shuning uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning birigada va
28
uchastkalarida butunlay bir xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina
natural usul qo‘llanilishi mumkin:
Misol. Agar tsexning 10 ishchisi bir hafta mobaynida 800 ta detalg‘ ishlab
chiqargan bo‘lsa, har bir ishchining ishlab chiqargan detali quyidagicha bo‘ladi:
bir haftada - 800 : 10
80 (detalg‘);
bir kunda –80 : 5
16 (detalg‘);
Natural usulning bir ko‘rinishi shartli-natural usul bo‘lib, bunda ish
hajmi bir xil mahsulotning shartli birligida hisobga olinadi. Masalan, turli
hajmdagi vagonlarga, turli hajmdagi konserva bankalari shartli bankalarga,
turli poyabzallar shartli juftga aylantiriladi. SHartli o‘lchovlarga aylantirish,
odatda, o‘tkazish birliklari koeffitsentlari yordamida amalga oshiriladi.
SHartli natural usul qo‘llanish uchun qulaydir, chunki ko‘pgina xilma-xil
tovarlarning, xizmatlarning aylantirish koeffitsentlari yordamida ishlab
chiqarishni qiyoslanadigan turga keltirish mumkin. Masalan, un, non va
makaron mahsulotlari sotish xarajatlarini non-bulka mahsulotlarini shartli
kilogrammiga aylantirish orqali ifodalash mumkin.
Mehnat unumdorligini o‘lchashning yana bir keng tarqalgan usuli mehnat
usulidir.
Mehnat unumdorligini mehnat usuli bilan o‘lchashda mahsulot birligini ishlab
chiqarish yoki tovar birligini sotishga doir normativ vaqtdan foydalaniladi:
U
m
= ish vaqti birligidagi mahsulot hajmi / haqiqiy ish vaqti
Bu yerda U
m
- mehnat usuli bilan o‘lchangan mehnat unumdorligi.
Mehnat usulining afzal tomoni uni barcha ish turlari va xizmatlarga tatbiq
etish mumkinligidir. Biroq bu usuldan keng foydalanishda har bir ish turi uchun
vaqt normativlari zarurdir, ular hamisha ham mavjud bo‘lavermaydi. Bu usuldan
ishbay ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini hisoblash uchun foydalanib
bo‘lmaydi, chunki ular uchun vaqt normalari tatbiq etilmaydi.
29
Unumdorlik o‘lchashning mehnat usuli bir qator kamchiliklarga ham ega
(normalar yetarli darajada asoslab berilmagan bir xil darajada jiddiy emas, ular tez-tez
qayta ko‘rib chiqiladi va hokazo), bu esa hatto ayrim ish joyidagi va brigadalardagi
mehnat unumdorligining darajasi va o‘sishiga holisona baho berilishiga imkon
tug‘dirmaydi.
Mehnat unumdorligiga ishlarning sermehnatligi ta‘sir ko‘rsatadi. Sermehnatlik –
bu, jonli mehnat sarflarini aks ettiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, u ish vaqtida, mahsulot
ishlab chiqarish (xizmatlar)da ifodalangan. Sermehnatlik, odatda, norma-soatlarda
(haqiqiy soatlarda) o‘lchanadi, bu vaqt ish birligini bajarishga sarflangan bo‘ladi. Bu
ko‘rsatkich mehnat unumdorligi ko‘rsatkichiga qarama-qarshi bo‘lib, quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
,
|