|
Mavzu: Alaliyali bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish texnologiyalari
|
bet | 3/6 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 66,89 Kb. | | #260020 |
Bog'liq NafosatAlaliya - gapirish qobiliyatining umuman yoʻqligi yoki “qoʻpol” koʻrinishda boʻlishi. Homila paytida yoki 3 yoshgacha boʻlgan bolalik davrida miyaning gapirish markazining buzilishi hisobiga kelib chiqadigan patologik holatdir. Alaliya (Gapira olmaslik) kasalligida bolada gapirishdagi nuqsonlar ya’ni soʻzlarni aytishni kech boshlash, soʻz boyligining kamligi, soʻzlarni notoʻgʻri talaffuz qilish kabi kamchiliklar kuzatiladi. - Alaliya - gapirish qobiliyatining umuman yoʻqligi yoki “qoʻpol” koʻrinishda boʻlishi. Homila paytida yoki 3 yoshgacha boʻlgan bolalik davrida miyaning gapirish markazining buzilishi hisobiga kelib chiqadigan patologik holatdir. Alaliya (Gapira olmaslik) kasalligida bolada gapirishdagi nuqsonlar ya’ni soʻzlarni aytishni kech boshlash, soʻz boyligining kamligi, soʻzlarni notoʻgʻri talaffuz qilish kabi kamchiliklar kuzatiladi.
- Alaliya-afaziyadan farqli ravishda tugʻma yoki bolaning 3 yoshgacha boʻlgan davrida biror-bir patologiya natijasida gapirish markazining buzilishi boʻlib, bunda gapirish qobiliyatining barcha komponentlari buziladi (fonetik, grammatik, leksik jihatdan). Ushbu patologik jarayon maktab yoshidagi bolalarning 1 %ida uchraydi, maktabgacha boʻlgan bolalar orasida esa 0,2-0,6 %ni tashkil etadi. Alaliya qizlarga nisabatan oʻgʻil bolalarda 2 barobar koʻproq uchraydi. Alaliya – bu klinik diagnoz boʻlib, logopedlar tomonidan qoʻyiladi va umumiy gapirishning shakllanmasligi (UGSH) deb ataladi.
1.2. Alaliya nutq nuqsonida nutqning oʻziga xos xususiyatlari. Alaliya - markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi. Alaliyada bosh miyaning ayrim poʻstloq sohalarida nerv tolalarini shakllanishining orqada qolishi kuzatiladi. Asab tolalari yetishmagan bosqichda, ya’ni neyroblast oʻz rivojlanishini toʻxtatadi. Bosh miyaning bunday shakllanmaganligi tugʻma yoki bolada nutq shakllangunga qadar yuzaga kelishi mumkin. Alaliyada bosh miyaning jarohatlanishi perenatal yoki ilk postnatal davrda yuzaga kelishi mumkin. Bola hayotining dastlabki uch yili shartli ravishda nutqgacha boʻlgan davr deb hisoblanadi. Bunda bosh miya poʻstloq toʻqimalarining jadal shakllanishi kechadi va bolaning nutqdan foydalanish tajribasi hali juda kam boʻladi. Nutqiy funksiya uchun muhim hisoblangan miya tizimining rivojlanishi homilalik davrida tugamaydi va bola tugʻilganidan soʻng ham davom etadi. Miyaning rivojlanmaganligi yoki erta jarohatlanishi nerv toʻqimalari qoʻzgʻaluvchanligining pasayishiga va asosiy nerv jarayonlari harakatchanligining oʻzgarishiga olib keladi. Bu esa bosh miya poʻstlogʻi toʻqimalarining ish qobiliyatini pasaytiradi. Alaliya asosida yotuvchi patofiziologik mexanizmlarni oʻrganish, qoʻzgʻaluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining inertligini, bosh miya poʻstlogʻi toʻqimalarining yuqori darajada funksional zaiflashuvini koʻrsatdi (I.K.Samoylova, 1952). Tadqiqotchilar miya poʻstlogʻida qoʻzgʻatuvchi va tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasining yetishmasligini aniqladilar. Alaliyali bolalarda miyaning elektr faolligini oʻrganish jarayoni, koʻpincha chakka-tepa-ensa sohalarida, peshana - chakka va dominant yarimshaming chakka shoxlarida biopotensiallaming aniq lokal oʻzgarishlarini aniqlab berdi (L.A.Belogrud, 1971; A.L.Lindenbaum, 1971; Ye.M.Mastyukova, 1972). Soʻnggi tekshirishlarning koʻrsatishicha, alaliyada ikki yarimsharlar poʻstlogʻida koʻplab jarohatlar, ya’ni bilaterial jarohatlaming yaqqol namoyon boʻlmagan shakllari kuzatiladi. Bosh miyaning bir tomonlama zararlanishi natijasida nutq rivojlanish bosh miyaning sogʻlom tomonining kompensator imkoniyatlari sogʻlom rivojlanayotgan yarim shakllar hisobiga amalga oshishi mumkin. Bosh miyaning bilateram jarohatlanishida kompensatsiya imkoniyatlari mutlaqo yoʻqoladi yoki juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Bu holda, bosh miya nutq zonalari jarohatlanishining tor oʻchoqli xarakterga egaligi haqidagi ilgari mavjud boʻlgan nuqtayi nazar tasdiqlanmaydi.
|
| |