|
Mavzu: Alaliyali bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish texnologiyalari
|
bet | 5/6 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 66,89 Kb. | | #260020 |
Bog'liq NafosatLogopedik ishlar bolani sistemali ravishda maxsus davolash ishlari olib borilganda samarali hisoblanadi. Bunday bolalar nutqi rivojlanishining kuchli manbayi, ularning normal gapiruvchi odamlar bilan muloqoti hisoblanadi. Muloqot yagona omil hisoblanmasa ham, bolalarning bilish imkoniyatlari va muloqot faolligining yuqori rivojlanishi asosidagi muloqot jarayonida nutq shakllanishi birmuncha samarali boʻladi. Ish asosan guruhlarda amalga oshiriladi, bunda bolalar taqlidchanligidan foydalaniladi, emotsional muhit yaratiladi, bolalarda jamoatchilik ishi malakasi shakllanadi, bu oldinda turgan maktab ta’limi va ijtimoiy adaptatsiya uchun muhimdir. Bolalarning shaxsiy va nutqiy xususiyatlariga bogʻliq ravishda ish individual tuziladi. ishning differensirlashgan usullari korreksion ta’sirni birmuncha natijali qiladi. Bolalar, hatto, bir-biriga nisbatan bir xildagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida ham nutqiy malakalarni notekis egallaydilar. Turli bolalarda nutqiy materialni o‘zlashtirishning notekis tempi aniqlangan. Mualliflar alaliyani bartaraf etishning turli xil muddatlarini aytadilar: ayrimlar bir necha oyni yetarli deb hisoblaydilar (Libmann, 1924), boshqalar ish yillar davomida olib borilishi kerak va kechishi belgilanmagan deb taxmin qiladilar (M.V.Bogdanov-Berezovskiy, 1909). V.K.Orfinskaya va L.V.Melexova fikricha, ishni boshlash va davomiyligi muddati masalasi har bir holatda alohida hal qilinishi lozim, bunda nutqiy rivojlanmaganlik xarakteri va darajasidan, bolaning individual xususiyatlari va boshqa omillardan kelib chiqiladi. 2.2. Maxsus ta’lim jarayonida alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarda korreksion ish texnologiyalarini shakllantirish boʻyicha metodik tavsiyalar. - Alaliyaning turli shakllarida bolalar bilan ishlashning logopedik amaliyoti tо‘rt bosqichda olib boriladi. Ularga muvofiq logoritmik va musiqiy-ritmikaviy tarbiyalash ishlari amalga oshiriladi.
- Birinchi bosqichda bolalar bilan aloqa о‘rnatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, har bir bola individual ekanligiga qaramasdan, birinchi mashg‘ulotlarda bolalarning xulq-atvorida umumiy alomatlar: о‘yinchoqlarga yо‘naltirilgan qiziqish yо‘qligi, muloqotga kirishmaslik, moslashish faoliyatning zaifligi, yangi sharoitdan qо‘rqish kabilar ajralib turadi.
- Boshida pedagog bola bilan nutqsiz aloqa о‘rnatadi. Buni shunday ta’riflash mumkin, har bir kо‘rsatma, baho, jumladan maqtov о‘z-о‘zidan yuz beradigan faollikni cheklash hisoblanib, ayni holda hulq-atvorning muayyan moduli majburan qabul qildiriladi. Bundan tashqari, bola bilan birdaniga nutqiy aloqani о‘rnatishga urinish yoki bolaning kommunikatsiya darajasini bilishligini hisobga olmasdan faoliyatning muayyan turlarini tiqishtirish birdaniga pedagog va bola о‘rtasida tushunmovchilik muhitini yaratadi. Birinchi mashg‘ulotlarda о‘zaro aloqaning imo-ishorali, ritmikaviy, amaliy shakllari, muloyim, ruhlantiruvchi tabassum, dalda beruvchi bosh irg‘ash kabilar jalb qilinadi. Kutish usullaridan foydalanib, har bir bola bilan nutqsiz aloqalar shakllantiriladi. Shuning uchun musiqa rahbari logoped kabi birinchi mashg‘ulotlarda bardosh va vazminlik, xushmuomalalik hamda bor e’tiborni bolaga jamlab, uning amaliy va musiqiy imkoniyatlarini namoyon qiladi.
|
| |