Мавзу: Қаламтасвир фанидан амалий машғулотларни ташкил этишда академик мактабнинг аҳамияти




Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana04.06.2024
Hajmi1,57 Mb.
#260007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
60564 (6)

 

 
 
 
 
 



I – bob. 1930-1950-yillarda O’zbekiston rangtasvir san'atini rivojlanishi
1.1. Tasviriy san`atning o`ziga xos tarixi
Jahon san‟ati va madaniyatining rivojlanishi o„zining qadimiy tarixiga ega.
Shuni ta‟kidlab o„tish kerakki, O„rta Osiyo va O„zbekiston xalqlarini o„tmishda 
qoldirgan boy madaniy va estetik merosiga qaramay, tarixiy ob'yektiv sharoitlar 
sababli realistik tasvir san‟ati o„z shaklini topmay qolgan edi.
XIX asr 60-yillari O„rta Osiyoga, Rus ilg„or realistik san‟ati o„z ta‟sirini 
ko„rsata boshladi. Tashrif buyurgan rassomlar o„z asarlarida oddiy xalq va tabiatni 
tasvirladilar .
Turkistonda birinchi bo„lib ijod qilgan rassomlar ichida "Turkiston turkumi" 
suratlarini yaratgan ijodkor Vasiliy Vasilevich Vereshagin hayotni kuzatuvchisi 
sifatida etnografik hayot tarzini chuqur o„rganib, etyud va eskizlar bajarish 
natijasida har xil mavzuda asarlar yaratdi. Uning "Balog„atga yetmagan bola 
savdosi", "Zindon", "Nashavandlar" kabi asarlari shular jumlasidandir.
Uning tarixiy janrda yaratgan eng katta asari "Tantana qilmoqdalar", deb 
nomlanadi. Registon maydonida bo„lib o„tayotgan bu marosimda Mustaqillikka 
qarshi yurish qilgan kuchlar ustidan qozonilgan g„alaba tantanasi o„z ifodasini 
topgan.
Kompozisiya jihatidan ko„p figurali, ko„p planli bu asarda oddiy fuqaro
darveshlar, otda yuzboshi sarbozlar, ularni bo„lib o„tayotgan tantanaga psixologik 
munosobatlari, milliy liboslari aks etgan quyoshning yorug„ shu‟lasida Samarqand 
tabiati iliq gammada tasvirlab berilgan.
O„zbekiston zamonaviy realistlik tasviriy san‟atiga asosan XX asr boshlarida
O„zbekistonga kelgan rus rassomlari tomonidan asos solindi. Birinchilar qatorida 
Mixail Ivanovich Kruzin, Lev Leonardovich Bure, Ivan Semyonovich Kazakov, 
Abduqodir Yusupov, Nikolay Ryazanov kabi rassomlarni aytish mumkin.



1918-yili Samarqandda, 1919 yilda Toshkentda Turkiston O„lka rassomchilik 
maktabi tashkil topdi, boshqa rassomlar qatorida Aleksandr Nikolayevich Volkov 
yoshlarga dars berdi. Samarqandda esa Oganes Tatevostyan rahbarlik qildi.
Oganes Tatevostyan rassom sifatida 20-yillarda tanildi. U o„zini manzara, 
natryumort, portret, maishiy janrlarda sinab ko„radi va asarlarida sharqni o„ziga 
talqin qildi.
Keyinchalik u natyurmort ustasi professor sifatida tanildi va 1954-57 yillarda 
yosh rassomlarga dars berdi.
Rus demokrat rassomlardan Ilya Efimovich Repinning shogirdi N.Rozanov 
1924 yili san‟at muzeyi qoshida birinchi bo„lib tasviriy san‟at studiyasini tashkil 
etdi. Bu milliy studiyada o„zbek rassomlari X.Valiyev, Z.Saidnosirov, 
A.Toshkenboyev, O„rol Tansiqboyev va boshqalar birinchi bo„lib saboq olishdi.
Nikolay Rozanov kabi Ivan Kazakov ham rus realistik san‟atini asoslarini 
yoshlarga o„rgatdi.
Realistik san‟at bilan bir qatorda Petrov-Vodkin, Nikolay Kuznesov, Aleksandr 
Volkov kabi bir necha rassomlar formalistik yo„nalishga burilib ketdilar.
Bu yo„nalishni amalga oshirganlardan biri Aleksandr Volkovdir. Uning "Anorli 
choyxona", "Karvon", "Sandal oldidagi o„yinchi" kabi asarlari 1924-yil Toshkentda, 
Moskvada shaxsiy ko„rgazmalarida namoyish etildi.
Jamoatchilik tomonidan tanqidga uchragandan keyin realistik yo„nalish qaror 
topdi. Volkov "Anorli choyxona " asaridan keyin ijodida burilish yasadi.
U o„z esdaliklarida realizm yo„li inson obrazini yaratishda to„g„ri yo„lligini 
ta‟kidladi.
Avtoportret, Rafiqasi portreti, “Kolxozchi”, “Paxta terimi”, "Bayram" 
asarlarida realizm yo„li namoyon bo„ldi.
Alesksandr Volkov bahor marosimlari - sayl, lola terish, to„y, hosil 
bayramlarini quvonchli ranglarda ifodaladi.
"Karvon" asarida tuyani uchburchak shaklidagi ayol va bosh harakati arra 
g„ildiraklarini g„ildirash tovushlari bilan bog„lanib, bir rang spektri 


10 
kompozisiyasiga aylangan "Uchta so„zana" asarida shartli geometrik figura qizil, 
ko„k, oxra, sariq rangli shakllarni bir-biriga tutashishi musiqa ohanglarini eslatadi.
Shu davrda portret va tarixiy mavzuda O„rol Tansiqboyev, Usta Mo„min 
(Nikolayev), Vladimir Ufimsev, Mixail Arinin kabi rassomlar ijod qilishdi.
Keyinchalik, 1960- yildan boshlab O„rol Tansiqboyev ijodida manzara janri 
gullab rivojlandi. U o„ziga xos usulda manzara kompozisiya maktabini yaratdi.
Uning "Issiq ko„l", "Ona o„lka", "Tog„da kuz" kabi ko„plab asarlari san‟at 
muzeyining oltin fondidan joy olgan.
Peterburg Badiiy akademiyasida ta‟lim olgan Pavel Petrovich Benkov 1928yili 
birinchi marta O„zbekistonga keldi. Bu diyor o„zini betakror go„zalligi bilan uni 
o„ziga maftun etgan edi.
Shu vaqtda u Buxoroda bo„lib, "Buxoro bozori", "Chor minor masjidi", "Xovuz 
labidagi choyxona", "Uzum bozori", "Usti yopiq bozor" kabi manzaralarni yaratdi.
Rassom 1930 yili Xiva, keyin Samarqandga keldi. Bu ajoyib o„lkani tabiati, 
hayoti, odamlari yangi ijodga ilhomlantirdi. Tez orada u qozon shahridan
Samarqandga ko„chib kelib ijodini ikkinchi yangi bosqichini boshladi.
Rassom shahar tor ko„chalarini kezib, machit-madrasalarga, xonadonlarga 
kirdi, bozordagi shovqin-suron, savdo-sotiq bilan band, ranglariga boy libosdagi 
odamlar hayotini erinmay soatlab kuzatdi. Ularni quyosh nurida toblangan 
chehralarini mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan meva, noz-ne‟matlarning 
rang-barangligi uning ko„zini qamashtirdi, yangi ijodga ilhom bag„ishladi.
U ilk bor "Xivali qiz" suratini yaratdi. Peshin payti, charog„on quyosh nuriga 
g„arq cho„milgan Xiva hovlilarining birida o„smir qiz charx yigirib o„tiribdi.
Uning egnida guldor ko„ylak , boshida chiroyli do`ppisi. Ko„zlarini diqqat 
bilan boqishi, boshini sal egilganligi, qo„llarining harakati, uning berilib 
ishlayotganidan dalolat berib turibdi. Surat bo„yoqlarining yorqinligi, uni erkin 
uslubda ishlaganligi tufayli, asardagi milliy koloritni yanada chuqur his etamiz..


11 
Bu asarni o„zbek tasviriy san‟atida birinchi realistik ijod namunasi deyish 
mumkin. O„z paytida u Tretyakov davlat gallereyasining doimiy ekspozitsiyasidan 
o„rin olgan edi.
Rassom 30-yillarda katta tematik suratlar ishlash uchun etyudlar, xomaki 
chizgilar sifatida badiiy materiallar to„pladi.
Uning "Hujum" nomli pillakashlik fabrikasi, "Registonda 8 mart" polotlonalari 
shular jumlasidandir. U o„z ustozlari Dmitriy Nikolayevich Kardovskiy, Ilya 
Repindan o„rgangan hayotni chuqur aks ettirish, badiiy obrazlar yaratish 
an‟analarini davom ettirib o„ziga xos ranglar "palitra"sini yaratdi. "Uzum uzish" 
yoki "Dugonalar" kartinasida ko„p millatli vatanimizda xalqlar do„stligi g„oyasi 
obrazi ochib berilgan. Janubning sahiy quyoshi, go„zal farovon turmushi asar 
kompozisiyasida mohirona aks ettirilgan.
Qalin novda va barglari orasidan tushgan quyosh nurlaridan pishib yetilgan 
uzum bog„lari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri o„zbek, ikkinchisi rus 
qizi, ular kompozisiya ma‟naviy markazini tashkil etadi.
Asarning personajlari, zavq bilan tomosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham 
keksa bog„bon ham bir oila a‟zolaridek ko„rinadi.
Tasvir yorqin bo„yoqlarda ishlangan, unda havo ko„p bo„lib, serquyosh 
O„zbekistonning go„zal tabiati juda nafis ranglarda aks ettirilgan.
Pavel Benkov, hayotni ko„p ko„rgan, yoshi ulug„ odamlar suratini chizishni 
yoqtirardi. Uning eng yaxshi yaratilgan asarlaridan biri "Ilg„or kolxozchi portreti" 
edi. Unda sochlariga oq oralagan, mehnatdan chiniqqan insonning obrazi aks 
ettirilgan.
Portret iliq gammada ishlangan bo„lib, ayni ijod pallasini aks ettirgan.
Samarqandda o„tgan hayoti tematik kompozisiyalar, maishiy kartina va portretlarga 
boy bo„ldi. Lekin manzara ishlashni ham kanda qilmas edi.
U o„zining 20 yillik ijodida "Bibixonimda bahor", "Bahor", "Shaftoli gulladi", 
"Tokzorli hovli", "Kuzdagi hovli" kabi manzaralarini yaratdi. Biz yuqorida ko„rib 


12 
chiqqan asarlardan Pavel Benkovning naqadar kuchli rassom bo„lganligiga iqror 
bo„lKurs ishi mumkin.
Uning ijodi pedagogik faoliyat bilan chambarchas bog„langan. U Samarqand 
rassomchilik bilim yurtida umrini oxirigacha yoshlarga saboq berdi, tasviriy san‟at 
sirlarini o„rgatdi. U ajoyib ijodkor yoshlarni tarbiyaladi.
Shular orasida O„zbekiston xalq rassomlari Lutfulla Abdullayev, Malik 
Nabiyev, Abdulxaq Abdullayev, Zinaida Kovaleskaya, O„zbekistonda xizmat 
ko„rsatgan arboblari - rassomlar Yusuf Yelizarov, Rashid Temurov va boshqalarni 
misol keltirish mumkin.
Uning pedagogik mahoratining siri, yuqori darajali qobiliyati, chuqur bilimida, 
yoshlarga bo„lgan mehrida edi. U o„z o„quvchilariga kundalik hayotni sevish uni 
go„zalligini ko„ra bilish va bu go„zallikni o„z asarlarida aks ettirishni uqtirar edi. 
Naturani to„g„ri anglab chizishni, fikr yurgizishni, xotiradan chizish, tasavvurini 
kuchaytirishni doim talab qilar edi. Muntazam ravishda naturadan soya-yorug„ 
ranglarini o„zgarishini chizib ko„rsatar edi.
Benkov yoshlarda san‟atga bo„lgan ijodiy qobiliyatini uyg„otish kabi muhim 
qimmatli fazilatlarga ega edi. Samarqandda rassomchilik bilim yurti shakllanishida
Benkov o„z tajriba, bilimini ayamadi.
1936 yili Leningraddagi sobiq ittifoq ko„rgazmasida Benkov va uning 
o„quvchilarining ijodi namunalari yuqori baholar oldi.
Bu ajoyib inson, o„z asarlari kabi yorug„, sahovatli edi. Shu yillar Respublika 
rassomchilik maktabini Bahrom Xamdamiy, bilim yurtlarini A.Toshkenboyev,
L.Abdullayev, A.Roziqovalar, Moskva, Leningrad, Penza bilim yurtlarini
I.Ikromov, A.Siddiqiy, O'rol Tansiqboyevlar tamomlab ijodga yo„llanma oldilar.
Ularning ijodiy mahorati Siddiqiyning "To„y (1932)", Bahrom Xamdamiyning, 
L.Abdullayevning "Paxta terimi (1931)", Roziqovning
"Maktabga(1932)" asarlarida namoyon bo„ldi.
Akram Siddiqiyning "To„y" kartinasi katta gulli so„zana fonida kontrast 
ranglarda, kompozisiya tuzilishi amaliy san‟at yo„lida tasvilangan. U o„zbek xalq 


13 
amaliy san‟atini yaxshi o„rgangan edi. Realistik san‟at yo„lidagi bu asarlarning 
yaratilishi Respublika badiiy hayotida muhim voqea bo„ldi.
Ijodiy izlanishi Akram Siddiqiyga yaqin bo„lgan O„rol Tansiqboyev yorqin 
ranglar tizimida "Choyxona" (1934) kartinasini yaratdi. Bahrom Hamdamiyning 
tengdoshi rassom A.Toshkenboyev mehnat, kundalik hayot voqealari mavzusidagi 
asarlar yaratdi. 1934-yili ularni yaratgan kompozitsiya asarlari ko„rgazmada yaxshi 
baholandi. Pavel Benkov bilan Samarqand rassomchilik maktabida yoshlarga dars 
bergan Zinaida Kovalevskaya "Teatr lojasida" nomli ajoyib asarini yaratdi. Teatr 
loyihasida o„tirgan o„zbek qizlarni nigohlarida hayajon, go„zallik his tuyg„ularini 
ko„ramiz.
Orqada e‟tibor bilan kuzatayotgan keksa erkak va ayolni xotirjam qarashlari, 
qo„l harakatlari lirik holatini ko„rish mumkin .
Rang tasvir kompozitsiya jihatidan o„ziga xos milliy koloritda ifoda etilgan. 
Pavel Benkov, Aleksandr Volkov qo„lida o„qigan Bahrom Xamdamiy, 
A.Toshkenboyev, A.Roziqovlar o„z ustozlarini yaxshi an‟analarini davom ettirdilar, 
mazmun g„oyalarini kengaytirdilar. Ayniqsa, Samarqand rassomchilik bilim yurtini 
bitirgan Lutfulla Abdullayev dastlabki "Paxta terimi" kartinasi bilan tomoshanbin va 
san‟atshunoslar fikrini qaratgan bo„lsa, keyinchalik yetuk rassom sifatida murakkab 
kompozisiya asarlarini yaratdi. Ayniqsa ,"Yosh shoir huzurida" kartinasida 
kompozisiya ustasi ekanligini isbotladi.
Yigit va qizlar yosh shoirning she‟rlarini eshitmoqda. Zamonaviy xonada shoir 
gavdasining aniq tasviri kompozisiya markazini tashkil etdi. Shoir qo„lini ko'tarib 
tantanali hayajon bilan she‟r misralarini o„qimoqda. Yoshlarning bilimga 
chanqoqligi, mehnatga mehr bilan intilishi ifodalangan.
Uning "Mulla To„ychi Toshmuxamedov" portreti, "Frontdan qaytish", "Qo„riq 
yer ochuvchilar", Malik Nabiyev, S.Muxamedov, X.Raxmonovlar bilan 
hamkorlikda yaratilgan "poyafzalchi Ubay Raxmatullayev brigadasi" asari eng 
yaxshi san‟ati asari sifatida O„zbekiston Davlat san‟at muzeyida saqlanmoqda. 
Yuqorida qayd etib o„tilgan rassomlar 50-yillarda Toshkentdagi Benkov nomli 


14 
rassomchilik bilim yurtida yoshlarga dars berdilar, rasm chizish va kompozitsiya 
asari yaratishni o„rgatadilar .

Download 1,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Мавзу: Қаламтасвир фанидан амалий машғулотларни ташкил этишда академик мактабнинг аҳамияти

Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish