II Bob. Alaliyali bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish texnologiyalari. 2.1. Alaliya nutq nuqsonida korreksion ta’sir tizimi




Download 66,89 Kb.
bet4/6
Sana04.06.2024
Hajmi66,89 Kb.
#260020
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nafosat

II Bob. Alaliyali bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish texnologiyalari. 2.1. Alaliya nutq nuqsonida korreksion ta’sir tizimi.

Alaliya — tibbiy psixologik pedagogik muammo. Logopediya sohasiga, bola shaxsi va nutq rivojlanishiga yoʻnaltirilgan korreksion ta’sir usullari va tamoyillarini aniqlash kiradi. Sistemali uzoq davom etuvchi logopedik ishlar qator hollarda bolalarning nutqiy muloqoti uchun yetarli vositalarni beradi, ayrim hollarda esa — elementlar nutqnigina. Nutqiy nuqsonni tabiatiga koʻra bu muammo motor va sensor alaliya koʻrinishiga koʻra differensial hal etiladi. Alaliyada nutq shakllanishi har tomonlama yondashuv, nutqni rivojlanishiga yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga imkon beruvchi nutqning barcha funksiyalari rivojlanishiga e’tiborni qaratadi. Nutq va shaxsiyat ustidan bir butun har tomonlama tizimli ish olib boriladi. Bunda ontogenezda nutqiy funksiyalar rivojlanishi qonuniyatlari hisobga olinadi. Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni toʻldirishga va maxsus dastur boʻyicha maktab ta’limiga tayyorlashga yoʻnaltiriladi yoki u maktab ta’limiga qoʻshimcha ravishda parallel olib boriladi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etishni shunday tashkil qilish kerakki, ish jarayonida maktab vazifalarini oʻzlashtirishga tayyorgarlik yuzaga kelsin. Samarali logopedik ish, agar u psixonevrolog (nevropatolog, psixiatr) tomonidan oʻtkaziladigan faol dori-darmon va fizioterapevtik muolajalar fonida har tomonlama oʻtkazilsagina amalga oshadi. Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda foydalaniladi.

Logopedik ishlar bolani sistemali ravishda maxsus davolash ishlari olib borilganda samarali hisoblanadi. Bunday bolalar nutqi rivojlanishining kuchli manbayi, ularning normal gapiruvchi odamlar bilan muloqoti hisoblanadi. Muloqot yagona omil hisoblanmasa ham, bolalarning bilish imkoniyatlari va muloqot faolligining yuqori rivojlanishi asosidagi muloqot jarayonida nutq shakllanishi birmuncha samarali boʻladi. Ish asosan guruhlarda amalga oshiriladi, bunda bolalar taqlidchanligidan foydalaniladi, emotsional muhit yaratiladi, bolalarda jamoatchilik ishi malakasi shakllanadi, bu oldinda turgan maktab ta’limi va ijtimoiy adaptatsiya uchun muhimdir. Bolalarning shaxsiy va nutqiy xususiyatlariga bogʻliq ravishda ish individual tuziladi. ishning differensirlashgan usullari korreksion ta’sirni birmuncha natijali qiladi. Bolalar, hatto, bir-biriga nisbatan bir xildagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida ham nutqiy malakalarni notekis egallaydilar. Turli bolalarda nutqiy materialni o‘zlashtirishning notekis tempi aniqlangan. Mualliflar alaliyani bartaraf etishning turli xil muddatlarini aytadilar: ayrimlar bir necha oyni yetarli deb hisoblaydilar (Libmann, 1924), boshqalar ish yillar davomida olib borilishi kerak va kechishi belgilanmagan deb taxmin qiladilar (M.V.Bogdanov-Berezovskiy, 1909). V.K.Orfinskaya va L.V.Melexova fikricha, ishni boshlash va davomiyligi muddati masalasi har bir holatda alohida hal qilinishi lozim, bunda nutqiy rivojlanmaganlik xarakteri va darajasidan, bolaning individual xususiyatlari va boshqa omillardan kelib chiqiladi.


Download 66,89 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 66,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II Bob. Alaliyali bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish texnologiyalari. 2.1. Alaliya nutq nuqsonida korreksion ta’sir tizimi

Download 66,89 Kb.