Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana09.01.2024
Hajmi1,26 Mb.
#133135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish yollari

1.2. Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
va mehnat unumdorligini aniqlash usullari 
Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Har qanday xodim yoki ularning guruhi 
uchun natija samaradorligi, ya‘ni vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab 
chiqarilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija 
qanchalik yuqori bo‘lsa, uning birligiga sarflangan xarajat, shu jumladan, xona, bino 
uchun ijara haqi elektr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunchalik kamroq 
bo‘ladi. Binobarin, mehnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko‘proq bo‘lsa, uning 


24 
xarajatlari kamroq bo‘ladi. Mehnat samarodorligi mahsuldorligi mehnat ko‘rsatkichi 
bilan o‘lchanadi. 
Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi 
ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar miqdorining 
mehnat xarajatlariga nisbatan, ya‘ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab 
chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha 
ahzolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga bog‘liqdir. 
Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto 
ijtimoiy - siyosiy tuzumning o‘zini ham belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining 
barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan 
tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat 
unumdorligi» tushunchasiga o‘z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada 
kengroq bo‘lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. Mehnat 
samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish 
darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat 
mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham 
ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda 
mehnat resurslarini tejashning aks etishidir. 
Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ish sifati zarur darajada bo‘lgani 
holda mehnat xarajatlari qanchalik kam bo‘lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori 
bo‘ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish 
darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat xarajatlari bilan ta‘min 
etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar soni va mehnatga to‘langan haq 
xarajatlari bilan o‘lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o‘lchanishi mumkin. 
SHuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida 
sarflangan mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda 
ham qarab chiqiladi. 


25 
Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta‘minlash imkonini beradigan 
uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin: 

korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi; 

xodimga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatish: 

mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari bir o‘lchov bilan 
o‘lchanishi mumkinligi; 

mehnat miqdori bilan sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik. 
Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat 
jamlangan bo‘ladi. Bunday jami mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.
Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat 
moddiylashgan mehnatning tobora ko‘proq massasini qamrab oladi. Natijada jami 
mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko‘payib borgan sari jonli mehnatning 
ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab 
chiqarishning takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi 
oshishining asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va 
avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining 
ortishiga olib keladi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
%
100




Download 1,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish