|
Mavzu: Alaliyali bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish texnologiyalari
|
bet | 6/6 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 66,89 Kb. | | #260020 |
Bog'liq NafosatXULOSA XULOSA - Xulosa oʻrnida shuni aytib oʻtish kerakki , alalik bolalarning ba’zilarida jismoniy va aqliy rivojlanishi ham sekinlashadi. Bu hol ularni boshqa kamchiliklar bor bolalardan ajratib olishda qiyinchiliklami tugʻdiradi. Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar ikkilamchi hodisa sifatida vujudga keladi. Bordi-yu, alaliya barxam topib, nutq tiklanadigan boʻlsa, ulardagi ikkilamchi hodisalar kamayadi yoki batamom yoʻqolib ketadi. Maktabgacha yoshdagi alalik bolalarga maxsus nutq bogʻchalarida oʻz vaqtida toʻgʻri yordam berib, tegishli choralar koʻrilsa, ular ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlab dastur materiallarini oʻzlashtirishi va keyinchalik oliyoʻquv yurtlarida ham oʻqishini davom ettirishlari mumkin.
- Gapira olmaslik serjaxillikka, odamlarga aralashmaslik, parishonxotirlikka, ruhan qiynalish va boshqa noxush fazilatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Alalik bola gapirishni istamaydi, bunga qiziqmaydi. Oʻz istaklarini bildirishda imo-ishoralardan keng foydalanadi, 4-5 yashar bola 1-2 yashar bolaga oʻxshab, soʻzlami chala, oʻzgacha, qisqartirib talaffuz etadi (ashsha, umma, bi-bi) undovlari keng ishlatiladi. Ayrim alalik bolalar bildirmaydi, tovush va tovush birikmalarini ongsiz suratda avtomatik ravishda talaffuz etadi, exilogiya (aks sado nutqi) kuzatiladi, ularning lugʻati nihoyatda kambagʻal, agrammatik boʻladi. Alalik bolalarning butun nutq sistemasi, ya’ni barcha tomonlari:fonetik-fonematik, leksik va grammatik komponentlari rivojlanmagan boʻladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
|
| |